21-chizma. To‘g‘ri chiziqli tashkilot tuzilmasi.
YAkka hukmronlik tamoyili shundan iboratki, qo‘l ostidagilar faqat bitta rahbarning farmoyishlarini bajaradilar. Buning ustiga amaldor qandaydir ijrochilarga ularning bevosita rahbarini chetlab o‘tib, farmoyish berish huqukiga ega emas.
Ushbu tuzilma ayrim mutaxassislar va xizmat bo‘linmalarini mavjud bo‘lishiga yo‘l qo‘yadiki, ular faqat to‘g‘ri chiziqli rahbarga axborotlarni yig‘ish va ishlab chiqarish yordam beradilar, ammo o‘zlari boshqarilayotgan ob’ektga ko‘rsatmalar yoki yo‘riqnomalar bera olmaydilar.
Boshqaruvning bu tuzilmasining afzalligi farmoyishlarning yakkaligi va aniqligi, rahbarning o‘zi boshqarayotgan bo‘linma faoliyati natijalari uchun oshirilgan javobgarligi, qarorlar qabul qilishdagi operativligi, ijrochilar tomonidan bir birlari bilan muvofiqlashtirilgan farmoyishlarni olinishidir.
To‘g‘ri chiziqli tuzilmaning kamchiliklari quyidagilardan iborat:
Rahbarga nisbatan yuqori talab, u boshqaruvning barcha vazifalari va korxona ( bo‘linma) faoliyati turlari bo‘yicha keng bilimlar va tajribaga ega bo‘lishi, axborotlar bilan to‘ldirilishi, qo‘li ostidagilar, yuqori rahbarlar va qo‘shni tashkilotlar bilan aloqaning ko‘pchiligiga ega bo‘lishi kerak.
2.Boshqaruvning vazifaviy tuzilishi yoki Funktsional tuzilma – butuzilmada boshqaruv ta’sirlari to‘g‘ri chiziqli va vazifaviyga ajradilar va bu ta’sirlardan har bir ijroji uchun majburiydir. Vazifaviy aloqalar boshqaruvning har qanday umumiy va aniq vazifalarimajmuasini amalga oshiradilar (19-chizma).
Раҳбар
Бош муҳандис
Ходимлар бўлими бошлиғи
Бош ҳисобчи
Ижрочи 1
Ижрочи №
Do'stlaringiz bilan baham: |