O‘quv qo‘llanmada


O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining predmeti, tadqiqot ob’ekti, nazariy metodologik tamoyillari


Download 65.19 Kb.
bet2/8
Sana20.06.2023
Hajmi65.19 Kb.
#1633294
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1 .2 mavzu

O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining predmeti, tadqiqot ob’ekti, nazariy metodologik tamoyillari. Tarix fani insoniyatning o‘tmishi, aholining turmush tarzi, jamiyat ijtimoiy taraqqiyotiga oid sodir bo‘lgan voqea va hodisalarni, insoniyat jamiyatining barcha tadrijiy (evolyusion) rivojlanish jarayonlarini o‘rganadi. Vatanimiz tarixi jahon tarixining ajralmas qismi bo‘lib, u ajdodlarimizning bosib o‘tgan tarixiy yo‘li, turmush tarziga oid ma’lumotlarni ma’lum izchillikda va ketma-ketlikda o‘rganadi. Tarixni o‘rganish orqali biz ajdodlarimizning hayoti, turmush tarzi xususida tushunchalarga ega bo‘lish barobarida, ularning jahon xalqlari tarixiy taraqqiyotiga qo‘shgan hissalari haqida zarur ma’lumotlarga ega bo‘lamiz.
Tarix xususida xolis ma’lumotlarga ega bo‘lish uchun fanning predmeti va ob’ektini to‘g‘ri belgilab olish muhim ahamiyatga ega. Zero hozirgi kunda tarixchilar oldida turgan muhim masalalardan biri bu, o‘zbek xalqi va uning davlatchilik tarixini fanning predmeti va uni o‘rganish ob’ektidan kelib chiqib, ma’lum nazariy-metodologik tamoyillarga suyangan holda haqqoniylik, xolislik asosida yoritishdan iboratdir.
Tarix fani ham boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar kabi mustaqil fan hisoblanadi. U barcha fanlar qatori alohida o‘z o‘rni va mavqeiga ega bo‘lib, ijtimoiy-gumanitar va boshqa ayrim fanlar bilan uzviy bog‘liq holda o‘rganiladi.
Birinchidan, u o‘z xususiyatiga ko‘ra, o‘tmish haqida saboq beradi, insonlarni sodir bo‘lgan voqea va hodisalar haqida kerakli xulosalar chiqarishga undaydi, kishilarni ajdodlarimizning o‘tmishdagi hayot tarzini, ular yaratgan moddiy va ma’naviy merosini qadrlashga undaydi.
Ikkinchidan, tarix fanini o‘rganishda barcha ijtimoiy-gumanitar fanlar uchun xos barcha shakl va uslublarga tayaniladi, hatto uni o‘rganishda matematik usuldan ham foydalanilishi bejiz emas. Tarixiy voqea va hodisalar qat’iy aniqlikda, davriy ketma-ketlikda, xronologik asosda o‘rganiladi. Ularni o‘rganishda tarixiy hujjat va dalillarning haqiqiy ekanligi, ular qachon, qaerda, qanday tarixiy muhit va sharoitda yaratilganligiga ham ahamiyat bermoq lozim. O‘zbekiston tarixi fani o‘tmishdagi ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy jarayonlarni, ularning rivojlanishi va tanazzulining sabab hamda oqibatlarini o‘rganadi, kishilarni ulardan kelajak uchun saboq va xulosalar chiqarishga undaydi. Bu esa bo‘lg‘usi avlodlar kamolotida katta ahamiyatga ega.
Fanning predmeti mustaqil O‘zbekistonda sodir bo‘lgan voqea va hodisalar, ulardagi umumiylik va aloqadorlik qonuniyatlari, tarixiy hodisa va jarayonlar, shu davrdagi jamiyatning faoliyat jarayonlarini tashkil qiladi. O'zbekistonning eng yangi tarixi yoshlarga mamlakatimizni mustaqillik davrida amalga oshirilgan keng ko’lamli islohotlar mohiyatini chuqur singdirish, mazkur jarayonlarning rivojlanish qonuniyatlari, sabab va oqibatlarini tahlil qilish hamda ularni ilmiy dunyoqarashini shakllantirish, ma'naviy-ma'rifiy tafakkurini yuksaltirish, milliy o'zlikni anglash asosiy maqsad qilib belgilanadi. Fanning predmetini – O’zbekistonda mustaqillikdan keyingi davrdagi ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy hamda siyosiy sohalarda amalga oshirilgan islohotlar va ularning mamlakat taraqqiyotidagi ahamiyati tashkil etadi.
O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanini o‘rganish ob’ekti mustaqil O‘zbekiston tarixida sodir bo‘lgan barcha voqea va hodisalardir. Tarixiy ob’ekt (makon)ga nisbatan fanning maqsadi, vazifasi, yo‘nalishi belgilanadi. Ma’lum bir ma’noda ob’ekt bilan predmet bir-biriga juda yaqin tushuncha bo‘lsa-da ular tarix fanida tutgan o‘rni va vazifasi bilan farqlanadilar.
Ob’ekt aniq tarixiy davr, makon, zamon va geografik va umumiy mintaqaviy chegaralar, ma’lum xalqlar, mamlakatlar tarixi bilan bog‘liq jarayonlar bo‘lib, ular voqea va hodisalarni bir butun va yaxlitlikda qamrab oladi. Predmet esa mana shu ob’ekt ichidagi aniq tarixiy-madaniy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlardan iborat bo‘lgan aniq voqea va hodisalarni o‘rganishdir.
Yuqorida tarix fani bir qator fanlar, xususan ijtimoiy-gumanitar fanlari bilan mustahkam va uzviy aloqada o‘rganiladi. Tarix va boshqa aksariyat ijtimoiy- gumanitar fanlarning o‘rganish ob’ekti inson, davlat va jamiyatdir. Shuning uchun ham boshqa fanlar tarix fani taraqqiyotiga hissa qo‘shadi, tarixiy haqiqat ro‘yobga chiqishiga bevosita yordam beradi. Tarix fanini ya’ni, vatan tarixini xolis o‘rganish xalqimiz o‘tmishi haqida zarur ma’lumotlarga ega bo‘lishda muhim o‘rin tutadi, xalqimiz kelajak taqdirini ravnaq topishida muhim ahamiyatga ega. Zero o‘zbek xalqi va O‘rta Osiyo mintaqasida azaldan birga istiqomat qilib kelayotgan xalqlar tarixi o‘zaro mushtarak bo‘lib, ular insoniyat tarixining ajralmas qismi hisoblanadi.
Fanni o‘qitishdan asosiy maqsad, talabalar mamlakatimizning mustaqillikka erishishi, mustaqillik yillarida jamiyatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, xalqimiz ma’naviy qadriyatlarining tiklanishi, demokratik fuqarolik jamiyat qurish yo‘lida amalga oshirilayotgan ijobiy o‘zgarishlar xususida ma’lumotlarga ega bo‘ladilar. Shuningdek, xalqimizning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ma’naviy hayotini holisona o‘rganish orqali fuqarolar, ayniqsa yoshlar ongida tarixiy xotira, ular qalbida vatanparvarlik, g‘urur va iftixor tuyg‘ularini shakllantirishdan iboratdir.
Fanni o‘rganishda ma’lum nazariy-metodologik tamoyillar, ilmiy g‘oya va nazariyalarning o‘rni va ahamiyati katta. Ular tarix fanining mazmun va mohiyatini chuqurroq anglashga shuningdek fanni o‘rganishning maqsad va vazifalarini kengroq ochib berishga yordam beradi. Shuning uchun ham uni ma’lum nazariy-metodologik tamoyillar, ilmiy-nazariy asoslariga tayangan holda o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu boisdan Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tarixning eng muqaddas milliy va umuminsoniy xotira hamda qadriyat ekanligini ta’kidlab, «Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q", «Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch» nomli asarlarida "O‘zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi, "Tarix-xalq ma’naviyatining asosidir" degan so‘zlarida tarixiy haqiqatni va ma’naviy o‘zlikni anglashga undovchi, teran fikrlarni ilgari surgan edilar.
Ma’lumki Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov 1998 yil iyun oyida bir guruh tarixchi olimlar bilan bo‘lgan uchrashuvda ular oldiga xalqimiz va Vatanimiz tarixini yangi nazariy-metodologik asoslarda o‘rganishni va tadqiq etishni, uni haqqoniy, xolislik asosida hamda yangicha g‘oyaviy ruhda tadqiq etish vazifasini qo‘ygan edilar. Buning yaqqol isboti sifatida 1998 yil iyulda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan «O‘zRFA Tarix instituti faoliyatini takomillashtirish» to‘g‘risidagi qarori tarix fanini chuqur, xolislik asosida o‘ranishda muhim huquqiy va ilmiy-nazariy asos bo‘lganligi shubhasiz. Shu ma’noda keyingi yillarda o‘zbek xalqi va uning davlatchiligi tarixini haqqoniy, xolis o‘rganish masalasida tarixiy-ma’naviy merosimizga tayangan holda mamlakatimizda ko‘plab ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilayotganligi, darslik va qo‘llanmalar, monografiyalar, ilmiy asarlar yozilayotganligi, dolzarb mavzularda ilmiy tadqiqotlar olib borilayotganligi bunga misoldir.
Fanni o‘qitishda birinchidan ma’lum nazariy-metodologik tamoyillar, ilmiy hamda g‘oyaviy asoslarga tayanish muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda quyidagilarga e’tibor berish zarur:
- tarixga xalqning milliy va umuminsoniy qadriyati hamda muqaddas ma’naviy merosi sifatida qarash lozim;
- tarixiy moddiy va ma’naviy merosga chuqur hurmatda bo‘lish va unga umuminsoniy qadriyat sifatida yondashish muhim;
- tarix jamiyat va tabiat hamda insoniyat taraqqiyotining ma’lum dialektik hamda sinergetik qonuniyatlari asosida rivojlanishini to‘g‘ri anglash zarur;
- tarix insonlar ongida tarixiy xotira tuyg‘usini shakllantiruvchi moddiy va ma’naviy merosni vujudga keltiruvchi muhim manba, xalqni g‘oyaviy-mafkuraviy jihatdan jipslashtiruvchi asos ekanligini tushunish muhim ahamiyat kasb etadi.
Ikkinchidan, fanni o‘rganishda ma’lum ilmiy, nazariy-metodologik tamoyillarga tayanish ham muhimdir. Mazkur tamoyillar va metodlar quyidagilardan iborat:

  • ilmiylik, tarixiylik, xolislik (ob’ektivlik) metodi;

  • tarixiy tahlil va qiyosiy taqqoslash metodi;

  • mantiqiy davomiylik va uzviylik metodi;

  • vorislik va izchillik metodiga asoslanish;

  • tarixiy xronologik ketma-ketlik tamoyili;

  • g‘oyaviylik va vatanparvarlik tamoyili;

  • xolislik va o‘zaro hurmat tamoyiliga asoslanish metodi;

  • kuzatish, solishtirma taqqoslash asosida umumlashtirish va zarur xulosalar chiqarish metodi;

  • baxslashish, munozara yuritish va isbotlash metodi;

  • matematik hisoblash, shakl va modellashtirish metodi;

  • ayrimlikdan umumiylikka va umumiylikdan ayrimlikka o‘tish metodi kiradi


Download 65.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling