O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch so`z va iboralar, asosiy matn
Download 1.79 Mb.
|
Ma\'ruza Menejmenga kirish
Uningilgarisurganquyidagiboshqaruvg’oyalaribugungikundahamo`zahamiyatiniyo`qotmagan. Anri Fayol boshqarishni: kelajakni ko`ruvchi; faoliyatni tashkillashtiruvchi; tashkilotni idora qiluvchi; faoliyat turlarini muvofiqlashtiruvchi; qaror va buyruqlar bajarilishini nazorat qiluvchi qurol deb ataydi. Bu fikrlar hozirgi kunda ham boshqarish fani asosida yotadi. Ilmiy menejment evolyutsiyasi uning paydo bo`lgan davridan boshlab to XX asr o`rtalarigacha, tabiiyki biz ko`rib chiqqan F.Teylor, Emerson yoki Fayollarning fikr-mulohazalari bilan cheklanmaydi. “Ilmiy menejment” va “mumtoz menejment” namoyandalari mehnatni ilmiy tashkil qilish usullarini ishlab chiqishdi va mehnatni texnokratik boshqarilishiga asos solishdi. Bu usulga ko’ra: rahbarning xodimga bo’ladigan munosabatlari alohidalashtirildi; mehnatni rag’batlantirish qat’iy me’yorlashtirildi; mehnatni rejalashtirish va nazorat qilish qat’iylashtirildi; mehnatni “jismonan majburlash” joriy qilindi; yollanma ishchidan “fikrsiz robot” sifatida foydalanish usuli qat’iy o’rnatildi. Mehnatni texnokratik boshqarish usuli yollanma ishchilarning mehnat unumdorligini oshirishda g’oyatda samarador va maqbul usul sifatida ko’p yillar davomida xizmat qildi. Ayniqsa, bu usul Genri Ford zavodlarida yuqori rivojlanishga erishdi. Download 1.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling