O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch so`z va iboralar, asosiy matn


-chizma. Muammo tushunchasi va uning tasnifi


Download 1.79 Mb.
bet57/136
Sana16.06.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1512586
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   136
Bog'liq
Ma\'ruza Menejmenga kirish

9-chizma. Muammo tushunchasi va uning tasnifi.

Muammo asosan: mavjud bo`lgan holatning bo`lishi lozim bo`lgan holatga mos tushmaslik; noaniqlik; sabab va oqibatning aniq bo`lmasligi; bir necha muqobilning mavjudlik hollarida yuzaga keladi (10-chizma).



Ko`zlanmagan holatlar




Maqsadli harakatlar









Muammoning kelib chiqish sabablari









Tasodifiy xatolar




Standartlardagi noaniqliklar



10-chizma. Muammoning kelib chiqish sabablari.

Chizmadan ko`rinib turibdiki, muammolar turli sabablar, ya`ni ko`zlanmagan holatlar, oldimizga qo`yilgan maqsadning yechimi bo`yicha bo`ladigan harakatlar, ayrim standartlarda mavjud mezonlarning noaniqligi va nihoyat yo`l qo`yilishi mumkin bo`lgan tasodifiy xatolar tufayli vujudga kelishi mumkin.


Muammoni yechish – bu murakkab jarayon. Shuning uchun oqilona qaror chiqarishni besh bosqichda ko`rib o`tish mumkin:

  1. Muammo diagnostikasi.Muammoni yechishda birinchi qadam to`liq va to`g’ri tashxis qo`yish. Muammoni ko`rib chiqishning ikki uslubi mavjud. Birinchisi, qo`yilgan maqsadlarga erishilmaganda muammo deb hisoblanadi. Lekin ko`pincha rahbarlar faqat nimadir sodir bo`lishi kerak-u, lekin sodir bo`lmagan holatlarni muammo sifatida ko`radilar. Ikkinchisi, muammo sifatida potentsial imkoniyatlarni ko`rish mumkin. Muamoni to`liq aniqlash qiyin, chunki tashkilotning hamma bo`limlari o`zaro bog’liq, bir-birining ishiga ta`sir ko`rsatadi. Shuning uchun muammoni to`liq aniqlash – uni yarmigacha yechish bilan barobar, lekin buni tashkiliy qarorlar uchun qo`llash qiyin. Natijada, muammo tashxisi bir necha qadamdan iborat bo`lgan va har bir qadamda oraliq qarorlar qabul qilinadigan protsedura yuzaga keladi. Murakkab muammoni tashxislashning birinchi bosqichi qiyinchiliklar yoki imkoniyatlarning belgilarini anglash va belgilash hisoblanadi. Bunday belgilar past foyda, mehnat unumdorligi va sifat, yuqori xarajatlar, kadrlar qo`nimsizligi. Bu bosqichda axborot katta ahamiyatga ega. Ikkinchi bosqich axborotni to`plash va tahlil qilish hisoblanadi. Bunda relevant va o`rinsiz axborot o`rtasidagi farqni anglash zarur.


Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling