O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch so`z va iboralar, asosiy matn


-chizma. To‘g‘ri chiziqli vazifaviy tuzilma


Download 1.79 Mb.
bet81/136
Sana16.06.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1512586
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   136
Bog'liq
Ma\'ruza Menejmenga kirish

21-chizma. To‘g‘ri chiziqli vazifaviy tuzilma

bo‘yicha imkoniyatlarining kengayishidir.


Tuzilmaning kamchiligiga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • harakatlar birligining yo‘qligi;

  • vazifaviy xizmatlar o‘rtasidagi doimiy o‘zaro aloqalarni qo‘llab quvvatlash imkoniyaiti yo‘qligi ;

  • qarorlar qabul qilishning uzoq muddatli tadbirlari;

  • ijrochilarning ish uchun javobgarliklarini pasayishi, chunki ulardan har biri bir necha rahbarlardan ko‘rsatmalar oladilar;

  • xodimlar tomonidan “yuqoridan” olinadigan ko‘rsatmalar va farmoyishlarni muvofiqlashmaganligi, chunki har bir vazifaviy bulinma o‘zining masalalarini birinchi o‘ringa qo‘yadi;

  • yakka hukmronlik tamoyilining buzilishi.



4.Boshqaruvning to‘g‘ri chiziqli – shtabli tuzilmasi yoki Chiziqli shtabli tuzilmadabirinchi (to‘g‘ri chiziqli) rahbarga aniq masalalarni ishlab chiqish va tegishli qarorlar, rejalarni tayyorlashda shtablar deb atalgan, vazifaviy bo‘limlardan tashkil topgan boshqaruvning maxsus apparati yordam beradi. Bunday bo‘linma o‘z karorlarini yuqori rahbar orqali o‘tkazadi yoki (maxsus vakolatlar doirasida) ularni pastda turuvchi daraja xizmatlari va ijrochilarigacha etkazadi (21-chizma). Vazifaviy bo‘linmalar, qoidaaga ko‘ra, ishlab chiqarish (tijorat) bo‘limlariga mustaqil ravishda farmoyishlar berish huquqiga ega emaslar.


22-chizma. To‘g‘ri chiziqli shtabli tashkiliy tuzilma

Vazifaviy xizmatlar ishlab chiqarishning texnik qo‘llab-quvvatlanishini amalga oshiradilar, ishlab chiqarishga rahbarlik qilish bilan bog‘liq masalalarni hal qilish variantlarini tayyorlaydilar, to‘g‘ri chiziqli rahbarni rejalashtirish, moliyaviy hisob-kitoblar, moddiy-texnik ta’minot va boshqa masalalardan ozod qiladilar. Tashkiliy tuzilma boshqaruvniing yuqori operativligini ta’minlaydi.


Firma qanchalik yirik bo‘lsa, u shunchalik shoxlab ketgan apparatga ega bo‘ladi. SHuning uchun vazifaviy xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish yoki o‘zining ixtiyorida kompyuter texnikasiga ega bo‘lgan yuqori malakali xodimlarga ega yirik ixtisoslashgan bo‘linmalarni tashkil qilish haqidagi masala vujudga keladi.
Boshqaruvning bu tuzilmalarida bo‘linmalar o‘rtasida gorizontal darajadagi yaqin aloqalar va o‘zaro hamkorliklar yo‘qdir.
5.Boshqaruvning Dasturli maqsadli tuzilmasi : matritsa tuzilmasi, mahsulotli tashkiliy tuzilma, mintaqaviy tashkiliy tuzilma divizional (yoki bo‘limli) tashkiliy tuzilma

Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling