O‘quv muassasalari o‘quv xonalarining jixozlanishi va jixozlarini gigienik baholash
Maktab binosidagi issiqlik rejimi
Download 52.81 Kb.
|
1 Mavzu
Maktab binosidagi issiqlik rejimi. Bolalar muassalarini mikroqlimati ularning yoshi, iqlim sharoiti yilning fasllari, isitish tipi, bolalarning kiyimlari va boshqalarga qarab aniqlanadi. Maktabda sinf xonalarining harorati 18°t, sport zallari va masterskoylar temperaturasi 14-16°t bo`lishi kerak, nisbiy namlik sinfda 40-65% bo`lishi kerak. Hozirgi vaqtda ko`pchilik maktablar markaziy isitilish sistemasi orqali past bosimli suv bosimi yordamida isitiladi, Bunday isitilish kun maboynida havo temperaturasini bir xil bo`lishini, havoning juda quruq bo`lmasligini, chang bo`lmasligini ta'minlaydi. Isitish priborlari, ya'ni radiatorlar poldan 20 sm balandga devordan 10 sm uzoqroq qilib o`rnatiladi. Gimnastika zallarida radiatorlar taxta reshetkalar bilan to`siladi. Hozirgi vaqtda sinf xonalarini nurlanuvchi issiqlik tarqatuvchi isitish sistemasidan keng foydalanilmoqda. Ba'zi maktablarda pechlar yordamida isitiladi. Bunday pechlar o`qish boshlanishidan 2 soat oldin isitilishi kerak, sinf xonalarida havoning sof bo`lishi uchun xonani tez-tez shamollatib turish kerak. Qish oylarida fortochkalar yoki framogalarni ochish bilan shamollatiladi, mashg`ulot o`tiladigan xonalar har soatda 5-10 minut shamollatilishi kerak. Xona bir soat mobaynida fortochkalar bilan shamollatilsa korbanat angidrid gazining miqdori 7% ga kamayadi. Maktab binosi qurilayotganda devorlar orasiga sun'iy vintilyatsiya uchun joy qo`yiladi, ximiya laboratoriyasi va duradgorlar masterskoyiga qo`shimcha havo tortuvchi shkaflar o`rnatiladi. Maktab vrachi sinf xonalaridagi havo tarkibini fizika, ximiya kabinetlaridagi sochilgan simob miqdorini vaqti-vaqti bilan aniqlab turishi kerak.
Olingan tushunchalar albomga yozib olinadi. Dars oxirida talabalarning tushunchalarini o’qituvchi so’rab baholab boradi . Savollar. 1. Ko`z qancha mmkgacha bo`lgan to`lqin uzunlikdagi nurlanish spektorini qabul qiladi? 2. Yoritilish koefitsienti sinfda qancha bo`lishi kerak? 3. Deraza oynasi toza bo`lishi uchun ifloslangan oynalar necha % yopyg`likni to`sib qo`yadi? 4. Sinfning sun'iy yoritilishi qancha lyuksdan kam bo`lmasligi kerak Download 52.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling