O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch so`z va iboralar, asosiy matn
Download 1.79 Mb.
|
Ma\'ruza Menejmenga kirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tashabbusli qarorlar
- An`anaviy qarorlar
- Noaniq qarorlar
- Vaqtinchalik
Stereotip qarorlar odatda qat`iy yo`riqnomalar, me`yoriy hujjatlar doirasida qabul qilinadi. Bunday qarorlar ba`zan kundalik masalalar bo`yicha qabul qilinadi, lekin o`zgarishlar asosan muddatlarga, ayrim sifat parametrlariga, ijrochilarga taalluqli bo`ladi. Rahbar stereotip qarorlarni tayyorgarliksiz qabul qiladi. Xodimlarni ishga olish va ishdan bo`shatish, korxonaning faoliyatini risoladagidek boshqarish yuzasidan chiqarilgan buyruqlarni shunday qarorlar jumlasiga kiritish mumkin.
Tashabbusli qarorlaro`z tavsifiga ko`ra novatorlik, mazmuniga ko`ra esa istiqbolni nazarda tutadigan qarorlardir. Bunday qarorlar vaziyatni sinchkovlik bilan batafsil o`rganishni, maxsus kuzatuv materiallariga asoslanishni, maxsus hisob-kitoblarning amalga oshirilishini talab qiladi. Bunday qarorlar erkin harakatga asoslanib qabul qilinadi. An`anaviy qarorlar – bu odatiy vaziyatlarda qabul qilinadigan qarorlardir. Ularning amal qilish doirasi oldindan ma`lumdir. Bunga, korxona yoki firmaning ishlab chiqarish dasturini qabul qilishga oid qilingan qarorlar misol bo`la oladi. Tavsiyali qarorlar o`z mohiyatiga ko`ra tashabbusli qarorlarga yaqin bo`lib, korxona faoliyatini yaxshilash borasidagi tavsiyalar aksini topadi. Aniq qarorlar to`la-to`kis axborot mavjud bo`lgan holdagina qabul qilinadi. SHu sababli, bunday qarorlarning amalga oshish ehtimolligi birga yaqin bo`ladi. Noaniq qarorlar – bu tavakkalchilik bilan to`liq bo`lmagan axborotga asoslanib qabul qilinadigan qarorlardir. Boshqacha qilib aytganda, bunday qarorlar kutiladigan natijaga baho berish imkoniyati bo`lmagan hollarda tavakkal qilib qabul qilinadigan qarorlardir. Masalan, mudofaa vazirligining eng yangi, murakkab qurolni yaratish to`g’risidagi loyihani tasdiqlash bo`yicha qabul qilingan qarori, odatda noaniq qaror shaklida bo`ladi. Chunki ishlab chiqarilgan qurolning qanchalik samarali yoki samarasizligi, uning qanchalik puxta yaratilganligi, nechog’lik mo`ljalni oqlaganligi bilan isbotlanadi. ehtimol tavakkal qilib ishlab chiqarilgan yangi qurolga ehtiyoj umuman bo`lmasligi mumkin. Amal qilish xarakteriga ko`ra qarorlar quyidagi turlarga bo`linadi: Vaqtinchalik qarorlar; Tezkor qarorlar; Muntazam qarorlar; Vaqti-vqti bilan qabul qilinadigan qarorlar. Vaqtinchalik qarorning amal qilishi ma`lum muddat bilan cheklanadi yoki doimiy qaror qabul qilinguncha amal qiladi. Masalan, biror-bir bayram munosabati bilan korxonada navbatchilarning tayinlanishi bo`yicha chiqarilgan buyruq shunday qarorlar jumlasiga kiradi. Tezkor qaror kechiktirmay ijro etish uchun chiqariladi. Masalan, tabiiy ofat sodir bo`lgan hollarda uni bartaraf etish bo`yicha qabul qilingan qarorlar ana shunday qarorlar turkumiga kiradi. Download 1.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling