O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch so`z va iboralar, asosiy matn


Download 1.79 Mb.
bet9/136
Sana16.06.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1512586
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   136
Bog'liq
Ma\'ruza Menejmenga kirish

Genri Ford (1863-1947 y.)Genri Ford va uning boshqa izdoshlari ishlab chiqarishni uzluksiz – konveyer usulida tashkil etish orqali boshqarishni markazlashtirishga, mehnatni ilmiy tashkil etishga, unumdorlikni keskin oshirishga erishdilar.


3. Boshqaruvdagi Insoniy munosabatlar maktabi (1950 yildan hozirgacha). Bu maktab namoyandalariElton Meyo, R.Laykert va boshqalar.

  • Mehnat unumdorligini oshirish maqsadida o`zaro munosabatlardan qoniqish hosil qiluvchi usullarni qo`llash;

  • Kompaniyaning siyosati va istiqbolini xodimlarning xulq-atvoriga asoslangan holda tashkil etish.

Menejment kamchiliklariga ilmiy ta`sir etish inson munosabatlari ta`limi paydo bo`lishdan boshlandi. Uning dunyoga kelishi va gullab yashnashi 30-50 yillariga to`g’ri keladi.
Inson munosabatlari ta`limining asoschisi amerikalik jamiyatshunos va ruhiyatshunos olim Elton Meyo (1880-1949 y.) hisoblanadi.
Bu maktab nuqtai-nazaridan:

  • Ishchi – bu fikrsiz robot emas, balki obro`- e`tiborga, o`z-o`zini hurmat qilishga, o`z qadr-qimatini his etishga;

  • Boshqa kishilar tomonidan ma`qullanishga, shaxsiy maqsadlar va manfaatlarga erishishga intilishda muayyan ijtimoiy ehtiyojlarga ega bo`lgan individdir.

Ayni individlar kompaniya va firmalarning manbai ekanligidan kelib chiqib, insoniy munosabatlar maktabi boshqaruvning:

  • tashabbuskorlikdan;

  • ishchilar bilan hamkorlikdan;

  • kompaniyada “birdamlik ruhi” va “mushtaraklik tuyg’usi”ni shakllantirishdan foydalanish hamda ularni rag’batlantirishga asoslangan usullarni ishlab chiqdi.

Elton Meyo fikrining asl ma`nosi shundaki, ishchi uchun uning ishlab chiqarishdagi ijtimoiy va psixologik holati ishlab chiqarish jarayoniga nisbatan muhimroq. Bundan E.Meyo shunday xulosa chiqaradiki – ishlab chiqarish va boshqaruvda hamma muammolar ichki munosabatlar nuqtai-nazaridan qarab chiqilishi kerak. E.Meyo hozirgi zamon menejmenti haqidagi bilimlarni, uning ijobiy va salbiy tomonlarini yaxshi bilar edi. U o`zining boshqaruv haqidagi ilmiy fikrida asosiy diqqat-e`tiborni o`sha davrda kam o`rganilgan ijtimoiy-psixologiya masalalariga qaratdi.
Samarali ishning sababi – bu jamiyatdagi muhit bo`lib qolishi, o`zaro ichki munosabatlar ekanligi ayon bo`ldi.
Bir qator olim va amaliyotchilar quyidagi uch fan sohalarida: ijtimoiy, psixologiya va menejment inson munosabatlari nuqtai-nazari bo`yicha izlanishga, uni tashkilotda keng ishlatilish imkoniyatlarini o`rganishga kirishdilar. Ular ichida F. Rotlisberger, sotsiolog R.Laykert, Ch.Bella va boshqa olimlarning nomini keltirish mumkin. Bu ta`lim doirasida «Iqtisodiy odam» degan tushuncha paydo bo`la boshladi. «Iqtisodiy odam» o`zining mehnati aniqrogi mehnatini sotgani uchun iloji boricha katta boylik oladi. «Ijtimoiy» odam o`z ruhiy qoniqish (rag’batlanish) olishga harakat qiladi.
Ta`lim vakillarining fikricha eng asosiysi insonning ijtimoiy mohiyatidir. E.Meyo va nazariyotchilarning fikri bo`yicha industriyalashtirish asri an`anaviy, avvalgi ijtimoiy shakllanishlarga xos guruhlar aloqasini barbod etadi.
Inson munosabatlari ta`limi asoschilaridan biri F. Rotlisberger noshakllanish
tarkibiga me`yorlar to`plami, norasmiy qoidalar, inkor bo`lish, ular orasidagi ichki aloqalar to`plamini kiritgan. Bular normal tarkibda amalga oshadi, uni nazorat qilmaydi va cheklamaydi.
Boshqa ikkita olim U.French va Ch.Bella tashkilotni aysberg bilan taqqoslaydi, uning suv ostidagi qismi noshakllanish tarkibi elementlaridan, yuqori qismi esa shakllanish tarkibi elementlaridan iboratdir. Shu bilan birga ular ishlab chiqarish jarayonida «ijtimoiy inson»ni, boshqaruvda ijtimoiy-psixologik usullar ustunligiga diqqatni qaratdilar.
Amerikalik sotsiolog R.Laykert korxonadagi haqiqiy menejmentning tashkiliy tarkibini ishlab chiqdi. Bu quyidagilardir:

    1. Boshqaruv usuli, unda rahbar qo`l ostidagilariga suyanishini namoyish etadi.

    2. Rahbarni qo`l ostidagilarni guruhlar shaklidagi faoliyatini rag’batlantirish va ularni faol ishga jalb qilishga harakat qilishi.

    3. Aloqa yo`llari, unda axborotlar oqimi hamma tomonga yo`naltirilgan va ma`lumotlar barcha a`zolar ishtiroki orasida takomillashadi.

    4. Hamma saviyada va barcha a`zolar ishtirokida qabul qilingan qarorlar tavsifi.

    5. Guruhli mulohaza yo`li bilan aniqlangan tashkilot maqsadi, bu esa maqsadlarga qarshi maxfiy harakatlarni bartaraf etadi.

    6. Bir markazda to`planib qolmasdan, ko`p uchastkalar orasida taqsimlangan nazorat vazifasi.

«Inson munosabatlari» nuqtai-nazarining taraqqiyoti asrimizning 30-50 yillariga to`g’ri keladi. Uni baholab aytish mumkinki, bu nuqtai nazar kapitalistik menejment taraqqiyotida o`ta muhim rol o`ynaydi. Ikki ta`limot–ilmiy menejment va inson munosabatlari asosan – boshqaruv ilmini vujudga keltirdi. Agar klassik ta`lim umumiy boshqaruv asoslarini ishlab chiqqan bo`lsa, unda inson munosabatlari ta`limotining ulushi boshqaruvning ikkinchi muhim tomoni – ijtimoiy-psixologik tomonini yaratdi. Inson munosabatlari ta`limining zamondoshlari bu ilmiy fikrning bir qator erishgan aniq muvaffaqiyatlarini yuqori baholadilar. Masalan, menejmentning ishchiga diqqat-e`tibori, ularning talablariga, ishchi va xizmatchilarni muhim ishlab chiqarish masalalarini yyechishda jalb qilish va boshqalar.

Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling