Reja. Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar huquqiy holatining tushunchasi va xususiyatlari


Download 87.74 Kb.
Sana21.09.2023
Hajmi87.74 Kb.
#1683785
Bog'liq
22-05 atrof muhit Shohjahon


Guruh: 22-05
Bajardi:Rahimjonov Shoxjahon
Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning huquqiy holati.
REJA.
1. Alohida muhofaza etiladigan tabiiy
hududlar huquqiy holatining tushunchasi
va xususiyatlari.
2.Alohida muhofaza etiladigan tabiiy
hududlarning asosiy turlari.
3.Alohida muhofaza etiladigan tabiiy
hududlar to’g’risidagi qonunchilikni
buzganlik uchun javobgarlik.

Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi qonunlarining vazifalari noyob tabiiy majmuilarni, tabiat yodgorliklarini, o’simliklar va hayvonlarning irsiy fondini saqlab qolishdan, tabiiy jarayonlarni o’rganishdan hamda tabiiy muhitni kuzatish va tadqiq etish majmuidan, aholini ekologiya bobida tarbiyalashdan, tabiatni muhofaza qilish ahamiyatiga moliq hududlardan xo’jalik maqsadida foydalanishni cheklashdan iboratdir.


Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar
  • yerlar
  • suv kengliklari (akvatoriyalar)ning

  • ustivor ekologik, ilmiy, madaniy,
    estetik, sanitariya
    sog’lomlashtirish ahamiyatiga
    molik qismlaridir.

alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga z:
  • Suvni muhofaza qilish mintaqalari (tegralari),
  • kurort va rekreatsiya tegralari,
  • yer usti va yer osti suvlari hosil bo’ladigan tegralar,
  • nodir va qimmatbaho mineral konlari,
  • alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning qo’riqlanma (oraliq) tegralari,
  • baliq xo’jaligi tegralari,
  • o’rmonlarning taqiqlangan mintaqalari,
  • tarixiy-tabiiy va yodgoriy bog’lar,
  • botanika va hayvonot bog’lari,
  • dendrariylar kiradi.

-Davlat milliy tabiat bog’larining hududida:
  • daraxt kesishga (sanitariya maqsadidagi va parvarishlash yo’sinidagi kesish bundan mustasno);
  • ekologik jihatdan xavf-xatar tug’diruvchi sanoat korxonalarining faoliyat olib borishiga;
  • gidrologik va gidrogeologik tartibni o’zgartirib yuboruvchi harakatlarga;
  • tuproq eroziyasini, shuningdek o’simlik va hayvonot dunyosining tanazzulini keltirib chiqaruvchi harakatlarga;
  • davlat milliy tabiat bog’larining faoliyati bilan bog’liq bo’lmagan yo’l va muxandislik-kommunikatsiya ishlari olib borishga;
  • kimyo va radioaktiv moddalarning chiqindilarini ko’mishga;
  • iqlimlashtirish maqsadida tirik organizmlarni ko’chirib keltirishga yo’l qo’yilmaydi.

Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning huquqiy holatining quyidagi xususiyatlari mavjud.
  • O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qo’ygan talabiga mosligi, konstitutsiyaviy ustivorlikka ega ekanligi hamda davlat tomonidan muhofaza etilishi;
  • Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning huquqiy holatini o’rganish va u to’g’risidagi qonun davlat qo’riqxonalari, davlat milliy tabiat bog’lari, davlat buyurtma qo’riqxonalari va davlat tabiat yodgorliklari, alohida muhofaza etiladigan o’zga tabiiy hududlar va boshqa masalalarni hamda u bilan bog’liq barcha munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishi bilan;

Hayvonot dunyosi ob’ektlari quyidagilardan iborat:
-kelib chiqishi hayvonlarga mansub bo’lgan organizmlar - sut emizuvchilar, parrandalar, sudralib yuruvchi hayvonlar, ham quruqlikda, ham suvda yashovchi hayvonlar, baliqlar, umurtqasizlar va ularning populyatsiyalari;
-yovvoyi hayvonlardan tashkil topadigan tabiiy hayvon galalari yoki ularning har qanday to`dalari;
-yovvoyi hayvonlarning kamyob yoki yo’qolib ketish xavfi ostida bo’lgan turlari;
yovvoyi hayvonlar yashash faoliyatining mahsulotlari.
  • Yangi ijtimoiy tuzum, bozor munosabatlarini mustahkamlash va ekologik siyosatni barqarorlashtirish uchun yangi huquqiy ekologik zamin bo’lib, alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish hamda ularni huquqiy tartibga solishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yishi bilan;
  • Mazkur sohani huquqiy tartibga solish bozor iqtisodiyotida qabul qilingan ekologik qonunlarni qo’llash va ular bilan birgalikda ekologik muhitni yaxshilashga, tabiat ob’ektlaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilishga, ayniqsa, alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni saqlashga;
  • Ushbu soha fuqarolarimizdan shu kungi hayot talabi asosida ekologik huquqiy ma’naviyatli bo’lishni, hamda ushbu yo’nalishda doim yuksalish bo’lishini taqozo qilishi va boshqa xususiyatlari bilan alohida ajralib turadi.

ЭЪТИБОРИНГИЗ УЧУН РАҲМАТ!
Bajardi: Rahimjonov Shoxjahon
Download 87.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling