O‘quv qo‘llanma


Buxoro vohasidagi tepalar


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/110
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1817991
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   110
Bog'liq
buxoro tarixi

Buxoro vohasidagi tepalar 
Varaxsha 
Xanjar-tepa 
Xanjar-tepa 
Lavandak-tepa 
Poykent 
Ashur-tepa 
Ashur-tepa 
Nur-tepa 
1
Абу Бакр Муҳаммад ибн Жаъфар ан-Наршахий. Бухоро тарихи. –Тошкент: Шарқ 
машаълига илова, 1993. –Б.20-25.


57 
Vardonze 
Setalak-tepa 
Oqsoch-tepa 
Oqsoch-tepa 
Lavandak-tepa 
Narchoq-tepa 
Nur-tepa 
Kumuchqator-tepa 
Oyim-tepa 
O‘rta-tepa 
Qipchoq-
tepa 
Kumuchqator-tepa 
Kallon-tepa 
Abu Muslim 
tepa 
Qo‘shtepa 
Shahri vayron 
Sekuloh-tepa 
(XII-asr) 
Uchkuloh 
(XII-asr) 
Xo‘ja Porso 
(XII-XIII 
asr) 
Qal’ai Mir Arab 
(XVIII asr) 
Talli kuluh 
Talli-safed 
Talli-murda partov 
 
2.2. “Buxoro” atamasi va uning mazmuni 
Buxoroning qadimgi nomlari to‘g‘risida asosan xitoy 
manbalarida ma’lumotlar uchraydi. “Buxoro” atamasi, jumladan, An, 
Ansi, Ango, Buxo, Buku, Buxe, Buxaer, Buxuaer, Buxala, Buxuala, 
Fuxo, Puxuala kabi shakllarda qayd etiladi. Dastlabki uch atama 
shaharning xitoycha nomlari bo‘lib, qolgani «Buxoro» so‘zining xitoy 
tilidagi talaffuzidir. O‘rta asr arab manbalarida esa Buxoro Numijkat, 
Navmichkat, Bumichkat (Yangi qo‘rg‘on), Al-Madina as-sufriyya 
(Mis shahar), Madinat at-tujjor (Savdogarlar shahri), Foxira (Faxrli 
shahar) kabi nomlar bilan tilga olinadi
1
.
Buxoro atamasi sanskritcha «vixara» so‘zining turk-mo‘g‘ulcha 
shakli - «buxor» («ibodatxona») dan kelib chiqqan degan taxminlar 
mavjud. Bu taxmin ko‘pincha V.V.Bartold tomonidan ilgari suriladi. 
Keyingi tadqiqotlarda bu atama sug‘diycha «bug‘» yoki «bag» 
(«tangri») hamda «oro» («jamol») so‘zlaridan tashkil topgan va 
«tangri jamoli» degan ma’noni anglatadi, degan fikrlar ilgari 
surilmoqda. 
Buxoroning "Madinat as-sufriya”, "Madinat at-tujjor" va 
“Foxira'' nomlari arablar tomonidan berilgan bo‘lib. birinchisi - "Mis 
shahri”, ikkinchisi – “Savdogarlar shahri" va uchinchisi "Faxrli 
shahar" ma’nosini anglatadi. 
Shaharning 
qal’a 
devorlari 
anchagina 
kuchli 
mustahkamlanganligidan, shahar “Madinat as-sufriya" nomini olgan. 
U mazmunan "Mis shahar" yoki "Mis qo‘rg‘on" degan ma’noni be-
1
Ўзбекистон миллий энциклопедияси. – Т.1.–Тошкент: Ўзбекистон миллий 
энциклопедияси Давлат илмий нашриёти, 2001. –Б 456.


58 
radi. Buxoro Yaqin va O‘rta Sharq, Hindiston, Xitoy davlatlarini 
bog‘lovchi Buyuk Ipak yo‘lida joylashgani bois, aholining katta qismi 
savdo-sotiq bilan shug‘ullangan. Shaxar, shuningdek, xalkaro savdoda 
xam faol ishtiroketgan. Shu tufayli "Madinat at-tujjor", ya’ni 
"Savdogarlar shahri" nomi bilan mashhur bo‘lgan
1

“Numijkat”, “Bumiskat” va “Buxoro” atamalari shaharning 
maxalliy nomlaridir. Bulardan birinchisi haqiqatda Navmichkat 
tarzida eshitilib, uchta so‘z birikmasidan tarkib topgan: "nav" tojik-
fors so‘zi - yangi, so‘g‘diy “mich” – kal’a, istehkom va "kat” qishloq 
ma’nolarini anglatadi. Xullas, Navmichkat, "YAngi kal’a", "Yangi 
shahar", "Yangi mustahkamlangan qishloq" deganidir. Xitoy 
manbalarida keltirilgan "Nyumi" nomi esa “Navmich" toponimining 
buzilgan shaklidir. 
Buxoro urbanizmlaridan anglashilishicha, shahar kal’alaridan 
biri "farovis" deb atalgan. Bu nom bizning kunlargacha "Farovis us-
Suflo" tarzida etib keldi. Bu - Shoxrud kanali tarmoqlaridan biriniig 
nomi, Buxoro to‘qimachilarining homiysi Boboyi Porado‘z nomidir. 
Haqiqatan, kadimiy kal’aning nomi aslida "Farobdiz" bo‘lgan. 
So‘g‘dcha "farob" sohilbo‘yi va "diz" - kal’adir. Atama ana shu ikki 
so‘zning qo‘shilishidan hosil bo‘lib, uning ma’nosi: «Suv yoqasidagi 
kal’a» yoki «Soxilbo‘yi shahri», «Soxilbo‘yi qo‘rg‘oni»demakdir
2

Shu bilan birga, “Buxoroyi sharif” (sharofatli Buxoro) - 
qadimgi Buxoroning keng tarqalgan nomlaridan biri. O‘rta asrlarda 
jahondagi etti shahar: Makka, Madina, Quddus, Buxoro, Bag‘dod, 
Damashq, 
Mozori 
Sharifga 
diniy 
markaz 
sifatida 
shuhrat 
qozonganliklari uchun «Sharif» unvoni berilgan edi. Buxoro 
qadimdan turli nomlar bilan atalib kelgan. Ayniqsa, arab xalifaligi va 
somoniylar davrida shahar yuksalgan. Buxoroning nomlaridan 
«Foxira» («Faxrli shahar») atamasi Narshaxiynint ta’rifi bo‘yicha, 
islom dinining barqarorligi yo‘lida qon to‘kkan shahidlar sharafiga 
nisbat qilib berilgan
3
.
Shahar islomni targ‘ib qilish va qaror toptirish yo‘lida ham 
muhim rol o‘ynagan. Buxorodan islomiyat va hadis ilmlarining yirik 
targ‘ibotchilari va tasnifchilari etishib chiqdi. Islom huquqshu-
1
Бухоро шарқ дурдонаси / Муаллифлар жамоаси.– Тошкент: Шарқ, 1997. – Б.29.
2
Муҳаммаджонов А.Р. Қадимги Бухоро. –Тошкент: Фан, 1991. –Б.50.
3
Абу Бакр Муҳаммад ибн Жаъфар ан-Наршахий. Бухоро тарихи. –Тошкент: Шарқ 
машаълига илова, 1993. –Б.27-28.


59 
nosligining Buxoro maktabi tashkil topdi. Buxoroning islom dini, 
musulmon axloqi, madaniyati va hukuqshunosligining Sharqdagi 
kuchli markazlaridan biriga aylanishi tufayli unga IX boshlaridayoq 
«Qubbat ul-islom» - «Islom dinining gumbazi» degan sifat ham 
beriladi. Narshaxiyning guvohlik berishicha, mashhur fiqhshunos 
(huquqshunos) olim Hoja imom Abu Xafsi Kabir Buxoriy tufayli 
Buxoro «Qubbat ul-islom» deb atalgan. 
Shayx Sayfiddin Boharziy faoliyati tufayli Buxoroning shuhrati 
islom olamida yana ham ko‘proq tarqaldi. Shu sababli XIII asrdan 
boshlab unga yana bir sifat-«sharif» so‘zi qo‘yilib, u “Buxoroyi 
sharif”, ya’ni “Sharif Buxoro” nomi bilann yuritiladigan bo‘ldi. 
Buxoro hukmdorlari tomonidan «Zarbi Buxoroyi sharif», ya’ni 
“Buxoroyi sharifda zarb etilgan», deb bitilgan tamg‘alar bilan oltin, 
kumush tangalar hamda mis chaqalar zarb qilingan. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling