O‘quv qo‘llanma
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
buxoro tarixi
Poykent yodgorligi Poykent yodgorligi L.A.Zimin o‘zining 1914- yilgi dastlabki tashrifi yakunlanishi munosabati bilan 10 aprel sanasida Yakkatut stansiyasidan Buxorodagi rus siyosiy agentlik nomiga telegramma yo‘llaydi va unda 38 qazuv ishlari natijasida aniqlangan bino va buyumlarni iyun oyigacha bo‘lgan muddatda xavfsizligini taminlashni so‘rab murojaat qiladi. Shunday mazmundagi xatni 1914-yil 14 aprel sanasida N.Ostroumov Buxorodagi rus siyosiy agenti nomiga yo‘llaydi. Unda L.A.Ziminning qadim Poykent hududida uch arshin chuqurlikda devorlari pishiq g‘ishtdan qurilgan bino qoldiqlarini aniqlaganligini bildiradi. N.Ostroumov L.A.Ziminning Poykentda mart-apreldagi faoliyatining yakuniga binoan hududda mahalliy aholi qazuv ishlarini olib bormasligi va qazuv natijasida mavjud buyumlarni olib ketmasligini ta’kidlagan. SHu bilan birga Poykentda ruxsatsiz qazuv ishlari yoki buyumlarni olib ketilishi kuzatilsa, unga jazo choralarini ko‘rish kerakligi ham bildiradi. Xatning so‘ngida bu holatlar xususida Poykent yaqinidagi Sho‘rabod, Qizilrabot, Poykent, Janopar, Qulonch, Alekya, Sayot, Salor va Do‘rmon qishloqlari aholisiga alohida bildirishni ham ta’kidlaydi. L.A.Ziminning Buxoro amirligidagi ilmiy izlanishlari doirasi nafaqat Poykent xarobalarini o‘rganish bilan chegaralangan edi, balki, hududning boshqa shahar va bekliklarida ham uning tomonidan izlanishlar olib borilgan. L.A.Ziminning 1915-yildagi ekspeditsion faoliyati mart-may oylari davomida amalga oshiradi. Turkiston arxeologiya havaskorlar to‘garagi boshqaruvchisi V.N.Ostroumov Buxorodagi rus siyosiy agenti nomiga yo‘llagan xatida Ziminga O‘rta Osiyo temir yo‘lidagi Qiziltepa stansiyasida ot va aravalarni tayyorlash bildiriladi. L.A.Ziminning o‘zi ham amirlik qushbegisi murojaat qilib, Buxoro amaldorini Qiziltepa stansiyasiga ot va aravalar bilan kelishini va qazuv ishlari uchun odamlar ajratishni so‘raydi. Zimin o‘zining 1915-yildagi faoliyatini 2 may kuni Buxoroda joylashgan arxeologik ob’ektlarni va Romitan qishlog‘i hududidagi qadim tepalarni borib ko‘rish bilan yakunladi. L.A.Ziminning 1913-1916-yillar davomida Buxoro amirligi hududida amalga oshirgan ilmiy izlanishlari keyinchalik uning “Развалины старого Пейкенда”, “Отчеты о весенних и летних раскопках 1914 г. в развалинах Старого Пейкенда”, “Отчет о двух поездках по Бухаре с археологической целю”, “Краткий отчет о поездке по Бухаре в 1916 г”, “Кала-и Дабус”, “Нахшеб, Насаф, 39 Карши. Их история и древности” nomli hisobot va kitoblarida o‘z aksini topdi 1 . Keyingi arxeologik ob’ekt Varaxsha bo‘lib, u erda arxeologik tadqiqot ishlarini V.A.Shishkin amalga oshiradi. V.A.Shishkin ma’lumotlariga ko‘ra, Varaxsha yodgorligi Buxorodan 40 km shimoli- g‘arbda, Dashti Urganji ko‘lining qadimgi Rajfandun vohasida joylashgan. Varaxsha maydoni 9 ga va balandi 10-20 metrli ulkan tepa shaklida saqlangan. V.A.Shishkin Varaxsha va uning atrofida 1937- 1939-yillar va 1947-1954-yillarda keng ko‘lamli arxeologik tadqiqotlar olib boradi. Keyinchalik bu yodgorlikda A.Muhammadjonov 1975-1977-yillar, O.V.Obelchenko 1977-1979- yillar va G.V.Shishkina 1987-1990-yillarda Varaxshaning ayrim qismlarida qazishmalar ishlarini olib borishadi. Arxeologik qazishmalardan ma’lum bo‘lishicha, Varaxsha miloddan avvalgi II- asrda bir-biriga tutashgan bir nechta istehkomli qishloqlar tarzida qad ko‘targan 2 . Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling