O’quv materiallarini yahshi eslab qolish shartlari Reja Kirish Xotira, esda saqlab qolish haqida tushuncha. Xotiraning psixologik nazariyalari
O'quv materiallarini eslab qolish shartlari va usullari
Download 24.87 Kb.
|
O’quv materiallarini yahshi eslab qolish shartlari
4. O'quv materiallarini eslab qolish shartlari va usullari.
Samarali esda olib qolishning ixtiyoriy va ixtiyorsiz shartlari va qonuniyatlari aniqlangan. Maqsadsiz samarali esda olib qolishning shartlari: kuchli ahamiyatli tabiiy seskantiruvchilar; yuqori yo‘nalishli faoliyatni yuzaga keltiruvchilar (harakt jarayonini to‘xtatish yoki tiklash, hodisaning noodatiyligi); ushbu odam uchun ahamiyatga ega bo‘lgan seskantiruvchilar (kasbiy ahamiyatga ega bo‘lgan jismlar); alohida emotsional tusga ega bo‘lgan seskantiruvchilar; ushbu inson ehtiyojlariga kuchliroq bog‘langanlari; faol harakat ob’ekti bo‘lib hisoblanganlari Samarali ixtiyoriy esda olib qolishning shartlariga materialning ahamiyatliligi va mohiyatini anglash; uning tuzilishi, tarkibiy qism va elementlari o‘rtasida o‘zaro mantiqiy bog‘liqlikni aniqlash; so‘z-matnli materialda reja, ayanch so‘zlarni belgilash, materialni chizma, jadval ko‘rinishida taqdim etish; materialning mazmundorligi va hammabopligi, uning inson yo‘nalishi va shaxsiy tajribasi bilan solishtirilishi; materialning hissiyotli-estetik boyitilganligi; ushbu materialning ma’lum sharoitlarda eslashning zarurligiga moyillik; ushbu materialning amaliyotda qo‘llash imkoniyati; materialning ahamiyatga ega bo‘lgan maqsadlarga erishish, masalalarni hal etish vositasi, faol aqliy faoliyatning ob’ekti sifatida namoyon bo‘lishi. Xotiraning ma’lum samaralari aniqlangan. Agar tekshiriluvchiga 10ta bo‘g‘inli qator berilsa, birinchi va oxirgi bo‘g‘inlar oson esda qoladi, o‘rtadagilari esa unchalik esda qolmaydi, – bu «chegara samarasi». B.V. Zeygarnik samarasi – tekshiriluvchilarga vazifalarni bajarish taklif etilib, ularga bir xillarini oxirigacha echishga imkon berilsa, boshqalari yakuniga etkazilmasa, oqibatda tekshiruvdagilar tugallanmagan vazifalarni to‘liq echilgan vazifalarga qaraganda 2 marta ko‘proq eslay oladilar. Materialni xotirada tiklash eslash va tanish jarayonlari yordamida amalaga oshiriladi. . О‘quv materiallarini tez eslab qolish 1. Hissiyotlar bilan boyiting Bizning miyamiz o‘z «operativ xotirasi»ni keraksiz narsalar bilan to‘ldirmaslikka harakat qiladi, shu sababli faqat kerakli va bizda qandaydir hissiyotlarni uyg‘otuvchi maʼlumotlarni eslab qoladi. Eslab qolish jarayoni tezroq amalga oshishi uchun maʼlumotlarni shaxsiy kechinmalar bilan bog‘lashga yoki hayotiy misollar bilan solishtirib eslab qolishga harakat qiling. 2. Ovoz chiqarib o‘qing Bir necha marta ovoz chiqarib takrorlangan maʼlumotlarning uzoq muddatli xotirada saqlanib qolishi isbotlangan. Siz ushbu usulda ifodali o’qish, ayniqsa, aktyorlik mahoratingizni ishga solish, rollarga bo‘lgan holda o‘qish orqali yaxshi natijalarga erishishingiz mumkin. 3. Har qanday tushunarsiz holatda – uxlashga yoting *Ushbu usul muallifning shaxsan o‘ziga maktab imtihonlarini “a’lo” baholarga topshirishga ko‘p holarda yordam bergan. Uxlashdan oldin bir necha bor o‘qigan narsangizga ko‘z yugurtirib chiqing, erta tongda tunda o‘qigan ma’lumotlaringizning ko‘pgina qismini eslab qolgan bo‘lasiz. Bu konsolidatsiya jarayoni orqali amalga oshadi, ya’ni uyqu paytida maʼlumotlar qisqa xotiradan davomiy xotiraga ko‘chadi. Ushbu usul sheʼr va xorijiy so‘zlarni yodlashda yaxshigina qo‘l keladi. 4. Hayotiy misollar bilan bog‘lang Metodning mazmuni yangi bilimni allaqachon mavjud tajriba bilan bog‘lashdan iborat. Masalan, “Konstitutsiya”dan modda yodlayotgan bo‘lsangiz, kimningdir huquqlari buzilgan hayotiy voqeani eslang. Marketingga doir ma’lumotlarni yodlash kerak bo‘lsa, bozor munosabatlarida shunga o‘xshash jarayonni toping. Bundan tashqari, boshqa ko‘plab hayotiy misollarni keltirish mumkin. 5. Do‘stingizga tushuntirib bering Agar siz biror mavzuni boshqa insonga sodda va yaxshi tushuntira olsangiz, demak, siz o‘sha mavzuni yaxshi o‘zlashtirgan bo‘lasiz. Shuning uchun o‘zingizni o‘qituvchidek his qiling va o‘rganilgan maʼlumotni do‘stingizga tushuntirib bering. Bu yo‘l bilan mavzuga chuqurroq yondashasiz, qolaversa, ovoz chiqarib gapirish orqali o‘rganilgan mavzuni xotirada yanada yaxshiroq saqlab qolishingiz mumkin. Muvaffaqiyatli yodlash uchun umumiy shartlar. 1. Material esda tutuvchi uchun qiziqarli bo'lganda. 2. Yod oluvchining eslab olinayotgan material tegishli bo‘lgan sohada allaqachon katta hajmdagi bilimlari mavjud bo‘lganda. 3. Xotirada yodlashning davomiyligi, to‘liqligi va mustahkamligi bo‘yicha to‘plam mavjud bo‘lganda. 4. Material idrok etilganda, nihoyatda tushunarli, tasnifga tobe. 5. 1000 so‘zgacha bo‘lgan materialni (ya’ni oddiy hajmdagi kitobning 3-4 betini) eslab olayotganda u bir yoki ikki marta diqqat bilan o‘qiladi, semantik bo‘laklarga bo‘linadi va keyin faol va ko‘zdan kechiruvchi takrorlar orqali takrorlanadi. 6. Bunday takrorlashlar soni birinchi xatosiz ijro etish uchun zarur bo'lgan sondan 50% ko'p bo'lganda. (O'rtacha xotira bilan odam bir vaqtning o'zida 7-9 so'zni, 17 ta takrorlashdan keyin 12 so'zni, 40 ta takrorlashdan keyin 24 so'zni aniq takrorlashi mumkin). 7. Shaxsiy takrorlashlar orasida 24 soatlik pauza kiritilganda. 8. 45-60 daqiqali segmentlarga bo'lingan o'quv jarayoni 10-15 daqiqali dam olish tanaffuslari bilan to'xtatilganda. Download 24.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling