O’quv qo’llanma) (5110900 – Педагогика ва психология) Andijon-2019 ishanova m. Oila pedagogikasi
Download 0.68 Mb.
|
OILA PEDAGOGIKASI OQUV qo\'llanma
Muchal to`yi. Xalqimizda muchal yoshini nishonlash an’anaviy marosimga aylangan. Muchal yoshini nishonlash umrning bir davridan ikkinchisiga o‘tish – bolalikdan o‘smirlikka o‘tish tantanasi sifatida bayram qilingan. Chunki bu davrdan so‘ng bola vujudida jiddiy tabiiy o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. U jisman va ma’naviy ulg‘ayadi.
Inson hayotiga kun, oy, fasl, yil o`z ta’sirini ko‘rsatadi. Inson vujudida ham o‘n ikki yil ichida jiddiy o‘zgarish sodir bo‘ladi. 12 yil ichida yosh bola organizmida jiddiy o‘zgarish va rivojlanish sodir bo‘ladi. 13 yoshdan o‘g‘il bolalar organizmida erkaklik unsurlari, qizlarda esa ayollarga xos xususiyatlar faol rivojlana boshlaydi. Muchal yoshiga bag‘ishlangan marosim oilada ikki quda ishtirokida karnay-surnay navolari, to‘y bolaga maxsus oq liboslar kiydirish, uning bo‘yi barobar oq mato o‘lchash, oq toam va shirinliklar ulashish, isiriq tutatish, duolar o‘qish kabi an’analar asosida o‘tkazilgan. Qadimda muchal yoshiga bag‘ishlangan marosim Navro‘z bayrami tadbirlariga qo‘shib o‘tkazilgan. “Oq libosli” muchal yoshini nishonlayotgan yoshlar Navro‘z o‘tkazilayotgan joyga kirib kelishganida barcha ularni qutlashgan. Kichik yoshli bolalar ularga bahor gullarini taqdim etishgan. Muchal to‘yining yakunida 7-8 muchal yoshini yashagan qariyalar (taxminan 70 yoshdan oshgan) o‘smirlarni duo qilganlar. Mustaqillikka erishilib, milliy qadriyatlar tiklana boshlagandan so‘ng “Muchal yoshi” nafaqat oila a’zolari davrasida, balki maktablarda ham ota-onalar ishtirokida Navro‘z bayrami arafasida nishonlanmoqda. Bu kabi yangi tadbirlar ko‘pgina maktablarning an’anaviy bayramlariga aylanib bormoqda. To‘y - hayotning katta shodiyonasi, oila baxt-saodati va farovon turmush ramzi, hayotning eng quvonchli damlaridir. Xalqimizda qadimdan “Beshik to‘yi”, “Nikoh to‘yi”, “Payg‘ambar yoshi to‘yi” kabilar bo‘lgani ma’lum. Hozirda nikoh to‘ylarining yangicha, zamonaviy shakllari qaror topmoqda. To‘ylarni o‘ziga xos bayram tarzida tashkil etish, ularni tartibga solish, ixchamlashtirish, ayniqsa, badiiy jihatdan boyitish davr talabidir. 1998-yil 28-oktyabrdagi to‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni o‘tkazishni tartibga solishga bag‘ishlangan farmon ajdodlarimizning oilaviy qadriyatlarini tiklash, mazmun va mohiyatini bozor iqtisodi talablari darajasida shakllantirishda metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling