O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch so`z va iboralar, asosiy matn
-chizma. Strategik rejalashtirish jarayoni
Download 1.79 Mb.
|
Ma\'ruza Menejmenga kirish
26-chizma. Strategik rejalashtirish jarayoni.
Korxonaning maqsadi va vazifalarini tanlash strategik rejalashtirish jarayonining eng dastlabki va mas`uliyatli boqichlaridan hisoblanadi. Bu jarayon rejalashtirishning keyingi barcha bosqichlari uchun mo`ljal vazifasini o`taydi. Strategik rejalashtirishda asosiy e`tibor berilishi lozim bo`lgan jihatlardan biri bu tashkilot missiyasini tanlash. Missiya – bu hozirgi vaqtda va kelajakdagi iste`molchilarning manfaatini birinchi o`ringa qo`yadigan tashkilotning asosiy va umumiy maqsadidir. Bu ushbu firmaning nima uchun bunyod etilganini va iste`molchilar manfaatlari nuqtai-nazaridan nima uchun zarurligini bildiradi. Missiya firma tuzilmasini aniqlaydi va quyidagilarni o`z ichiga oladi: Firma qanday tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanmoqda. Firmaning tashqi muhitdagi o`rni. Tashkilot madaniyati. Ayrim dunyoga mashhur kompaniyalarning missiyalari. IBM korporatsiyasi o`z missiyasini jamiyatning axborotga bo`lgan talabini qondirish deb biladi. «Ford» kompaniyasi uchun unga asos solgan Genri Fordning ko`pchilikka e`lon qilib aytgan: «Odamlarga arzon transport taqdim etish» gapi missiya bo`lib hisoblanadi. «Rev’en»(kosmetika) kompaniyasining missiyasi «Biz orzu-niyat sotamiz». Deyarli barcha o`ta yirik yapon firmalari uchun missiya: «Xaridorlarni juda yuqori sifatli tovarlar bilan ta`minlash». Rahbariyat korxona missiyasini atrof-muhitdan axtarib, quyidagi ikki savolga javob topadi:1) «Bizning mijozlarimiz kim»? 2) «Mijozlarimizning qanday ehtiyojlarini biz qondirishimiz mumkin»? Notijorat tashkilotlarning mijozlari bu uning xizmatidan foydalanuvchi va uni resurslar bilan ta`minlovchilar bo`lib hisoblanadi. Firma uchun umumiy bo`lgan maqsadlar korxona umumiy missiyasidan kelib chiqqan holda tanlanadi. Korxona mablag’ faoliyatining bosh maqsadi – kam mablag’ sarflab iste`molchilarga yuqori sifatli mahsulot yetkazib berish, topshiriq va shartnomalarni bajarishdir. Strategik rejalashtirish sifati ham ana shu bosh maqsadning qanchalik to`g’ri tanlanganligi va qabul qilinganligiga bog’liq. Shu sohadagi tadqiqotlar maqsadning quyidagi mezonlariga mos kelishi lozimligini ko`rsatadi: maqsadlar aniq va o`lchovga ega bo`lishi; davr (muddat)ning aniq bo`lishi; amalga oshirish mumkinligi; muvofiqlashtirilishini ta`minlash mumkinligi; ustivorlikka ega bo`lishi. Download 1.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling