O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch so`z va iboralar, asosiy matn


Download 1.79 Mb.
bet60/136
Sana16.06.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1512586
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   136
Bog'liq
Ma\'ruza Menejmenga kirish

Axborotning cheklanganligi. Dastlabki shartlar noto`g’riligining asosiy sababi - kerakli axborotni olish imkoniyatining chegaralanganligi. Bu axborot modelni tuzish va uni qo`llashga ta`sir etadi. Modelning aniqligi muammo bo`yicha axborotning aniqligi bilan belgilanadi.
Foydalanuvchilarning qo`rquvi. Agar modeldan foydalanilmasa, bu modelni samarali deb bo`lmaydi. Modellardan foydalanmaslikning asosiy sababi - model taklif qilingan rahbarlarning modellar yordamida olingan natijalarning tushunmasliklari tufayli ularni qo`llashdan qo`rqishlari.
Amalda sust qo`llanilishi. Bu erda asosiy sabab - bilimlarning etishmasligi va o`zgarishlarga qarshilik ko`rsatish. Bunday vaziyatda modelni ishlab chiqishda foydalanuvchilarning o`zlarini jalb qilish kerak bo`ladi, shunda qo`rquv sustlashadi. AQShdagi «Forchun» jurnali tomonidan 500 ta firma vitse-prezidentlarning so`rovi shuni tasdiqladiki, fan modellarini qo`llashda vitse-prezidenт boshqaruvida asosiy to`siq shu sohada ularning bilimlari to`liq bo`lmaganligi hisoblanadi.
Haddan ziyod bo`lgan qiymat. Ko`pgina tadqiqotlarga ko`ra, boshqaruv fani doirasidagi modellarni qo`llash darajasi modellashtirish uslublarining darajasidan yuqori. Modelni ishlatishdan kelgan foyda uning qiymatini ortig’i bilan qoplashi kerak. Rahbariyat model ishlatish xarajatini aniqlashda modelning qo`llashdagi va axborotni to`plashdagi yuqori va past darajasini, xarajat va o`qishga ketgan vaqt, qayta ishlab chiqarish bahosi va axborot saqlashni hisobga olishi kerak.
Boshqaruv modellari. Boshqarish fanida mavjud bo`ladigan aniq modellarning soni shunday ko`pki, ular muammolarni yechish uchun qo`llanadigan alohida modellar soniga teng. Quyida ba`zi bir keng tarqalgan modellarning tiplarini ko`rib o`tamiz.
O`yinlar nazariyasi. Tashkilot muvaffaqiyati juda bog’liq bo`lgan muhim bir omillardan biri raqobatbardoshlik hisoblanadi. Darhaqiqat, raqobatchining harakatlarini bashoratlash qobiliyati har qaysi tashkilot uchun qulay vaziyat hisoblanadi.
O`yinlar nazariyasi – qabul qilingan qarorning raqobatchilarga ta`sirini baholash modelidir. Biznesda o`yin modellari raqobatchilarning narx o`zgarishlariga, qo`shimcha tovar va xizmat ishlab chiqarishga, yangi mahsulotni o`zlashtirishga bo`lgan reaktsiyasini bashorat qilish uchun qo`llaniladi.
Hozirgi davrda o`yinlar nazariyasi unchalik ham ko`p qo`llanilmaydi, chunki real hayotning holatlari juda murakkab va tez o`zgaruvchandir va bu firma taktikasining o`zgarishiga raqobatchilar qanday harakat qilishlarini aniq bashorat qilishga yo`l qo`ymaydi.
Navbatlar nazariyasi modeli yoki optimal xizmat ko`rsatish modeli. Bu model iste`molga nisbatan optimal xizmat ko`rsatish kanallari sonini aniqlash uchun qo`llaniladi. Masalan, odamlarning aviakompaniyaga samolyot uchun chipta buyurishi va axborot olish to`g’risidagi qo`nqiroqlari, omborda yukni tushirishni kutib turgan yuk mashinalari, bekatda navbat kutib turgan yo`lovchilar buning yorqin misolidir. Agar mijoz ko`p kutib turishiga to`g’ri kelsa, unda ular boshqa kompaniyaga murojaat qilishlari mumkin. Shunday qilib, printsipial muammo shundan iboratki, qo`shimcha xizmat qilish kanallari xarajatlarni va mijozlar boshqa kompaniyaga o`tib ketganda olinadigan zararlarni tenglashtirish.
Zaxiralarni boshqarish modeli. Bu model resurslarga buyurtmalarni joylashtirish vaqti va ularning miqdorini aniqlash uchun hamda ombordagi tayyor mahsulot hajmini optimallashtirish uchun qo`llaniladi. Har qanday tashkilot ishlab chiqarishni uzluksiz ta`minlashi uchun ma`lum miqdorda resurslar zaxirasini saqlashi kerak.
Bu modelning maqsadi – jamlanib qolgan zaxiralarning xarajatlarda ifodalanadigan salbiy oqibatlarni kamaytirish.
Bu xarajatlar uch asosiy ko`rinishda bo`ladi:

    1. Buyurtmani joylashtirish.

    2. Saqlash.

    3. Zaxiralarning yetarli bo`lmagan darajasi bilan bog’liq bo`lgan xarajatlar.

Bu muammoni yechish bo`yicha bir qancha modellar ishlab chiqilgan.
Chiziqli dasturlashtirilgan model.Bu model raqobatchilik ehtiyojlari mavjud bo`lgan holda taqchil resurslarni taqsimlashda optimal usulni aniqlash uchun qo`llaniladi. Chiziqli dasturlashtirish odatda ishlab chiqarishdagi qiyinchiliklarni yechish uchun shtabli bo`linmalardagi mutaxasssislar tomonidan qo`llaniladi. Masalan, bunday modellarga optimal ishlab chiqarish assortimentini aniqlash, texnologik jarayonni boshqarish, zaxiralarni boshqarish, ishchilarni taqsimlash, transport masalalari kabilar kiradi.
Immitatsion model. Yuqorida ko`rsatilgan hamma modellar immitatsion modellar hisoblanadi, chunki ularning hammasi reallikni aks ettiradi. Shunga qaramasdan, modellashtirishning uslubi sifatida, immitatsiyareal holatning o`zgarishlarini aniqlash uchun model yaratish va uni eksperimental qo`llash jarayonini bildiradi. Masalan, ishlab chiqarish bo`yicha mutaxassislar va moliyachilar, ishlab chiqarish faoliyati o`sishi, yangi texnologiya yoki ishchilar tarkibini o`zgartirish natijasida qo`shimcha foyda olish immitatsion modellarini tuzishi mumkin. Marketing bo`yicha mutaxassis narx o`zgarishi natijasida yoki reklama asosida mahsulot sotish hajmining o`sishini immitatsiya qilishi mumkin.
Iqtisodiy tahlil modeli. Bu model xarajatlarni va iqtisodiy foydani hamda korxonalar faoliyati rentabelligini baholashning hamma uslublarini o`z ichiga oladi. Oddiy iqtisodiy model zararsizlik nuqtasini aniqlashga asoslangan, ya`ni umumiy daromad jami xarajatlar bilan tenglashadigan, korxona foyda olishni boshlaydigan nuqtani aniqlashdagi qaror qabul qilish uslubi.
Zararsizlik nuqtasi (break-even point - BEP) shunday holatni ko`rsatadiki, unda umumiy daromad (total revenue - TR) umumiy xarajatlarga (total costs - TC) teng bo`lib qoladi. Zararsizlik nuqtasini aniqlash uchun mahsulot birligi sotiladigan narxni, bir birlik mahsulot o`zgaruvchan va doimiy xarajatlarini hisobga olish kerak:

Bunda: TFC - doimiy xarajatlar;
R - mahsulot birligi narxi;
VC - o`zgaruvchan xarajatlar.
Narx (price - P) firma har bir birlik tovar va xizmatlarni sotishdan qanchalik daromad olishini ko`rsatadi. Bir birlik mahsulot o`zgaruvchan xarajatlari (variable cost - VC) - bu har bir mahsulot birligini ishlab chiqarishga to`g’ri bog’liq bo`lgan amaldagi xarajatlar. Jami doimiy xarajatlar (total fixed cost - TFC) bu boshqaruv apparatiga ketgan xarajatlar, tsex xarajatlari va h.k.z.
Zararsizlik nuqtasini tahlil qilish firma uchun ko`proq qulay bo`lgan muqobil yo`llarni tanlash imkonini beradi.
Modellashtirish quyidagi bosqichlarni o`z ichiga oladi:

  • tahlil qilinadigan muammolar tarkibiy qismlarga bo`linadi, omillar aniqlanadi;

  • tanlab olingan omillarning o`zaro aloqasi aniqlanadi va o`zaro ta`siri baholanadi, vazifani hal etish modeli belgilanadi;

  • tadbirlar majmui ishlab chiqiladi;

  • qarorlar variantlarining samaradorligi, ularni oshirish yo`llari aniqlanadi.

Modellashtirishni quyidagicha ifodalash mumkin:



Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling