O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch so`z va iboralar, asosiy matn
Download 1.79 Mb.
|
Ma\'ruza Menejmenga kirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Prognozlashtirish
Qarorlar shajarasi – bu uslub ham bir qancha mavjud variantlardan eng yaxshi yo`nalishni tanlab olish uchun qo`llaniladi. Qarorlar shajarasi qaror qabul qilish muammosini sxema ko`rinishida ifodalaydi.
Masalan, ushbu qarorlar shajarasida quyidagicha muammo turibdi: kulcha non ishlab chiqarish. Qarorlar shajarasi uslubini bir qarorning natijasi keyingi qaror natijasiga ta`sir ko`rsatadigan vaziyatlarda qo`llash mumkin. Bu uslub ketma-ket qarorlarni qabul qilish uchun qo`llaniladi. Qarorlar shajarasidan foydalanib rahbar ikkinchi nuqtadan dastlabki nuqtaga qaytish yo`li orqali o`zi uchun ancha maqbul bo`lgan qarorni topadi. Prognozlashtirish – bu o`tgan davrda to`plangan tajriba hamda kelajak to`g’risidagi joriy farazlarni kelajakni aniqlash maqsadida qo`llaniladigan uslub. Prognozlarning turlari: Iqtisodiy prognozlar - iqtisodning va ko`rsatkichlar holatini oldindan prognoz qilish. Texnologiya rivojlanishini prognoz qilish. Raqobatchilarning rivojlanishini prognoz qilish. Raqobat darajasi strategiyasini oldindan aytish. So`rovlar va tadqiqotlar asosida prognozlash. Ijtimoiy prognozlashtirish. Iqtisodda asosan prognozlashtirishning miqdoriy uslubi qo`llaniladi. Buning mohiyati qaysi bir omilning ta`siri natijasida kelgusida ma`lum bir ko`rsatkichning qaysi darajagacha rivojlanishini mo`ljallaydi. Prognozlashtirishning miqdoriy uslubi miqdoriy axborot yetarli bo`lmagan sharoitda qo`llanilmaydi, buning uchun sifat uslublari qo`llaniladi. Kelajakni prognoz qilish ekspert tomonidan amalga oshiriladi. Qarorlarni tanlash, ularni uzil-kesil qabul qilish rahbar tomonidan amalga oshiriladi. Bunda rahbar qarorni yakkaboshchilik asosida qabul qilishi mumkin. Odatda, yakkaboshchilik ko`pchilik fikri bilan birgalikda qo`shib olib boriladi, ya`ni: tanlangan qaror varianti tegishli tashkilotlar bilan kelishib olinadi; qaror uzil-kesil qabul qilinadi va hujjat (buyruq, farmoyish berish, rejani tasdiqlash va h.k.zlar) bilan rasmiylashtiriladi; qaror ijro etuvchi shaxslarga yetkaziladi (13-chizma). Har qanday qarorni qabul qilishda rahbar quyidagi 10 ta tamoyilga amal qilsa, foydadan xoli bo’lmas edi. Tavsilotlarni bilib olishdan oldin muammoni to’laligicha hal qiling. Ehtimol tutilgan hamma variantlarni ko’rib chiqmagunga qadarqaror qabul qilmang. Hatto hamma tan olgan haqiqatlarga ham shubha bilan qarahg, ularni rad etishdan qo’rqmang. Muvaffaqiyat juda oz bo’lib ko’ringanda ham oldingizda turgan muammoga turli xil nuqtai-nazarlardan qarashga intiling. Hal qilingan muammoning mohiyatini yaxshiroq tushunib olishga yordam beradigan model yoki o’xshashlikni izlang. Haqiqatga yaqinlashish uchun imkoni boricha ko’proq savollar bering. Xayolingizga kelgan birinchi qaror bilan qanoatlanib qolmang. Uzil-kesil qaror qabul qilishdan oldin o’z muammolaringiz haqida biror bir kishi bilan gaplashib ko’ring. O’z sezgi va hissiyotingizga e’tibor bilan qarang. Har bir kishi hayotda va har kuni paydo bo’lib turadigan muammolarga o’z nuqtai-nazaridan qarashini unutmang.Imkoni boricha kamroq farmoyish berish kerak. Tajriba shuni ko’rsatadiki, farmoyish qanchalik ko’p bo’lsa, uni bajarish va ijrosini nazorat qilish shunchalik qiyin bo’ladi. Bir vaqtda bir necha farmoyish berish tavsiya etilmaydi. Topshiriqlarni har xil vaqtda, bajarish izchilligiga qarab berish maqsadga muvofiqdir. Boshqaruv qarorlari quyidagi alomatlari bo‘yicha tasniflanadilar: tovarning yashash davri bosqichlari bo‘yicha; menejment tizimining tizimchalari bo‘yicha; faoliyat sohalari bo‘yicha; ko‘lamlilik bo‘yicha; ishlab chiqarishni tashkil qilish bo‘yicha; maqsadlarning turlari va miqdori bo‘yicha; harakatlarning davomiyligi bo‘yicha (strategik, taktik, operativ); vazifalarning bajarilishi bo‘yicha; ta’sir ko‘rsatish ob’ektlari bo‘yicha; rasmiyligi bo‘yicha (rasmiy va norasmiy); foydalanilgan axborotlar bo‘yicha; aks ettirish shakllari bo‘yicha; qarorlar qabul qilish darajalari bo‘yicha (yakka shaxs, bo‘linma yoki tashkilot darajasida); turkumlashtirilganlik darajasi bo‘yicha (kuchsiz turkumlashtirilgan – dasturlashtirilmagan va yuqori darajada turkumlashtirilgan – dasturlashtirilgan); mazmuni bo‘yicha (ekologik, ijtimoiy, tashkiliy, ilmiy, texnik va h.k.); ta’sir ko‘rsatishning chuqurligi bo‘yicha (bir bosqichli, ko‘p bosqichli); qarorning yo‘nalishi bo‘yicha (tashkilot ichida yoki uning tashqarisida); qaror qabul qilinadigan shaxs bo‘yicha (yakka shaxsli yoki guruhli); majburiylik darajasi bo‘yicha (qat’iy xarakterga ega, tavsiya xarakterga ega); ierarxiyaning qarorlarni shakllantirishda ishga tushiriladigan bosqichlarning soni bo‘yicha); ratsionalligi bo‘yicha ratsionallilar (oqilona asoslanganlar, maqsadga muvofiqlar) va ratsional bo‘lmaganlar. Qarorlarni qabul qilish va amalga oshirish – bu “markaz” bo‘lib, tashkilotning faoliyati uning atrofida aylanadi. Qarorni boshqaruv mehnatining natijasi, uni qabul qilishni va amalga oshirilishini esa ushbu natijaga olib boruvchi jarayon sifatida ko‘rib chiqish mumkin. Qarorlarni qabul qilinishi tashkilotning buguni va kelajagi o‘rtasidagi uzilishni qisqartiradi. Ushbu jarayon tashkilot faoliyatini rejalashtirishning asosida yotadi, chunki reja - maqsadlarga erishish uchun resurslarni joylashtirish bo‘yicha qarorlar majmuasidir. To‘g‘ri qarorlar qabul qilish uchun bilimlar va tajriba talab qilinadi. Bunda yana fahm-farosat ham katta rol o‘ynaydi. U o‘z ichiga oldindan sezish, tasavvur etish, farosatlikni oladi. Download 1.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling