№
|
Talablar
|
Izoh
|
1.
|
Ilmiy asoslangan bo`lishi lozim.
|
Boshqaruv qarorlari muayyan ishlab chiqarish holatini tahlil qilishdan kelib chiqishi, iqtisodiy, texnikaviy va ijtimoiy qonun-larning amal qilishini hisobga olishi, hozirgi zamon fan-texnika yutuqlari negizida qabul qilinishi qisqa va aniq bo`lishi lozim.
|
2.
|
Bir-biri bilan aloqador va yakdil bo`lishi kerak.
|
Muayyan vazifani hal etishda ko`pincha asosiy masalalardan kelib chiqadigan qo`shimcha vazifalarni hal etishga to`g’ri keladi. Bu vazifalar qaror qabul qilinayotgan bosh vazifaga bo`ysundirilishi lozim. Barcha qaror, ko`rsatma, qoidalar bir-biri bilan bog’lanadi. Shuningdek, ular oldindan qabul qilingan,amaldagi qarorlar bilan muvofiqlashtiriladi.
|
3.
|
Huquq va javobgarlik doirasida bo`lishi lozim.
|
Rahbar qarorni o`ziga berilgan huquq doirasidagina qabul qilishi mumkin. Bu yerda gap boshqarishning barcha bo`g’inlarida huquq va javobgarlik ko`lami nisbati to`g’risida borayapti. Huquq katta, mas`uliyati esa kam bo`lsa, ma`muriy o`zboshimchalikka, o`ylamasdan qaror qabul qilishga yo`l ochiladi va bu hech qanday naf keltirmaydi.
|
4.
|
Aniq va to`g’ri yo`nalishga ega bo`lishi kerak.
|
Har qanday qaror aniq va bajaruvchiga tushunarli bo`lishi lozim. Qarordan bir necha ma`no kelib chiqishiga, uni turlicha talqin qilish yoki tushunishga yo`l qo`ymaslik kerak.
|
5.
|
Vaqt bo`yicha qisqa bo`lishi kerak.
|
Axborotlar bilan ishlash vaqtini tejash maqsadida qisqa muddatli qarorlar qabul qilinishi lozim.
|
6.
|
Vaqt bo`yicha aniq bo`lishi lozim.
|
Har qanday qarorning bajarilish muddati aniq ko`rsatilishi kerak. Aks holda uning bajarilishini ob’yektiv nazorat qilish imkoniyati bo`lmaydi.
|
7.
|
Tezkor bo`lishi kerak.
|
Har qanday qaror o`z vaqtida, ya`ni ishlab chiqarishdagi vaziyat talab qilgan vaqtning o`zida qabul qilinishi zarur. Kechikib yoki shoshqaloqlik bilan qabul qilingan qarorlar zararlidir.
|
8.
|
Samarali bo`lishi lozim.
|
Qabul qilingan qarorning samaraliligi deganda qo`yilgan maqsadga eng kam xarajat bilan erishish tushuniladi.
|