Muntazam qarorlar belgilangan muddatlarda chiqariladi. Masalan, xo`jalik faoliyati yakuniga ko`ra qabul qilinadigan qarorlar.
Vaqti-vaqti bilan qabul qilinadigan qarorlar har zamonda biron sababga ko`ra qabul qilinadi.
Qabul qilinadigan qarorlar tarkibida yakkaboshchilik va yakdillik asosida qabul qilinadigan qarorlar ham bo`ladi. Ammo yakkaboshchilik asosidagi qarorlar ko`p hollarda asosli tankidga uchrab turadi. Sababi, rahbar yakkaboshchilikka asoslangan qarorni aksariyat hollarda o`zini ko`rsatish maqsadida qabul qiladi. Bunday rahbar faoliyatining 80-90 foizi buyruqbozlikka asoslangan bo`ladi. Bu jamoada keskinlikning yuzaga kelishiga sabab bo`ladi. Boshqaruv qarorlari jamoa fikriga tayangan holda qabul qilinmas ekan, boshqaruvchi bilan bo`ysunuvchilar o`rtasidagi munosabatlarning keskinlashuvi, o`zaro ishonchning yo`qolishi, nizolarning kelib chiqishi muqarrardir. Yakkaboshchilik tamoyilidan farqli o`laroq, yakdillik tamoyili asosida ham qarorlar qabul qilinadi. Bu tamoyil mohiyatiga ko`ra ilgari surilayotgan muqobil fikrni so`zsiz qo`llab-quvvatlashdan iborat.
Kollegialliktamoyili «koalitsiyalar», ya`ni turli ittifoq yoki birlashmalar ro`yirost ma`lum bo`lib turgan vaziyatlarda, har xil fikrlar raqobat qiladigan hollarda amal qiladi. Shu sababli qaror qabul qilishda ovoz berish yo`liga o`tiladi. Bunday hollarda qabul qilish uchun ko`pchilikning ovoziga tayaniladi. Ko`pchilik hollarda yarmidan ko`p ovoz gohida printsipial masalalar yuzasidan me`yor 2/3 deb tasdiqlanadi.
Konsensus tamoyili pur fikrlilik, ya`ni fikrlar plyuralizmi kuchaygan hamda axborot oqimi tobora kuchayib borgan hollarda qo`llaniladi. O`z mohiyati bilan: Konsensus– bu qarorlarni ishlab chiqish jarayonida barcha bahsli masalalar va turli-tuman fikrlar yuzasidan bir bitimga kelish yoki kelishishdir. Bunga o`zaro fikr almashish va maslahat, shuningdek ilgari surilayotgan muqobil masalalarni maqsadga muvofiqlashtirishning har xil usullarini qo`llash yordamida erishiladi.
«Ringi» usuli yapon biznesida keng qo`llaniladigan usuldir.
9-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |