O‘quv muassasalari o‘quv xonalarining jixozlanishi va jixozlarini gigienik baholash
Download 52.81 Kb.
|
1 Mavzu
Mashg`ulotdan maqsad. O`quv muassasalarining yoritilishi, isitilishi va shamollatilishini gigienik baholash ni o’rganish
Kerakli jihozlar : slaydlar, rasm. Nazariy tushuncha. Maktab binosidagi yorug`lik rejimi. Odam ko`zi yorug`lik ta'sirida tashqi dunyodagi narsalarni ko`radi. Ko`z 390 dan 760 mmk gacha bo`lgan to`lqin uzunlikdagi nurlanish spektorini qabul qiladi. Xonaning ratsional, yoritilishi, ko`rish organining asosiy hususiyatlariga asoslangan bo`lishi kerak. Yoritilish bir xil tarqalgan, ko`zni qamashtirmaydigan, yaltiramaydigan bo`lishi kerak. Yoritilish gigiyenik talablarga to`g`ri javob bergandagina, ko`rishning va umumiy charchashning oldi olingan bo`ladi, Odamning aktiv faoliyati faqat kunduzi tabiiy yorug`lik tushish vaqtida emas, balki kechasi ham sun'iy yoritilishni tabiiy yoritilishga yaqinlashtirib, odamning aktiv ish faoliyatini kechasi ham saqlab qolish hozirgi zamon gigiyenasining asosiy maqsadidir. M.D. Sharovning tadqiqotlari o`quvchilarning ish qobiliyati sinfning yoritilishiga bog`liqligini ko`rsatadi. Yoritilish tabiiy va sun'iy yo`llarda olib boriladi. Xonaning yoritilishini gigiyenik baholash uchun yoritish koeffitsientini aniqlash kerak. Yoritilish koefitsienti deb, derazalar oynalangan satxining pol satxiga nisbatiga aytiladi. Yoritilish koefitsienti sinfda 1:5, 1:6 bo`lishi kerak. Sinfga o`rnatilgan derazalar oralig`i 50-75 sm bo`lishi kerak. Deraza tokchasi pol sathidan 80 sm baland bo`lishi kerak. Deraza oynasi toza bo`lishi kerak, ifloslangan oynalar 15% yopyg`likni to`sib qo`yadi. Derazalarni gullar, pardalar bilan to`sib qo`ymaslik kerak. Sinfning buyalishi ham yorug`likka ta'sir qiladi. Sinfning devorlari, shipi oq buyoqqa, panel' och yashil yoki och ko`k rangga buyalishi kerak. Sinfdan tabiiy yoritilishni umumiy yig`indisi qish oylarida 75000 lyuks, yoz oylarida 100000 lyuks bo`lishi kerak. Maktablarda sun'iy yoritilishdan chug`langan va lyuminitsent lampalardan foydalaniladi. Lyuminitsent lampalar bilan yoritish samarali hisoblanadi, chunki yorug`lik sinfga bir xil tarqaladi sinfni isitib yubormaydi. 50 kv. m maydondagi o`quv xonalarini, cho`g`lanish lampalari bilan yoritilganda 7-8 ta nuqtalar bo`lishi kerak. Umumiy quvvati 2100-2400 Vatt bo`lishi kerak. Hozirgi maktablarda SK-300, KMO-300 va nurlarni tarqatib beradigan polietilen xalqali DRK yoritkichlaridan keng foydalaniladi. Yoritgichlar ichki devoridan bir yarim metr, tashqi devoridan 1,3 metr masofadan ikki qator qilib joylashtiriladi. Qatorlardagi yoritgichlar orasidagi masofa 2,65 metr sinf doskasidan 1,2 metr uzoqlikda bo`lishi kerak. Hozirgi vaqtda sinf xonalari uchun yangi yoritgich ShOD ishlab chiqilgan. Sinfning sun'iy yoritilishi 175 — 350 lyuksdan kam bo`lmasligi kerak. Download 52.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling