Mavzu; O‘zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanishi, amalga oshirilgan siyosiy islohotlar


Download 171.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana05.01.2022
Hajmi171.09 Kb.
#221359
  1   2
Bog'liq
2 5247081727850973488



5-Mavzu;  O‘zbekistonda  demokratik,  fuqarolik  jamiyati  asoslarining 

shakllanishi, amalga oshirilgan siyosiy islohotlar 

                                                  Reja: 

1. 


O‘zbekistonda huquqiy demokratik davlat qurilishi  

2. 


Mustaqillik  yillarida  huquqiy  demokratik  fuqarolik  jamiyati  qurishning 

asosiy xususiyatlari  

3. 

O‘zbekistonda inson huquqlari va erkinliklari kafolatining yaratilishi 



4. 

O‘zbekistonda  fuqarolik  jamiyati  rivojlanishining  asosiy  bosqichlari  va 

istiqbollari 

 

Tayanch so‘z va iboralar: fuqarolik jamiyati tushunchasi, modernizatsiya, 

demokratik  davlat,  xususiy  mulk,  oila,  davlat  tuzumi,  huquq,  madaniyat,  ta’lim, 

qonunlar.  

           O‘zbekiston  yangi  jamiyat  qurishda  adolat  va  haqiqat  g‘oyasiga 

asoslanmoqda.  Respublikamizda  odamlar  o‘z  qobiliyati  va  ehtiyojlarini  to‘la 

namoyon  qilish  va  amalga  oshirishlari  uchun  zarur  bo‘lgan  dastlabki  teng 

imkoniyatlarni, shu jarayonni vujudga keltiradigan huquqiy mexanizmni yaratishga 

katta etibor berildi. Negaki, busiz adolatli jamiyat qurib bo‘lmaydi.  

        O‘zbekiston  yangi  jamiyat  qurishda  adolat  va  haqiqat  g‘oyasiga 

asoslanmoqda.  Respublikamizda  odamlar  o‘z  qobiliyati  va  ehtiyojlarini  to‘la 

namoyon  qilish  va  amalga  oshirishlari  uchun  zarur  bo‘lgan  dastlabki  teng 

imkoniyatlarni, shu jarayonni vujudga keltiradigan huquqiy mexanizmni yaratishga 

katta etibor berildi. Negaki, busiz adolatli jamiyat qurib bo‘lmaydi. Ana shunday 

imkoniyatlar  yaratilgandan  keyingina,  har  bir  insonning  taqdiri,  turmushi, 

jamiyatdagi  o‘rni  uning  o‘ziga,  salohiyatiga  mehnat  qilish  istagi,  oqil-u 

uddaburonligiga bog‘liq bo‘ladi. 

        1993-  yil  2-  sentabrda  „Fuqarolarning  o‘zini  o‘zi  boshqarish  organlari 

to‘g‘risida“  O‘zbekiston  Respublikasining  Qonuni  qabul  qilindi.  Unga  binoan, 

qishloq, posyolka (shaharcha)larda davlat hokimiyati vakillik organlari — qishloq, 

posyolka  sovetlari  tuzilmaydigan  bo‘ldi,  ularning  o‘rniga  o‘zini  o‘zi  boshqarish 

organlari  —  mahalla  qo‘mitalari  tuzildi.  Shunday  qilib,  fuqarolarning  o‘zini  o‘zi 

boshqarish organlari mahalliy hokimiyat tizimidan ajratildi. Biroq ular bir-biridan 

mutlaqo ajratilgan holda faoliyat ko‘rsatmaydi, ularning bog‘liq tomonlari mavjud. 

Ular  o‘rtasidagi  munosabatlarning  huquqiy  asoslari  „Mahalliy  davlat  hokimiyati 

to‘g‘risida“ gi qonunda belgilab qo‘yilgan. Har ikkalasi ham mahalliy ahamiyatga 

molik  masalalarni  hal  qiladi.  Xalq  deputatlari  viloyat,  tuman,  shahar  kengashlari 

fuqarolarning  o‘zini  o‘zi  boshqarishni  rivojlantirishga  ko‘maklashadi,  o‘zini  o‘zi 

boshqarish organlari faoliyatini yo‘naltirib turadi. 

         Bugungi  kunda  fuqarolik  jamiyatining  barcha  muhim  jihatlarini  qamrab 

oluvchi, uning ham institutsional, ham funksional yo‘nalishlarini ifodalovchi ilmiy 



modelni  yaratish  vazifasi  turibdi.  Mohiyat  jihatidan  «fuqarolik  jamiyati»  iborasi 

ilmiy  adabiyotlarda  o‘ziga  xos  alohida  mazmun-mano  kasb  etib,  jamiyatning 

ijtimoiy-siyosiy,  iqtisodiy,  huquqiy  va  manaviy  jihatdan  yuqori  darajada  kamol 

topganligini, mukammallikka erishganligini anglatadi.  

Fuqarolik  jamiyatida  erkinlik,  qonun  oldida  barchaning  tengligi,  ijtimoiy 

adolatning  taminlanishi,  hamma  fuqarolarning  ijodiy  salohiyati  va  istedodining 

bevosita ro‘yobga chiqarilishiga imkoniyat yaratiladi. Fuqarolik jamiyati huquq va 

adolat  mezonlari  bilan  o‘lchanadi.  Jamiyatning  «fuqarolik»  sifati  bilan 

tavsiflanishida  boy  mazmun  va  teran  mano  bor.  «Fuqarolik»  (erkin  inson)  degan 

sifat  belgisida  yuqori  taraqqiy  topgan,  komillikning  cho‘qqisiga  erishgan 

jamiyatning  mohiyati  aks  etadi.  Muayyan  davlatga  mansub  bo‘lgan  fuqarolar 

yashaydigan  mamlakat  hali  fuqarolik  jamiyati,  erkin  va  komil  insonlar  jamoasi 

mavjudligini  anglatmaydi.  Xuddi  shuningdek,  malum  huquqiy  tizim  mavjud 

bo‘lgan,  huquqiy  hujjatlar  majmui  amal  qilayotgan  har  qanday  davlat  «huquqiy 

davlat» deb etirof etilavermaydi . 

        Insoniyatning keyingi asrlardagi taraqqiyoti zamirida to‘plangan ilmiy nazariy 

talqinlar  asosida  fuqarolik  jamiyati  deganda,  birinchi  navbatda,  davlatdan  xoli 

bo‘lgan  mulkiy,  bozor  tartiblari,  oilaviy,  axloqiy-manaviy  munosabatlar  sohasi 

tushuniladigan  bo‘ldi.  Shu  manoda,  marifiy,  xususiy,  g‘ayrirasmiy,  nosiyosiy 

hayot  sohasi  majmui  tarzida  talqin  etiladigan  fuqarolik  jamiyati  tovar  ishlab 

chiqaruvchilar  va  istemolchilarning  davlat  nazorat  qilmaydigan  manfaatlarini 

amalga  oshirish  olami  sifatida  tariflanadi.  Masalan,  Gegelning  tabiriga  ko‘ra, 

fuqarolik jamiyati–bu eng avvalo, xususiy mulkka asoslangan manfaat (ehtiyoj) lar 

tizimi,  shuningdek  din,  oila,  tabaqalar,  davlat  tuzumi,  huquq,  axloq,  burch, 

madaniyat,  ta’lim,  qonunlar  va  subekt  (inson)  larning  ulardan  kelib  chiquvchi 

o‘zaro  uzviy  yuridik  aloqalari  majmuidir.  Insonlar  tabiiy,  «nomadaniy»  holatdan 

«fuqarolik  jamiyatiga  o‘tishlari  lozim,  zero  aynan  shu  jamiyatda  huquqiy 

munosabatlar  asl  voqelikka  aylanadi»  .  Gegel  bu  jamiyatni  burjuacha  ishlab 

chiqarish  munosabatlari  majmui  sifatida  tushungan,  shu  bilan  birga,  uning  ikki 

asosiy prinsipini alohida ajratib ko‘rsatgan: 

Fuqarolik  jamiyatining  davlatdan  mustaqilligi,  avtonomligi  uning  o‘zini  o‘zi 

boshqarish  qobiliyatiga  egaligi  bilan  izohlanadi.  Bu  jamiyatda  o‘zini  o‘zi 

boshqarish  jabhasi  bilan  davlat  boshqaruvi  jabhasi  mavjud  bo‘lib,  ular  biri-biriga 

zid emas, aksincha, bir-birini to‘ldiruvchi tizimlar hisoblanadi. Ijtimoiy o‘zini o‘zi 

boshqarish  ustun  mavqega  ega  bo‘lib,  jamiyatning  o‘zi  davlat  boshqaruvini  joriy 

etadi,  davlat  apparatini  shakllantiradi  va,  nihoyat,  ijtimoiy  hayotga  davlat 

aralashuvining ko‘lami va chegarasini belgilaydi (V. A. Chetvernin) . 

Fuqarolik jamiyatidagi o‘zini o‘zi boshqarishning asosiy mexanizm (murvat) lari:–

erkin  bozor  (iqtisodiy  mexanizm);  siyosiy  erkinlik  va  demokratiya  (siyosiy 



mexanizm);  manaviy-axloqiy  soha  (manaviy-ruhiy  mexanizm;  jamiyatdagi 

nizolarni odil sudlov vositasida hal etish (sud-huquqiy mexanizm)dan iborat bo‘lib, 

ularda jamiyat azolarining rasman tengligi prinsipi namoyon bo‘ladi. 

Yuqoridagi  tahlillar  asosida  «fuqarolik  jamiyati»  tushunchasini  yana-da 

aniqlashtirishga  urinib  ko‘rish  mumkin.  Yani:  fuqarolik  jamiyati  –  insonlarning 

shunday birligidirki, u jamiyat hayotining iqtisodiy, siyo¬siy, ijtimoiy va manaviy 

sohalarida asosiy (birlamchi) nodavlat tuzilmalarni ixtiyoriy vujudga keltiradigan, 

shuningdek  nodavlat  munosabatlarning  majmui  va  erkin  insonlar,  tashkilotlar  va 

fuqarolar  uyushmalari  faoliyat  yuritib,  namoyon  bo‘ladigan  sohadir.  Maxsus 

adabiyotlardan  birida  quyidagi  tarifni  ham  uchratish  mumkin:  «Fuqarolik 

ja¬miyati– o‘z faoliyatida davlatdan, uning idora va muassasalaridan xoli bo‘lgan 

xususiy  shaxslar,  guruhlar  va  institutlarning  tizimi...  Fuqarolik  jamiyatini 

mam¬lakatdagi  davlat-hokimiyat  tuzilmalari  doirasiga  kirmaydigan  nosiyosiy 

ijtimoiy munosabatlar yig‘indisi sifatida tariflash mumkin»  

Fuqarolik jamiyatining qaror topishi va zohir bo‘lishining quyidagi umumiy g‘oya 

va  prinsiplarini  takidlash  joiz:  1)  iqtisodiy  erkinlik,  turli  mulk  shakllari  va  bozor 

munosabatlarining mavjudligi; 2) inson va fuqarolarning tabiiy huquqlarini so‘zsiz 

tan olish va muhofaza etish; 3) davlat hokimiyatining legitimligi va demokratikligi, 

yani  huquqiy  davlatning  mavjudligi;  4)  barchaning  qonun  va  odil  sudlov  oldida 

tengligi, shaxsning yuridik jihatdan muhofazalanganligi; 5) siyosiy va mafkuraviy 

plyuralizm, legal muxolifatning mavjudligi; 6) so‘z va matbuot erkinligi, ommaviy 

axborot  vositalarining  mustaqilligi;  7)  davlatning  fuqarolar  xususiy  hayotiga 

aralashmasligi, davlat bilan fuqarolarning o‘zaro burch va masuliyat (javobgarlik) 

orqali bog‘liqligi; 8) ijtimoiy hamkorlik va milliy totuvlikning taminlanganligi; 9) 

insonlarning  munosib  hayot  kechirishini  taminlovchi  samarali  ijtimoiy  siyosat 

amalga oshirilishi . 

         Huquqiy  davlat  qurish  doktrinasida  davlat  hokimiyati  tizimi  qonun 

chiqaruvchi,  ijro  va  sud  hokimiyatiga  bo‘linishi  muhim  o‘rin  tutadi.  Ushbu 

qarashning genezisi, zamonaviy muammolari haqida juda ko‘p falsafiy, siyosiy va 

huquqiy adabiyotlar chop etilgan. 

       Fuqarolik  jamiyati  qurish  jarayonida  demokratik  huquqiy  davlat  ijtimoiy 

tashkilotlar  darajasiga  tushib  qolishi  mumkin  emas,  ammo  uning  boshqaruv 

funk¬siyalarida,  vakolatlarini  mahalliy  va  fuqarolarning  o‘zini  o‘zi  boshqarish 

organlariga o‘tkazishida muayyan o‘zgarishlar bo‘lishi tabiiydir. Demak, fuqarolik 

jamiyati  institutlari  faqat  nodavlat,  jamoat  tashkilotlari,  birlashmalaridan  iborat, 

ular  davlatdan  chekkada,  hatto  unga  qarshi  turadi  deb  qarash  noto‘g‘ridir. 

Huquqning  umumiy  ijtimoiy  meyorga  aylanishini,  qonun  ustuvorligini 

tamin¬lashni davlat ishtirokisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. 




      O‘zbekistonda 

huquqiy 


davlat 

qurish 


doktrinasi 

mamlakatimiz 

Konstitutsiyasidagi  inson,  uning  hayoti,  erkinligi,  shani,  qadr-qimmati  va  boshqa 

daxlsiz  huquqlari  oliy  qadriyatdir  (13-modda),  davlat  inson  va  jamiyat 

farovonligini  taminlash,  ijtimoiy  adolat  va  qonuniylikni  qaror  toptirishga  (14-

modda)  xizmat  qiladi  degan  fundamental  tamoyillarga  tayanadi.  Ular  qatoriga 

insonning  ijtimoiy-iqtisodiy  munosabatlarda  erkin  qatnashishi,  mulkka  egalik 

huquqi (36-modda) ham kiradi. 

         Shaxs  bilan  davlat  o‘rtasidagi  bog‘liqlik,  munosabatlar  fuqarolarning 

umumiy  yoki  konstitutsiyaviy  holati;  maxsus  yoki  mavqei  bilan  bog‘liq  holati; 

lavozimi bilan bog‘liq holati; tasodifiy vaziyatlarda ishlovchi shaxslar holati kabi 

huquqiy holatlari orqali qaror topadi. Ayrim tadqiqotchilar ular qatoriga shaxsning 

davlatga mansubligi, yani shu davlatning fuqarosi bo‘lishi yoki bo‘lmasligini ham 

kiritadi.  Albatta,  shaxsning  qaysi  davlat  fuqarosi  ekani  huquqiy  holat  uchun 

muhimdir.  Ammo  milliy  huquqni  shakllantirishda  xalqaro  meyorlarga  tayanish 

huquqiy taraqqiyotning yetakchi ananasi bo‘layotgan ekan, u yuqoridagi huquqiy 

holatlarga tasir etmay qolmaydi. U, avvalo, shaxs huquqiy holatining kengayishida 

aks etadi. Bunga huquqiy davlatning yo‘l yomonligi sababli haydovchilar oldidagi 

yoki sanitariya-epidemiologiya xizmatining talab darajasida emasligi sababli zarar 

ko‘rgan  fuqarolar  oldidagi  javobgarligi  haqida  qonunlar  qabul  qilinishi  misol 

bo‘lishi mumkin. Hatto ilmiy adabiyotlarda davlatning fuqaro oldida javobgarligi 

haqida  maxsus  qonun  qabul  qilish  zarurligi  takidlanmoqda.  Demak,  shaxsning 

huquqiy  holati,  erkinliklari,  davlat  bilan  munosabatlari  huquqiy  davlatda 

kengayadi.  Bu  esa,  o‘z  navbatida,  davlatning  shaxs  erkinliklarini  taminlashdagi 

o‘rni va ahamiyati oshishidan dalolat beradi. 

        Shaxs huquqiy holatining, erkinliklarining kengayishi davlat funksiyalarining 

qisqarishi  hisobiga  sodir  bo‘lmaydi.  Fuqarolik  jamiyatini  rivojlantirish  aslo 

davlatni  zaiflashtirish  yoki  uni  o‘z  funksiyalarini  bajarishdan  chetlashtirish 

hisobiga  amalga  oshirilmasligi  kerak.  Aksincha,  davlat  hokimiyat  organlarini 

qonuniylik  va  huquqiy  tartibni  jamoatchilik  obro‘siga  tayangan  holda  har 

tomonlama mustahkamlashi zarur. 

       Huquqiy davlat fuqarolik jamiyati shaklidir va davlat huquqiy bo‘lnshi uchun 

kuchli, hayot kechirib keta oladigan, erksevar, har qanday antidemokratik avtoritar 

tajivuzlarga qarshilik ko‘rsata oladigan jamiyat bo‘lish« kerak. Buning o‘chun esa 

avvalo Davlat hokimiyatini demokratiya, o‘znni o‘zi boshqarish va xalqning to‘la 

Hokimligi  prinsiplari  asosida  qayta  tashkil  etish  zarur.  Huquqiy  davlatga  borish 

yo‘lida,  avvalo  jamiyatga  mamuriy  buyruqbozlik  bilan  rahbarlik  qilishni, 

byurokratizmni,  saylab  qo‘yiladigan  organlar  ustidan  ijro  etuvchi  organlar 

hukmronligini,  shaxsning,  jamoalarning  siyoeiy  jihatdan  o‘z-o‘zini  ifodalash 

shakllarining  rivojlanmaganligani  yengib  o‘tish,  odamlarning  davlatga  bo‘lgan 




munosabatlarini (unga doimo zo‘ravonlik, majburlash apparati deb qarab kelingan 

edi) qayta ko‘rib chiqish zarur.  

       Jamiyatning huquqiy ongi va huquqiy madaniyati huquqiy davlatning muhim 

omili.va  shartidir.  Ammo  tuban  siyosiy-huquqiy  savodlilik  va  chalasavodlilik, 

hatto  savodsizliq,  rasmiy  nuqtai  nazarga  qarab  ish  ko‘rish,  rasmiy  so‘z  bilan 

haqiqiy ahvol o‘rtasidagi farqqa odatlanish xos bo‘lgan, mamuriy-buyruqbozlikka 

asoslangan  davlat  huquqiy  ongi  va  huquqiy  madaniyatidan  farq  qilib,  huquqiy 

davlat madaniyati va Huquqiy ongi uchun: yuqori siyosiy va huquqiy savodxonlik 

hamda  faollik  zo‘ravonlik  va  huquq  buzilishlariga  qarshi  tura  olish  qobiliyati  va 

bunga tayyorlik xos bo‘ladi.  

Fuqarolik  jamiyati  -  bu  shunday  jamiyatki,  unda  kishilar  o‘zaro  bog‘liqdirlar 

hamda  bir-birlari  va  davlat  bilan  mustaqil  ravishda  munosabatda  bo‘ladilar. 

Bunday  jamiyatda  ijtimoiy,  manaviy  va  madaniy  hayotni  taminlash,  uni 

rivojlantirib,  avloddan-avlodga  yetkazish  davlat  bilan  jamoat  birlashmalarining, 

shaxs  bilan  jamoaning  munosabatlarini  malum  darajada  mustaqil  ravishda  olib 

borish  orqali  amalga  oshiriladi.  Bunday  jamiyatda  shaxs  ijtimoiy  munosabatlarda 

o‘zining shaxsiy xususiyatlarini yo‘qotmasdan ishtirok etadi, har bir shaxs o‘zligini 

namoyon qilib, faoliyatining shakl va turlarini erkin tanlaydi.  

 

Mustaqil demokratik yo‘ldan dadil odimlayotgan O‘zbekistonning eng ulug‘ 



maqsadi,  avvalo,  xalqimiz  manfaatlari  ko‘zlangan  islohotlarni  amalga  oshirishga 

qaratilgani  bilan  etiborlidir.  Bu  jihatlar  Konstitutsiyamizda  ham  mustahkamlab 

qo‘yilgan.  Jumladan,  Bosh  Qomusimizning  II  bob  13  moddasida  “O‘zbekiston 

Respublikasida  demokratiya  umuminsoniy  printsiplarga  asoslanadi,  ularga  ko‘ra 

inson, uning hayoti, erkinligi, shani, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy 

qadriyat hisoblanadi. 

Bugungi  kunda  mamlakatimizda  qo‘lga  kiritilayotgan  yutuqlar,  olamshumul  va 

tarixiy  o‘zgarishlarni  tahlil  etar  ekanmiz,  mustaqillikning  ilk  kunlaridan  boshlab 

O‘zbekiston  o‘z  taraqqiyot  yo‘lini  naqadar  to‘g‘ri  tanlaganligiga  yana  bir  bora 

ishonch  hosil  qilamiz.  Islohotlar  izchil,  tizimli  va  bosqichma-bosqich  olib 

borilayotganligi,  har  bir  o‘zgarish  aniq  maqsadni  ko‘zlagan  holda,  mukammal 

ishlangan konsepsiya va dasturlar asosida amalga oshirilayotganligi o‘z samara va 

natijalarini bermoqda. Istiqlol yillarida mamlakatimizning sud-huquq tizimi tubdan 

yangilandi.  Mamlakatimizda  amalga  oshirilayotgan  islohotlarning  bosh  maqsadi 

demokratik  huquqiy  davlat  qurish  va  fuqarolik  jamiyatini  barpo  etishdan  iborat.   

Ushbu  asosiy  maqsaddan  kelib  chiqib,  sud-huquq  tizimidagi  islohotlar 

insonlarning  shaxsiy,  ijtimoiy,  iqtisodiy  va  siyosiy  huquq  hamda  erkinliklarini 

himoya 


qilinishini 

taminlashga 

va 

kafolatlashga 



xizmat 

qiladi. 


Bu 

Konstitutsiyamizning  44-moddasida  “Har  bir  shaxsga  o‘z  huquq  va  erkinliklarini 

sud  orqali  himoya  qilish,  davlat  organlari,  mansabdor  shaxslar,  jamoat 



birlashmalarining  g‘ayriqonuniy  xatti-harakatlari  ustidan  sudga  shikoyat  qilish 

huquqi kafolatlanishi” mustahkamlangan. 

        Respublikamizda 

sud-huquq 

islohotlarining 

konstitutsiyaviy 

asosi 

O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  11-moddasida  “O‘zbekiston 



Respublikasi  davlat  hokimiyatining  tizimi  hokimiyatning  qonun  chiqaruvchi,  ijro 

etuvchi  va  sud  hokimiyatiga  bo‘lininshi  prinsipiga  asoslanishi”  belgilangan. 

Shuningdek,                            Konstitutsiyaning  106-moddasida  sud  hokimiyati  qonun 

chiqaruvchi  va  ijro  hokimiyatilaridan,  siyosiy  partiyalardan,  boshqa  jamoat 

birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritishi, 107-moddasida odil sudlovni amalga 

oshiruvchi  O‘zbekiston  Respublikasining  sud  tizimi  belgilangan.  Bu 

konstitutsiyaviy  asoslar  insonlarning  sud  idoralariga  bo‘lgan  ishonchini  orttirib, 

o‘z  navbatida,  sudya  va  sud  xodimlarida  o‘zlariga  yuklatilgan  vazifalarni 

sidqidildan bajarish, ularga masuliyat bilan yondoshish hissini kuchaytiradi. Zero, 

davlat  va  jamiyatning  obro‘si  sud  organlari  va  sudyalarning  qonun  normalariga 

qanchalik  rioya  qilishiga,  ular  qabul  qilgan  qarorlarning  adolat  meyorlariga 

nechog‘lik mos kelishiga bevosita bog‘liqdir. 

Jahon tajribasini hisobga olgan holda ilk bor mamlakatimizda Konstitutsiyaviy sud 

tasis  etildi.  Bozor  iqtisodiyotining  rivojlanish  sharoitida  xo‘jalik  munosabatlarida 

qonunchilikni taminlashda muhim rol o‘ynayotgan xo‘jalik sudlari tizimi yaratildi. 

Sudlarning  ixtisoslashuvi,  yani  fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  va  jinoyat  ishlari 

bo‘yicha sudlarning tashkil etilishi bilan fuqarolarning huquq va erkinliklarini sud 

orqali  himoya  qilishning  huquqiy  doirasi  yanada  kengayganligi  bu  yo‘nalishdagi 

o‘zgarishlarning  asosiy  omillaridan  biri  bo‘ldi  desak,  aslo  mubolag‘a  bo‘lmaydi. 

Shuningdek,  2000  yilda  yangi  tahrirdagi  “Sudlar  to‘g‘risida”gi  O‘zbekiston 

Respublikasi Qonunining qabul qilinishi sud tizimini isloh qilishda muhim bosqich 

bo‘ldi.  Sud  ishlarini  apellyatsiya,  kassatsiya  va  nazorat  tartibida  ko‘rib  chiqish 

institutlari  joriy  etildi,  tergov-surishtiruv  va  kishilarni  hibsda  saqlash  muddatlari 

sezilarli  darajada  qisqartirildi  hamda  ishlarni  sudlarda  ko‘rib  chiqishning  qatiy 

muddatlari belgilandi. 

Mustaqillikni  qo‘lga  kiritgandan  so‘ng  sudlar  yildan-yilga  hokimiyatning 

to‘laqonli  mustaqil  tarmog‘i  sifatida  o‘z  o‘rniga  ega  bo‘lib  bormoqda.  Sudlar 

faoliyatiga noqonuniy  aralashuvlarni  bartaraf  etish hamda  ularning  faqat qonunga 

bo‘ysunishini  taminlash  maqsadida  mamlakatimizda  bir  qator  ishlar  amalga 

oshirilmoqda.  Sudlarning  jinoyat,  fuqarolik  va  xo‘jalik  ishlari  bo‘yicha 

ixtisoslashuvi  ayniqsa,  mamlakat  hayotida  yuzaga  kelayotgan  iqtisodiy  nizolarni 

chuqurroq o‘rganib, ularni maqbul muddatarda adolatli qarorlar qabul qilish yo‘li 

bilan  hal  etish  imkoniyatini  tug‘dirdi.Yangi  tahrirdagi  “Sudlar  to‘g‘risida”gi 

Qonun  sud-huquq  tizimini  isloh  qilishda  muhim  bosqich  bo‘lib,  jamiyatni 

harakatga  keltiruvchi  huquqiy  munosabatlarni  tartibga  solish,  har  qanday 



ko‘rinishdagi huquqbuzarliklarning oldini olish, jazoning muqarrarligini taminlash, 

fuqarolarning huquqiy ongi, tafakkuri va madaniyatini zamon talablariga muvofiq 

tarzda  shakllantirish,  huquqiy  himoya  qilish  ishlarini  rivojlangan  davlatlar 

darajasiga  yetkazish  uchun  qonuniy  asos  yaratdi.Ushbu  Qonunning  2-moddasida 

O‘zbekiston  Respublikasida  sud  O‘zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyasi  va 

boshqa qonunlarida, inson huquqlari to‘g‘risidagi halqaro hujjatlarda elon qilingan 

fuqarolarning  huquq va  erkinliklarini, korxonalar, muassasalar va  tashkilotlarning 

huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini sud yo‘li bilan himoya 

qilish  belgilangan.  Sudlarning  faoliyati  qonun  ustuvorligini,  ijtimoiy  adolatni, 

fuqarolar tinchligi va totuvligini taminlashga qaratilgandir. 

        Sud-huquq  tizimini  liberallashtirish,  uning  amalda  mustaqilligiga  erishish 

hamda  bu  sohada  qonun  ustuvorligini  taminlashda  o‘z  kasbini  vijdonan  qadrlay 

oladigan,  har  tomonlama  yetuk  professional  sudya  kadrlarsiz  tasavvur  etib 

bo‘lmaydi.  Shunga  asosan  sud  sohasida  kadrlarni  tanlash  va  tasdiqlashning  ham 

samarali  demokratik  huquqiy  mexanizmi  yaratildi.2016  yil  21  oktabrda  qabul 

qilingan  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  “Sud-huquq  tizimini  yanada 

isloh qilish, fuqarolar huquqlari va erkinliklarini ishonchli himoyalash kafolatlarini 

kuchaytirish  boyicha  chora-tadbirlar  to’g’risida”gi  PF-4850-sonli  farmoni  bilan 

sud-huquq  sohasidagi  davlat  siyosatining  sifat  jihatdan  yangi  darajaga  ko‘tarildi. 

Ushbu  farmonda  uchta  asosiy  ustuvorlik  ajratib  korsatiladi:  sud  hokimiyatining 

haqiqiy  mustaqilligi;  fuqarolar  huquqlari  va  erkinliklarini  ishonchli  himoyalash 

kafolatlarini kuchaytirish; va odil sudlovni amalga oshirish darajasini kuchaytirish. 

Sud hokimiyatining haqiqiy mustaqilligini taminlash, kasb obro-etiborini oshirish, 

yuqori  malakali  va  samarali  faoliyat  yuritadigan  sud  korpusini  tashkil  qilish 

maqsadida  birinchi  marta  sudyalarning  vakolat  muddatlari  qayta  korib  chiqildi. 

Xususan,  sudyalarni  dastlabki  besh  yillik  va  navbatdagi  on  yillik  muddatlarga 

tayinlash  (saylash),  kelgusida  esa  lavozimni  muddatsiz  davr  mobaynida  egallash 

nazarda tutiladigan tartib joriy qilindi. 

         Shu bilan birga, farmon orqali 2017  yil 1  apreldan jinoiy, jinoiy-prosessual, 

fuqarolik  prosessual  va  boshqa  qonun  hujjatlariga  inson  huquqlari  va  erkinliklari 

ustuvorligini taminlash, sudda ishlarning adolatli va oz vaqtida korib chiqilishi va 

jazoning  insonparvarligi  kafolatlarini  kuchaytirish  hisobga  olingan  holda  odil 

sudlovni  amalga  oshirish  samaradorligini  kuchaytirishga  qaratilgan  bir  qator 

ozgartirishlar  kiritildi.  Bundan  tashqari,  mamlakatda  amalga  oshirilayotgan 

islohotlar  qonuniyligini  va  samarali  realizasiya  qilinishini  taminlashda  davlat 

organlari yuridik xizmatlari  rolini  oshirish  maqsadida, ularning  faoliyatini  yanada 

takomillashtirish boyicha muayyan chora-tadbirlar nazarda tutilmoqda. 

Belgilangan  ustuvorliklarni  hayotga  tatbiq  qilish  va  amaliyotda  realizatsiya  qilish 

uchun  mazkur  farmon  bilan  sud-huquqiy  tizimini  rivojlantirishning  8  ta  eng 



ustuvor  sohasi  boyicha  45  ta  muayyan  chora-tadbirlar  realizatsiya  qilinishini 

nazarda  tutadigan  kompleks  chora-tadbirlar    tasdiqlandi.  Farmonni  realizatsiya 

qilish  doirasida  O’zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasiga,  Jinoiy,  Jinoiy-

protsessual,  Fuqarolik  protsessual,  Xojalik  protsessual  kodekslariga  va  bir  qator 

boshqa  qonun  hujjatlariga  ozgartirishlar  va  qoshimchalar  kiritiladi.  Fuqarolar 

huquqlari  va  erkinliklarini  himoyalash  tizimini  takomillashtirish  va  kuchaytirish 

maqsadida,  umumiy  etirof  qilingan  xalqaro  standartlar  asosida  maxsus  qonunlar, 

shu  jumladan  “Jabrlanuvchilar,  guvohlar  va  jinoiy  jarayonning  boshqa 

ishtirokchilarini  himoyalash  to’g’risida”,  “Mediatsiya  to’g’risida”,  “Mamuriy  sud 

ishlarini  korib  chiqish  to’g’risida”gi  va  boshqa  qonunlarni  qabul  qilish 

rejalashtirilmoqda.O‘zbekistonda qisqa tarixiy muddat ichida milliy davlatchilikni 

shakllantirishning  huquqiy  asoslari  yaratildi.  Mamlakatimiz  barcha  rivojlangan 

huquqiy davlatlardagi kabi uch hokimiyatga, yani qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi 

va  sud  hokimiyatiga  taqsimlandi.  Xalq  farovonligi  yo‘lida  kuchli  huquqiy 

davlatdan  fuqarolik  jamiyati  sari  ildam  qadam  qo‘yish  maqsadida  erkin  bozor 

munosabatlariga  asoslangan  kuchli  iqtisodiyot  barpo  etildi.  Inson  huquqlari  va 

erkinliklarini muhofaza qilishning tasirli vositasini barpo etish, xalqaro tashkilotlar 

va  huquqni  muhofaza  qiluvchi  organlar  bilan  hamkorlikni  kengaytirish,  davlat 

muassasalari  xodimlari  va  aholining  inson  huquqlari  bo‘yicha  madaniyatini 

oshirish  maqsadida  BMTning  Inson  huquqlari  va  boshqaruv  tizimini 

demokratiyalashni  qo‘llab-quvvatlash  ga  muvofiq,  O‘zbekiston  Respublikasi 

Prezidentining  1996  yil  31  oktyabrdagi  Farmoni  bilan  Inson  huquqlari  bo‘yicha 

O‘zbekiston  Respublikasi  Milliy  markazi  tuzildi.  Farmonda  Inson  huquqlari 

bo‘yicha Milliy markazning maqsad va asosiy vazifalari aniq belgilab qo‘yildi. 

          O‘zbekistonda  Inson  huquqlari  bo‘yicha  milliy  institutlarning  shakllanishi 

mamlakatni  isloh  qilish  va  modernizatsiyalash  jarayonlari  doirasida  davlat  va 

jamiyatning  barcha  sohalarida  demokratik  islohotlar  o‘tkazish  amalga  oshirildi. 

2008  yil  1  maydagi  “Inson  huquqlari  umumjahon  deklaratsiyasi  qabul 

qilinganligining  60  yilligiga  bag‘ishlangan  tadbirlar    to‘g‘risida”gi  Farmoni 

O‘zbekistonda  Inson  huquqlari  bo‘yicha  milliy  institutlarning  huquqiy  maqomini 

mustahkamlash yo‘lida yana bir muhim qadam bo‘ldi, deyish mumkin.  

Inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida 

qabul  qilingan  meyoriy  hujjatlar,  xalqaro  standartlarga  muvofiqlashtirish 

maqsadlarida  milliy  institutlarning  qonunchilik  asoslarini  takomillashtirish     

O‘zbekistonning  demokratik  o‘zgarishlarga  sodiqligini  yana  bir  karra  namoyish 

qilmoqda.  

2000-yildan  bugungi  kunga  qadar  bo‘lgan  davrni  qamrab  olgan  bosqichda 

mamlakatda  faol  demokratik  yangilanish  va  modernizatsiyalash  jarayonlari 

kuzatildi.  Ushbu  bosqichning  asosiy  vazifasi  qilib  milliy  davlatchilik  asoslarini 



mustahkamlashga  qaratilgan  kuchli  davlatdan  –  kuchli  fuqarolik  jamiyatiga 

bosqichma-bosqich  o‘tish  masalasi  qo‘yildi.  Mamlakatning  siyosiy  va  iqtisodiy 

hayotida  demokratlashtirish  va  liberallashtirish  jarayonlari  chuqurlashdi,  inson 

haqhuquqlari 

va 

erkinliklarini 



himoya 

qiluvchi 

mustaqil 

sud 


tizimi 

mustahkamlandi,  fuqarolik  jamiyati  asoslari  rivojlandi,  fuqarolarning  iqtisodiy  va 

siyosiy  faolligi  ortib  bordi.  Islom  Karimov  tomonidan  mamlakatda  fuqarolik 

jamiyatini  shakllantirish  va  demokratik  islohotlarni  yanada  chuqurlashtirish 

konsepsiyasi  ishlab  chiqildi.  Ushbu  bosqich  davlat  hokimiyati  va  boshqaruvini 

yanada demokratlashtirish, sud-huquq tizimi, axborotlashtirish sohasini isloh etish, 

so‘z  erkinligini  taminlash,  saylov  qonunchiligini  takomillashtirish,  iqtisodiyotni 

liberallashtirishga  qaratilgan  demokratik  bozor  islohotlarini  chuqurlashtirishga 

qaratilganligi bilan xarakterlanadi. 

        2010-yil  12-noyabrda  bo‘lib  o‘tgan  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi 

Qonunchilik  palatasi  va  Senatining  qo‘shma  majlisidagi  “Mamlakatimizda 

demokratik  islohotlarni  yanada  chuqurlashtirish  va  fuqarolik  jamiyatini 

rivojlantirish  konsepsiyasi”  mavzusida  qilgan  maruzasi  amalga  oshirilgan 

islohotlarni  sarhisob  qilish  hamda  jamiyat  va  davlat  hayotining  barcha  sohalarini 

yanada  rivojlantirish  yo‘nalishlarini  belgilab  olish  nuqtayi  nazaridan  muhim 

ahamiyatga ega bo‘ldi. Ushbu Konsepsiyada mamlakatimizda fuqarolik jamiyati va 

huquqiy davlat barpo etish borasida amalga oshirilgan ishlar mufassal tahlil etilib, 

bu yo‘nalishdagi demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va izchil davom 

ettirish bo‘yicha dolzarb vazifalar belgilab berildi. 

        Prezident  Shavkat  Mirziyoyevning  2016-yil  28-dekabrdagi  “Jismoniy  va 

yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomil lashtirishga 

doir  chora-tadbirlar  to‘g‘risida”gi  Farmoniga  binoan  Xalq  qabulxonalari  tashkil 

etildi.  Uning  xodimlari  esa  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  devonining 

xodimlari  hisoblanishi  belgilab  qo‘yildi.  2017-yil  dekabrda  O‘zbekiston 

Respublikasi  Prezidenti  Shavkat  Mirziyoyev  O‘zbekiston  Respublikasining 

Konstitutsiyasi  qabul  qilinganining  25  yilligiga  bag‘ishlangan  tantanali 

marosimdagi maruzasida Xalq qabulxonalari negizida, Prezident huzurida alohida 

tuzilma – Tezkor davlat xizmatlari agentligini tashkil etish g‘oyasini ilgari surdi. 

2017 yil 6 fevralda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “O‘zbekiston 

Respublikasini  yanada  rivojlantirish  bo‘yicha  Harakatlar  strategiyasi”ning  qabul 

qilinishi  mamlakatimizda  fuqarolik  jamiyatini  rivojlantirishning  yangi  bosqichi 

boshlandi.  Davlat  rahbari  tomonidan  ilgari  surilgan  Harakatlar  strategiyasida 

mamlakatimizni  rivojlantirishning  beshta  ustuvor  yo‘nalishi  tarkibida  fuqarolik 

jamiyatini  rivojlantirishning  mexanizmlari  belgilab  berildi.  Bu  amalga 

oshirilayotgan  islohotlar  samaradorligini  yanada  yuksaltirish,  davlat  va  jamiyatni 

har tomonlama uyg‘un va jadal taraqqiy ettirish uchun sharoitlar yaratish, barcha 

sohalarni  modernizatsiya  qilish  va  erkinlashtirishdek  ezgu  maqsadlarga  xizmat 

qiladi.  Zero,  Harakatlar  strategiyasining  birinchi  yo‘nalishida  davlat  va  jamiyat 

qurilishi  tizimini  takomillashtirish  nazarda  tutilganligi  qonun  ijodkorligi  faoliyati 

sifatini  tubdan  oshirish,  davlat  va  jamiyat  hayotida  siyosiy  partiyalarning  rolini 

kuchaytirish,  ular  o‘rtasida  sog‘lom  raqobat  muhitini  shakllantirish  bilan 

chambarchas  bog‘liq.  Bu  siyosiy  partiyalarning  aholini  o‘ylantirayotgan 




muammolarga  samarali  yechim  topish,  hududlarni  rivojlantirishda  faol  ishtirok 

etishiga mustahkam zamin yaratadi. 

        Bir  yil  davomida  sinovdan  o‘tib,  tobora  takomillashtirilib  borilgan  ushbu 

mexanizm 

dunyo 

hamjamiyatiga 



chinakam 

demokratiya 

yo‘lidagi 

muvaffaqiyatlarimizdan  biri  sifatida  namoyish  etildi.  Prezident  Shavkat 

Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida 

xalq  hokimiyatini  nomiga  emas,  balki  amalda  joriy  qilish  mexanizmlarini 

mustahkamlashni  global  maqsad  sifatida  belgilab,  mamlakatimizning  barcha 

hududida  Prezidentning  virtual  va  Xalq  qabulxonalari  tashkil  etilganini  hamda 

hozirgi  kungacha  bir  milliondan  ortiq  fuqarolarimiz  bu  qabulxonalar  orqali 

o‘zlarining dolzarb muammolarini hal qilganini takidlab o‘tdi. 




Download 171.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling