O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch so`z va iboralar, asosiy matn


Download 1.79 Mb.
bet115/136
Sana16.06.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1512586
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   136
Bog'liq
Ma\'ruza Menejmenga kirish

Boshqaruv mehnati turlari
Mehnat jamoasini boshqarishda boshqaruv mehnatining uchta turini ajratish mumkin: evristik, ma’muriy va operatorli.
Evristik mehnat - bu hammadan avval rahbarlar va mutaxassislarning mehnatidir. U ijodiy aqliy faoliyatning tabiati, ularning psixofiziologik mohiyatini to‘liq darajada aks ettiradi.
O‘zining mazmuniga ko‘ra evristik mehnat operatsiyalarning ikkita turidan tashkil topadi:

  • Tahliliy operatsiyalar - qarorlar qabul qilish uchun zaruriy axborotlarni qabul qilish va idrok etishdan iboratdir. Bunday operatsiyalarga , ularni bajarishning shakllari va usullariga ko‘ra, quyidagilar kiradi: har xil hujjatlar va adabiy manbalarni ko‘rib chiqish va o‘rganish; og‘zaki suhbatlar, so‘rovlar va bevosita kuzatishlarni o‘tkazish, tahlil natijalarini tegishli hujjatlarda (ma’lumotnomalar, ma’ruzalar, tahliliy obzorlarda) bayon etish, mavjud holatning tashxisini qo‘yish yoki aniqlash.

  • Konstruktiv operatsiyalar - har xil turdagi qarorlarni tayyorlash va qabul qilish bilan bog‘liqdir. Bu operatsiyalar qarorlarning mazmuni, xarakteri va murakkabligi, hamda ularning yakka tartibda va jamoaviy qidirishning tegishli usullariga muvofiq ajratadilar.

Ma’muriy mehnat - bu aqliy mehnatning o‘ziga xos turi bo‘lib, uning vazifaviy belgilanishi odamlar harakati va xulqini ularning mehnat faoliyatlari jarayonida bevosita boshqarishdan iborat bo‘ladi.
Ma’muriy mehnat jarayoni quyidagi tashkiliy-ma’muriy operatsiyalarni bajarishda vujudga keladi:

  • xizmatli kommunikatsion (og‘zaki axborotni telefonda so‘zlashishlar yo‘li bilan uzatish va qabul qilish, ish joylarini aylanib chiqish, xodimlar va keluvchilarni qabul qilish, korxona doirasida harakatlanishlar;

  • yo‘riqnomaviy (qarorlarni ijrochilarga og‘zaki farmoyishlar, yozma buyruqlar, ko‘rsatmalar berish yo‘li bilan etkazish, ijrochilarga vazifalarni belgilash yoki ular tomonidan tuzilgan ishning shaxsiy rejalarini tasdiqlash, vazifalar va topshiriqlarni bajarish jarayonidan og‘zaki yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatish, yozma yo‘l-yo‘riqlarni tuzish va tasdiqlash);

  • muvofiqlashtiruvchi ( bo‘linmalar va xizmatlar ishini kengashlar va majlislar o‘tkazish yo‘li bilan o‘zaro bog‘lash, ishning bajarilishi reja-jadvalini ijrochilar va muddatlarni ko‘rsatish bilan tuzish);

  • nazoratli-baholovchi (buyruqlar, kengashlar qarorlari, rejalar, vazifalar, topshiriqlarni bajarilishini nazorat qilish, bo‘linmalar va ijrochilarni ishini baholash, rag‘batlantirish va jazolash).

Operator mehnati - bu asosan texnik ijrochilarning ishlab chiqarish va boshqaruv jarayonlarini axborotli ta’minlash uchun zarur bo‘lgan stereotipli (bir xildagi), takrorlanuvchi operatsiyalarni bajarish bo‘yicha mehnatidir.
Ta’kidlash kerakki, ma’muriy-boshqaruv xodimlari mehnatining mazmuni o‘zgarmasdan qolmaydi.
Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, hisob, axborot va hujjatli operatsiyalar ularda hozircha ish vaqtining 70 % gachasini egallaydi.
Ammo rahbarlar va mutaxassislar tomonidan texnik vositalarni qo‘llanishi, bir xildagi, kam mazmunli operatsiyalarni mashinalarga topshirilishi, mehnatning yangi usullari va vositalarining yaratilishi, boshqaruvni tashkil qilishning takomillashuvi natijasida ularning mehnatining mazmuni ancha o‘zgaradi, ularning ishida ijodiy operatsiyalarning salmog‘i oshadi.
Boshqaruv mehnati va uni ratsional tashkil qilish – tashkilotning biznes jarayonlarini samaraliroq amalga oshirilishining muhim omillaridir, shuning uchun boshqaruv mehnatini takomillashtirish masalalari alohidagi dolzarblikni kasb etadi.
Boshqaruv ishini oqilona tashkil etish ma’lum tamoyillar asosida olib boriladi.
Mehnatning ilmiy asoslangan me’yorlari boshqaruv apparatidagi har bir xodim ishini xolisona baholash, moddiy rag‘batlantirishdan samarali foydalanish imkonini beradi.
Qulay ish tartibi va sharoiti. Boshqaruv mehnatining unumdorligi to‘g‘ridan-to‘g‘ri menejer mehnat qiladigan ish o‘rnining holati va sharoitiga bog‘liqdir.
Menejerning ish joyini tashkil etish boshqaruv faoliyatida imkon qadar qulay ish sharoiti tashkil etilishini ta’minlaydi, ish unumdorligini oshiradi.
Hozir turli kategoriyadagi ma’muriy boshqaruv xodimlari uchun ish joylarini tashkil etishning besh mingdan ortiq tipovoy loyihalari ishlab chiqilgan.
Bulardan tashqari, boshqaruv apparatida ish o‘rinlarini tashkil etishda qator iqtisodiy, ergonomik (“ergonomika” – aniq faoliyat apparatida inson va mashinaning o‘zaro moslashishini o‘rganuvchi fandir), etik va estetik talablarga rioya etish lozim.
Mehnatning sanitariya-gigienik va estetik jihatdan qulay ish sharoiti.
Binoda kerakli harorat darajasi saqlanishi, me’yorida yoritilishi, havo namligi, devorlar rangi, mebellar bir-biriga mos tushgan bo‘lishi kerak.
Mebellarning qulayligi. SHaxsning antropometrik xususiyatini hisobga olgan holda mebellarning o‘lchami va shakliga ko‘ra tanlab, ularni qulay joyga qo‘yishdan iborat.
Orgtexnika vositalari. Ish joyi tegishli orgtexnika bilan jihozlanishi, shuningdek, undan samarali foydalanish texnologiyasi tashkil qilinishi zarur.
Mehnat va dam olishning oqilona rejimi. Menejerning me’yorga solinmagan ish kuni unga nisbatan ishga chiqishning moslanuvchan jadvalini tuzish zaruriyatini keltirib chiqaradi.



Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling