O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch so`z va iboralar, asosiy matn
Download 1.79 Mb.
|
Ma\'ruza Menejmenga kirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- To`lov matritsasi
Qaror qabul qilish uslublari.
Qaror qabul qilishning har qanday uslubini modellashtirishning bir ko`rinishi sifatida ko`rib chiqish mumkin. Modellashtirishda qo`shimcha bir qancha uslublar mavjudki, bu uslublar rahbarga bir qancha mavjud muqobillardan maqsadlarga erishishni ta`minlaydigan qarorni qabul qilishga ko`maklashadi. Qaror qabul qilishning asosan ikki uslubi ahamiyatga ega: To`lov matritsasi. Qarorlar shajarasi. To`lov matritsasi – bu rahbarga bir necha variantlardan birtasini tanlashga yordam beradigan statistik qarorlar nazariyasi uslublaridan biri hisoblanadi. To`lov bunda mukofot yoki foyda sifatida ko`riladi, ya`ni biron bir aniq sharoitda aniq strategiyadan olinadigan foyda. Agar to`lovni jadval ko`rinishida aks ettirilsa, to`lov matritsasiga ega bo`lamiz.
Umuman to`lov matritsasi quyidagi hollarda foydali: Muqobillar yoki strategiya variantlarining ma`lum miqdordagi chegarasi mavjud bo`lsa; Nima sodir bo`lishi mumkinligi to`la aniq bo`lmasa; Qabul qilinadigan qarorlar natijasi qanday muqobillikni tanlanganligidan va qaysi sharoit haqiqatda amalga oshganligidan bog’liq bo`lsa. Hamma qaror qabul qilish holatlarida rahbar hodisaning ehtimolligini baholashiga to`g’ri keladi. Ehtimollik 1 dan (hodisa aniq sodir bo`ladi), 0 gacha (hodisa aniq sodir bo`lmaydi) aniqlanadi. Ehtimollik tendentsiyasini tanlash o`tmishdagi tendentsiyalarga yoki rahbarning bunday vaziyatlardagi shaxsiy tajribalaridan kelib chiqqan sub’yektiv baholanishiga asoslanishi mumkin. Ehtimollik kutiladigan miqdorni aniqlashga to`g’ridan-to`g’ri, ya`ni to`lov matritsasining markaziy kontseptsiyasiga ta`sir ko`rsatadi. Muqobil yoki strategiya variantining kutiladigan miqdori - bu yuzaga chiqishi mumkin bo`lgan miqdorlarning ehtimollikka bo`lgan ko`paytmasi. Masalan, agar siz muzqaymoq sotish do`koniga mablag’larni joylashtirish 0,5 ehtimollik bilan 5000 dollar, 0,2 ehtimollik bilan 10000 dollar va 0,3 ehtimollik bilan 3000 dollar yillik daromadni keltiradi, deb o`ylasangiz, unda kutiladigan miqdor quyidagicha bo`ladi: 5000*(0,5)+10000*(0,2)+3000*(0,3)=5400 dollar Har bir al’ternativaning kutiladigan miqdorni aniqlab, natijalarni matritsa ko`rinishida joylashtirgandan so`ng rahbar qiyinchiliksiz qaysi tanlov berilgan mezonlarda yaxshiroq ekanligini aniqlashi mumkin. Bu tanlov yuqoriroq bo`lgan kutiladigan miqdorga to`g’ri keladi. Download 1.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling