O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch so`z va iboralar, asosiy matn
Download 1.79 Mb.
|
Ma\'ruza Menejmenga kirish
Menejment strukturasi deganda menejment maqsadlarini amalga oshiruvchi va funktsiyalarini bajaruvchi bir-biri bilan bog’langan turli boshqaruv organlari va bo`g’inlarining majmui tushuniladi.
Tashkilot (korxona)ning tashkiliy tuzilmasini tashkilotni boshqarish tizimini o‘zaro bog‘langan va bo‘ysunish tartibida joylashtirilgan, maqsadga qaratilgan holda faoliyat yuritish va uning rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan elementlarning tartibga solingan yig‘indisi sifatida belgilash mumkin. Bunda tashkiliy tuzilma alohida o‘ringa ega: u sinergetik samara olish va qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun elementlarning o‘zaro hamkorligini tartibga soladi, shaxsan tashkiliy yaxlitlikni yaratadi. Korxonaning tashkiliy tuzilmasi ishlab chiqarish tuzilmasi va boshqaruv tuzilmasining tashkiliy yaxlitligi sifatida bo‘ladi. Ishlab chiqarish tuzilmasi bazis sifatida boshqaruvning tuzilmasini belgilab beradi. Boshqaruvning vazifalari va tuzilmasi dialektik yaxlitlikda bo‘ladi. YAngi tashkilotni tashkil qilishda vazifalar tuzilmalar (bo‘linmalar, lavozimlar)ni shakllantirish, ularga huquqlar vakolatlar va javobgarliklarni biriktirish uchun asos bo‘ladi. Ishlab chiqarish va boshqaruvni takomillashtirish va har tomonlama rivojlantirishda tuzilma vazifalar majmuasining ehtimol bo‘lgan o‘zgarishlari diapazoni (darajasi)ni belgilab beruvchi asos bo‘ladi. Bunday tuzilma tubdan o‘zgartirilmaydi, ya’ni asosiy bo‘linmalar va lavozimlar saqlanib qolinadi. Tashkilotlar (korxonalar)ni boshqarishning tashkiliy tuzilmasi katta turli-tumanligi bilan ajralib turadi va quyidagi omillar bilan belgilanadi: tashkilot faoliyatining xarakteri va uning xususiyatlari bilan (ishlab chiqariladigan va sotiladigan mahsulotlarning tarkibi, texnologik, texnik jihozlanishi); tashkilot ishlab chiqarish yoki tijorat faoliyatining o‘lchamlari (hajmlari) bilan; boshqaruv apparati tuzilishining asosiy faoliyati (ishlab chiqarish, tijorat)ning ierarxik tuzilishiga mosligi bilan; boshqaruvning tashkil qilish shakli bilan; tashkilotni boshqarishning markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan shakllari o‘rtasidagi munosabat bilan; boshqaruvning sohaviy va hududiy shakllari o‘rtasidagi munosabat bilan (mahsulot, mintaqa bo‘yicha); xodimlar malakasining darajasi bilan; tashkilotning strategiyasi bilan; tashkilot tashqi muhitining murakkabligi va dinamikligi bilan; mahsulotning ta’minoti va sotilishining tashkil qilinishi bilan; tashkilotning geografik joylashishi bilan va h.k. tashkilotning tashkiliy tuzilmasini shakllantirishda uning oldiga quyidagi talablarni qo‘yish kerak: mahsulotni ishlab chiqarish va sotish jarayoni, boshqaruv tuzilmasini faoliyat yuritishining natijasi sifatida mutanosiblik, uzluksizlik, paralellik, bir maromdalik talablariga mos kelishi kerak; tashkiliy tuzilma tashkilotni rejali ravishda rivojlanishiga yordam berishi kerak; tuzilma elementlari (bo‘linmalar)ning soni kichik, ammo tashkilot normal faoliyat yuritishi uchun etarlicha bo‘lishi kerak, bitta darajadagi tarkibiy qismlar o‘rtasidagi gorizontal aloqalar soni ham xuddi shunday bo‘ladi. Gorizontal aloqalar norasmiy munosabatlarni amalga oshirishga imkon beradi va ko‘nikmalarni uzatishga ko‘maklashadi, bitta darajadagi tarkibiy qismlarning tizim maqsadlarini bajarish bo‘yicha harakatlarni muvofiqlashtirishini ta’minlaydi. Aloqalar sonining kamayishi tizimni faoliyat yuritishining barqarorligi va operativligining o‘sishiga olib keladi; tashkiliy tuzilma egiluvchan, qat’iy aloqalarning eng kam miqdoriga ega, sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar, ya’ni vazifalar va yangi xizmatlarni bajarish zaruriyatiga muvofiq tez yo‘lga qo‘yishga qodir bo‘lishi kerak. Tizimning ixchamligi uni bozor talablariga tez moslashishining talablaridan biri bo‘ladi; tashkiliy tuzilma iloji boricha sodda bo‘lishi kerak, buning uchun boshqaruv darajalari miqdorini, tashkilot tarkibiy qismlari o‘rtasidagi aloqalar sonini qisqartirish, ishlab chiqarish va boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish zarur; tashkiliy tuzilma tashkilotga fan yutuqlari va ilg‘or tajribani tadbiq etishga ko‘maklashishi kerak; tizim elementlari o‘rtasidagi, hamda tizim va atrof-muhit o‘rtasidagi kommunikatsiyalar aniq bo‘lishi kerak; tashkiliy tuzilma ishlab chiqarilgan va sotilgan tovarlar va xizmatlarning yuqori sifatini ta’minlashi kerak; tashkiliy tuzilma tashkilotni faoliyat yuritishining yuqori samaradorligini ta’minlash kerak. Tashkiliy tuzilmani shakllantirishda yana boshqaruvchanlikni ham hisobga olish kerak. SHunga muvofiq ravishda quyidagi tushunchalarni ko‘rib chiqish zarur bo‘ladi: boshqaruvchanlik ko‘lami (M) – bu ma’lum menejer yoki boshqaruv idorasining haqiqatdan ham bevosita qo‘l ostida bo‘lgan xodimlar bo‘linmalarning soni; boshqaruvchanlik me’yori (N) – bu boshqaruv munosabatlari va boshqaruv texnikasini rivojlanishining zamonaviy sharoitlarida ma’lum menejer yoki boshqaruv idorasiga bo‘ysunishi maqsadga muvofiq bo‘lgan xodimlar yoki bo‘linmalarning soni. Bu aslida, boshqaruvning muvofiq ko‘lamidir. Bunda boshqaruvchanlik me’yori (N)ning boshqaruvchanlik ko‘lami (M)ga nisbatan iborat bo‘lgan boshqaruvchanlik koeffitsienti (Ku)dan foydalanish maqsadga muvofiqdir: Ku = N/M Ushbu koeffitsientlar boshqaruv sub’ektining boshqaruvchi qobiliyati va boshqaruv ob’ektining murakkabligi o‘rtasidagi nisbatni aks ettiradi. Ku > 1 boshqaruv sub’ekti salohiyatidan etarlicha bo‘lmagan holda (kattaroq yoki kichikroq darajada) foydalaniladi, boshqaruvga xarajatlar ham shunday. Ku < 1 da boshqaruv sub’ekti (menejer yoki boshqaruvning ma’lum idorasi)ga ortiqcha ish yuklangan, boshqaruv qiyinlashgan, boshqaruvchanlik pasaygan. Ku = 1 miqdori muvofiq bo‘ladi. Bunda boshqaruv sub’ektining boshqarish qobiliyati boshqaruv ob’ekti murakkabligiga mos keladi. Ba’zi bir mutaxassisliklar boshqaruvchanlik me’yori miqdorini tavsiya qila turib, bitta boshliqning qo‘li ostidagilarning soni 7 nafardan oshib ketmasligi kerak, deydilar. Ruhshunoslarning belgilashlaricha, bu bosh miya ishining xususiyatlari bilan bog‘liqdir. “7” soni tafakkurida qandaydir chegaraviy ahamiyatga egaligi haqida ko‘pgina xalqlar og‘zaki ijodiyotining tahlili darak beradi. SHuning bilan birga, bu son faqat boshqaruvchanlikning o‘rtacha me’yori bo‘ladi. Buning ustiga hozirgi sharoitlarda axborot tizimlari va guruhli ishdan keng foydalanish hisobiga boshqaruvchanlik ko‘lamini yanada ko‘payishining ehtimoli bor. Masalan, D.Vudvord korxonalarni tekshirib chiqqandan keyin ishlab chiqarishning uchta har xil turlari uchun quyidagi ma’lumotlarni olgan. Mehnat ilmiy tadqiqot instituti boshqaruvchanlik me’yorlarining quyidagi miqdorlarini tavsiya qilgan: boshqaruvning yuqori darajasi uchun, bunda qo‘l ostidagilar har xil xarakterdagi vazifalarni bajaradilar, 3-7 nafar kishi; boshqaruvning o‘rtacha darajasi uchun, bunda qo‘l ostidagilar o‘xshash vazifalarni bajaradilar, 8-20 nafar kishi; boshqaruvning quyi darajasi uchun, bunda qo‘l ostidagilar bir xildagi vazifalarni bajaradilar, 21-40 nafar kishi. Download 1.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling