O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch so`z va iboralar, asosiy matn


Download 1.79 Mb.
bet61/136
Sana16.06.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1512586
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   136
Bog'liq
Ma\'ruza Menejmenga kirish

Qaror qabul qilish uslublari.
Qaror qabul qilishning har qanday uslubini modellashtirishning bir ko`rinishi sifatida ko`rib chiqish mumkin. Modellashtirishda qo`shimcha bir qancha uslublar mavjudki, bu uslublar rahbarga bir qancha mavjud muqobillardan maqsadlarga erishishni ta`minlaydigan qarorni qabul qilishga ko`maklashadi. Qaror qabul qilishning asosan ikki uslubi ahamiyatga ega:

    1. To`lov matritsasi.

    2. Qarorlar shajarasi.

To`lov matritsasi – bu rahbarga bir necha variantlardan birtasini tanlashga yordam beradigan statistik qarorlar nazariyasi uslublaridan biri hisoblanadi. To`lov bunda mukofot yoki foyda sifatida ko`riladi, ya`ni biron bir aniq sharoitda aniq strategiyadan olinadigan foyda.
Agar to`lovni jadval ko`rinishida aks ettirilsa, to`lov matritsasiga ega bo`lamiz.




Ob-havo sharoiti

Tuman (0,1)

Ochiqhavo (0,9)

1.Strategiya: samolyot




+ 2000

+ 4500

2. Strategiya: poyezd




+ 3000

+ 3000

Umuman to`lov matritsasi quyidagi hollarda foydali:

  1. Muqobillar yoki strategiya variantlarining ma`lum miqdordagi chegarasi mavjud bo`lsa;

  2. Nima sodir bo`lishi mumkinligi to`la aniq bo`lmasa;

  3. Qabul qilinadigan qarorlar natijasi qanday muqobillikni tanlanganligidan va qaysi sharoit haqiqatda amalga oshganligidan bog’liq bo`lsa.

Hamma qaror qabul qilish holatlarida rahbar hodisaning ehtimolligini baholashiga to`g’ri keladi. Ehtimollik 1 dan (hodisa aniq sodir bo`ladi), 0 gacha (hodisa aniq sodir bo`lmaydi) aniqlanadi. Ehtimollik tendentsiyasini tanlash o`tmishdagi tendentsiyalarga yoki rahbarning bunday vaziyatlardagi shaxsiy tajribalaridan kelib chiqqan sub’yektiv baholanishiga asoslanishi mumkin.
Ehtimollik kutiladigan miqdorni aniqlashga to`g’ridan-to`g’ri, ya`ni to`lov matritsasining markaziy kontseptsiyasiga ta`sir ko`rsatadi. Muqobil yoki strategiya variantining kutiladigan miqdori - bu yuzaga chiqishi mumkin bo`lgan miqdorlarning ehtimollikka bo`lgan ko`paytmasi. Masalan, agar siz muzqaymoq sotish do`koniga mablag’larni joylashtirish 0,5 ehtimollik bilan 5000 dollar, 0,2 ehtimollik bilan 10000 dollar va 0,3 ehtimollik bilan 3000 dollar yillik daromadni keltiradi, deb o`ylasangiz, unda kutiladigan miqdor quyidagicha bo`ladi:
5000*(0,5)+10000*(0,2)+3000*(0,3)=5400 dollar
Har bir al’ternativaning kutiladigan miqdorni aniqlab, natijalarni matritsa ko`rinishida joylashtirgandan so`ng rahbar qiyinchiliksiz qaysi tanlov berilgan mezonlarda yaxshiroq ekanligini aniqlashi mumkin. Bu tanlov yuqoriroq bo`lgan kutiladigan miqdorga to`g’ri keladi.

Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling