SIYOSIY PARTIYA – o’z a’zolari va tarafdorlarining siyosiy irodasini ifoda etadigan, shu davlat siyosiy yo’nalishini belgilashda, davlat hokimiyat organlarini shakllantirishda, shuningdek, hokimiyatni o’zining vakillik hokimiyat organlariga saylangan vakillari orqali amalga oshirishda ishtirok etishni o’ziga vazifa qilib olgan barqaror tuzilmaga va doimiy faoliyat xarakteriga ega bo’lgan mustaqil ijtimoiy birlashma. Partiyaning aniq yuridik ta’rifi muayyan davlatlar qonunchiligida beriladi va ular mahalliy siyosiy va
TADBIRKORLIK FAOLIYATI (TADBIRKORLIK) - tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan, tavakkal qilib va o’z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskor faoliyat.
FERMER XO’JALIGI - ijaraga berilgan er uchastkalaridan foydalangan holda qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqarishi bilan shug’ullanuvchi, mustaqil xo’jalik yurituvchi sub’ektdir.
FUQAROLAR YIG’INI – shaharchalar, qishloqlar va ovullar, shuningdek shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullardagi mahallalar fuqarolarining yig’inlari fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlaridir.
Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari mahalliy davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydi va qonun bilan berilgan o’z vakolatlarini tegishli hududda amalga oshiradi.
FUQAROLIK JAMIYATI – har bir inson manfaatini ustuvor biluvchi, huquqiy an’ana va qonunlarga hurmat muhiti shakllantirilgan, umuminsoniy qadriyatlar e’zozlanadigan, inson huquqlari va erkinliklari so’zsiz ta’minlanadigan, davlat hokimiyatining samarali jamoatchilik nazorati mexanizmlari vujudga keltirilgan, insoniy munosabatlar chuqur ma’naviy-madaniy qadriyatlarga tayanadigan erkin, demokratik huquqiy jamiyat.
XUSUSIY KORXONA - mulkdor yagona jismoniy shaxs tomonidan tuzilgan va boshqariladigan tijoratchi tashkiloti. Xususiy korxona tadbirkorlik sub’ektlarining tashkiliy-huquqiy shaklidir.
XUSUSIYLASHTIRISH – “jismoniy shaxslarning” va davlatga taalluqli bo’lmagan yuridik shaxslarning ommaviy mulki ob’ektlarini yoki davlat aktsiyali jamiyatlarining aktsiyalarini davlatdan sotib olishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |