Mashg’ulot: Aplikatsiya


Download 1.72 Mb.
Sana09.01.2022
Hajmi1.72 Mb.
#268389
Bog'liq
bekzod yozga qolyozma




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

MAKTABGACHA TA’LIMI VAZIRLIGI
NAMANGAN VILOYAT MAKTABGACHA

TA’LIM BOSHQARMASI
CHORTOQ TUMAN MAKTABGACHA

TA’LIM BO’LIMI TASARUFFIDAGI

16-SON DAVLAT MAKTABGACHA

TA’LIM TASHKILOTI KICHIK GURUH TARBIYACHISI

JO’RABAYEVA NODIRANING

OSMONDAGI VARRAKLAR” MAVZUSIDAGI


MASHG’ULOT

ISHLANMASI








Mashg’ulot: Aplikatsiya

Mavzu: “Osmondagi varraklar”



Maqsad: Bolalar fazoda to’g’ri mo’ljal olib elimlashli, birga jamoada ishlashni, zaruriyat tug’ilganda do’slariga yordam beradilar.
Kerakli jihoz: Varrak na’munasi, elim, oq qog’oz, tayorlab kesilgan varrak bo’laklari, ip, AKT.


Faoliyatning borishi: Assalomu aleykum ilmga chanqoq zukko bolajonlarim. Hammamizga ma’lumki o’lkamizda bahor fasli kezib yuribdi. Buni biz tabiatdagi o’zgarishlardan kuzatib turibmiz. Bahor fasli bayramlarga boy fasl bo’lib bahorni ilk kunlarida biz uchun aziz bo’lgan insonlarni bayramlarini nishonlagan edik . Bu qaysi bayram edi?

Bolalar Sakkizinchi mart onajonlar bayrami?


Tarbiyachi: To’g’ri bolalar keling o’zaro bayram tasurotlarini o’rtoqlashamiz. 8-mart onajonlar bayrami biz onajonlarimizni qanday so’zlar bilan erkalashimizni o’rto’qlashamiz. ” Yuragim quvvati onam” ”Malikam onam” ” Onam bilan baxtliman”


Bolalar: ”Mehribonim onam”
Tarbiyachi: Barakalla bolajonlar hammangiz onajonlaringizni yaxhi ko’rar ekansizlar bir so’z bilan aytganda ”ona buyuk zot” quyidagi yod olgan sherimiz bilan tariflaymiz
Onajonim mehribonim

Men gul bo’lsam siz bog’bonim

Duo qiling tezroq o’say

Tinchlik usun xissa qo’shay


Tarbiyachi:

Boychechak chiqibdi bugun Navro’z ekan

Hamma bir biriga jigar so’z ekan

Olam ham barobar kecha kunduz ekan

Boychechak chiqibdi bugun Navro’z ekan


Tarbiyachi: Bolalar men qanday bayram xaqida sher aytdim?
Bolalar: Navro’z bayrami

Tarbiyachi: to’g’ri bolalar o’lkamizda Navro’z bayrami uyg’onish bayrami qir adirlarda boychechak va lolalar ochildi bolalar varraklar uchirishadi.

Kelinglar birgalikda varrak yasaymiz kim xoxlaydi chizishni xoxlaganlar chizsin.
Tarbiyachi: oldingizda tayyor kesilgan varraklar bor sizlar uni yelimlaysizlar. Charchamadingizmi mening zukko bolajonlarim.
Bolalar: yo’q charchamadik
Tarbiyachi: Xonamizda nechta varrak bor ekan?
Bolalar: 2 ta varrak bor
Tarbiyachi: to’g’ri bolalar xonamizda 2 ta varrak bor ularni rangi qanday?
Bolalar: yashil va sabzi rang

Tarbiyachi: ularni dumi nechta?


Bolalar: 3-tadan 6 ta

Tarbiyachi: To’g’ri bolalar varrakingiz bitgan bo’ unga ip o’kazamiz



Ilnurbek sizni varragingizni rangi qanday?
Bolalar: meni varragimni rangi sariq
Tarbiyachi: dumida nechta bayrog’i bor ?

Bolalar: dumida 3 ta bayroqchasi bor
Tarbiyachi: barakalla mening zukko bolajonlarim endi qarama qarshi so’zlar o’yinini o’ynaymiz.
Bolalar: uzun- qisqa, qattiq – yumshoq, issiq-sovuq, baland-past.
Tarbiyachi: barakalla bolajonlar ishingizni davom ettiring varraklaringiz bitgan bo’lsa saylda ularni uchiramiz. Bolajonlar varraklarimizni qo’limizga olib saylga marhamat



Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling