O‘quv qo‘llanma toshkent-2007 1-mavzu: milliy iqtisodiyot va uning makroiqtisodiy o‘lchamlari. Yalpi milliy mahsulot va uning harakat shakllari


Ishchi kuchi bozori. Ishchi kuchi yalpi talabi va yalpi taklifi nisbati


Download 212.31 Kb.
bet12/53
Sana24.12.2022
Hajmi212.31 Kb.
#1051881
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   53
Bog'liq
ИКТИСОДИЁТ НАЗАРИЯСИ МАЪРУЗА МАТН

2. Ishchi kuchi bozori. Ishchi kuchi yalpi talabi va yalpi taklifi nisbati
Ishchi kuchi bozori – bu xo‘jalik faoliyati jarayonida “ishchi kuchi” tovari egalari va uning asosiy iste’molchilari – davlat va tadbirkorlar o‘rtasida mehnat sharoitlari va unga haq to‘lash miqdorlari, ishchilarning malaka darajasi, ular tomonidan bajarilayotgan ishlarning hajmi, intensivligi va mas’uliyat darajasi bo‘yicha tarkib topuvchi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning murakkab tizimi.
Ishchi kuchi bozorini tavsiflashdan oldin uning asosiy va o‘ziga xos tovari bo‘lgan ishchi kuchining qiymati va iste’mol qiymati (nafliligi) to‘g‘risida to‘xtalib o‘tish zarur.
Ishchi kuchining qiymati nafaqat ishchining shaxsiy ehtiyojlarini qondirish, balki ishchi kuchini takror ishlab chiqarish hamda uning sifatini oshirish jarayonlarini yetarli darajada ta’minlash uchun zarur bo‘lgan barcha hayotiy ne’matlarning jami qiymatini o‘z ichiga oladi. Ishchi kuchi qiymati o‘zgaruvchan ko‘rsatkich bo‘lib, u turli omillar ta’sirida oshib yoki pasayib turishi mumkin. Ishchi kuchi qiymatini oshiruvchi omillar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: ishchi kuchiga bo‘lgan ehtiyojlarning ob’ektiv ravishda o‘sishi; mehnat intensivligining oshishi; o‘qish va kasbiy bilimlar olishga sarflarning ko‘payishi va h.k. Ishchi kuchi qiymatini pasaytiruvchi asosiy omil bo‘lib moddiy ishlab chiqarish sohasidagi ijtimoiy mehnat unumdorligining o‘sishi hisoblanadi. U ishchi va uning oilasi ehtiyojlarini qondiruvchi hayotiy vositalar qiymatining pasayishiga olib keladi.
Ishchi kuchi tovarining nafliligi uning kapital egasining foyda olishga bo‘lgan ehtiyojini qondirish layoqati orqali namoyon bo‘ladi.
Ishchi kuchi bozori tovar va kapitallar bozori bilan birgalikda bozor xo‘jaligining iqtisodiy tizimini tashkil etadi. Umumiqtisodiy bozor mexanizmining tarkibiy qismi hisoblangan ishchi kuchi bozori talab va taklif qonuniga muvofiq iqtisodiyot tarmoq va sohalari bo‘yicha ishchi kuchi resurslarini taqsimlash va qayta taqsimlash vazifasini bajaradi. Bunda ishchi kuchi bozori sub’ektlarining sifat jihatidan farq qiluvchi manfaatlarini o‘zaro uyg‘unlashtirish va bog‘lashni qiymat tamoyillari asosida shakllantiriladi.
Shunga ko‘ra, ishchi kuchi bozori o‘zining maxsus tovari – ishchi kuchi xususiyatlaridan kelib chiqqan holda o‘ziga xos o‘rin tutadi. Ishchi kuchining bu bozordagi harakati esa bir qator ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlarga ega bo‘ladi.

Download 212.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling