O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch so`z va iboralar, asosiy matn
Qarorni ishlab chiqish va uni qabul qilish
Download 1.79 Mb.
|
Ma\'ruza Menejmenga kirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qarorni ishlab chiqish jarayoni bosqichlari.
- 8-chizma. Qaror qabul qilish jarayonidagi izchillik va undagi bosqichlar.
- Tashkiliy qaror
Qarorni ishlab chiqish va uni qabul qilish.
Qaror qabul qilishdagi asosiy masala faqat muqobil variantni tanlash emas, balki boshqaruv oldida qo`yilgan maqsadning oqilona yechimini topishdan iborat. SHu sababli, qarorni ishlab chiqish jarayoni ayrim unsurlar mazmuni va ko`lamiga ko`ra xilma-xil va ancha murakkabdir. Qarorni ishlab chiqish jarayoni quyidagi bosqichlarni o`z ichiga oladi (8-chizma). Qarorni ishlab chiqish jarayoni bosqichlari.
8-chizma. Qaror qabul qilish jarayonidagi izchillik va undagi bosqichlar. Keltirilgan chizma taxminiy bo`lib vaziyatga va hal qilinayotgan holatning xususiyatlariga ko`ra o`zgarishi mumkin. Qaror qabul qilish jarayonida qarorlar tashkiliy, intuitiv, fikr-mulohazaga asoslangan qarorlar va hokazo bo`ladi. Tashkiliy qaror – bu rahbar egallab turgan lavozimi bo`yicha vazifalarni bajarish uchun qilinishi kerak bo`lgan tanlov. Tashkiliy qaror maqsadi tashkilot oldida turgan vazifalarni bajarishni ta`minlash. Shuning uchun eng samarali tashkiliy qaror, oxirgi maqsadga erishishga eng ko`p hissa qo`shadigan va haqiqatda amalga oshiriladigan tanlov hisoblanadi. Tashkiliy qaror dasturlashtirilgan va dasturlashtirilmagan bo`ladi. Dasturlashtirilgan qaror– bu matematik tenglamalarni yyechishdagi kabi, qadamlar va harakatlarning ma`lum ketma-ketligida amalga oshirish natijasi. Bunda muqobillar soni chegaralangan va tanlov tashkilot belgilangan yo`nalish chegarasida amalga oshirilishi kerak. Dasturlashtirishni samarali tashkiliy qarorlarni qabul qilishda muhim yordamchi vosita deb hisoblash mumkin. Qaror qanday bo`lishi kerakligini aniqlab, rahbariyat xatolik ehtimolligini kamaytiradi va vaqt qisqartiriladi. Agar tuzilgan qaror qabul qilish uslubiyoti noto`g’ri bo`lsa, qaror samarasiz bo`ladi. Dasturlashtirilmagan qarorlar– ma`lum darajada yangi, tizimlashtirilmagan yoki noma`lum omillar bilan bog’liq bo`lgan holatlarda kerak bo`ladi. Oldindan kerakli qadamlar ketma-ketligini tuzish mumkin bo`lmaganligi sababli, rahbar qaror qabul qilish protsedurasini ishlab chiqishi kerak. Bunday qarorlarga misollar: tashkilot maqsadlari qanday bo`lishi kerak, mahsulot sifatini qanday oshirish kerak, boshqaruv strukturasini qanday takomillashtirish zarur, xodimlar motivatsiyasini qanday kuchaytirish kerak va hokazo. Rahbar bir qancha tanlov variantlariga ega. Bunda asosiy maqsad – qarorlarni samarali qabul qilish imkoniyatlarini beruvchi asoslarni o`rganish. Shuni ta`kidlash kerakki, qabul qilingan qaror natijalari ayrim sohalar uchun salbiy ta`sir ko`rsatishi mumkin. Shuning uchun qarorlar tashkilotni tizim sifatida ko`rib, hamma qismlari uchun javob beradigan holda qabul qilinishi kerak. Rahbar oxirgi natijani ko`zlab, kamchiligi bo`lsa ham shunday muqobil qaror qabul qilish kerakki, natijada ko`proq maqsadga erishilsin. Download 1.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling