О‘quv-metodik qо‘llanmalardan foydalanib, 10-11 mavzular bо‘yicha masalalar ishlash.
12-mavzu. Avtomagistrallarda harakatlanish. Turar joy dahalarida harakatlanish. Tik balandlik va nishabliklarda harakatlanish.
Avtomagistrallarda harakatlanishga kiritilgan ma’lum bir taqiqlar. Avtomagistrallarning qatnov qismida va qatnov qismining chetini bildiruvchi chiziqdan о‘ng tomonda majburan tо‘xtagan haydovchilarning vazifalari.
Turar joy dahalari va ularni aniqlovchi holatlar. Turar joy dahalarida harakatlanishga qo‘yiladigan ma’lum bir taqiqlar. Turar joy dahalari va hovli hududlaridan chiqish qoidalari.
Yo‘l belgilari bilan belgilangan qiyaliklarda, qarama-qarshi yо‘nalishlarda harakatlanishda transport vositalarining imtiyozi va majburiyati. Tik nishablikda tormozi ishlamay qolgan transport vositasi haydovchisining harakatlari. Pastlikka harakatlanishda taqiqlangan harakatlar.
13-mavzu. Yо‘nalishli transport vositalarining imtiyozlari. Tashqi yoritish asboblaridan foydalanish.
Chorrahadan tashqarida tramvay izi bilan kesishuv.
Yо‘nalishli transport vositalari uchun alohida harakatlanish tasmasi mavjud bo‘lgan yо‘llarda harakatlanish tartibi. Avtobus va trolleybusni belgilangan bekatdan harakatini boshlashdan oldin haydovchining vazifalari.
Kо‘zi qamashgan haydovchining harakatlanish tartibi. Yaqinni yorituvchi chiroqlardan sutkaning yorug‘ vaqtida foydalanish holatlari. Tumanga qarshi chiroqlar, projektorlar, izlovchi chiroqlar, tumanga qarshi orqa chiroqlar, avtopoyezdning taniqlik belgilaridan foydalanish tartibi.
14-mavzu. Mexanik transport vositalarini shatakka olish. Transport vositalarini boshqarishni о‘rgatish.
Qattiq va egiluvchan ulagich hamda qisman ortish yо‘li bilan shatakka olish shartlari va tartibi. Shatakka olish taqiqlanadigan holatlar. Shatakka olgan va shatakka olingan transport vositalarida yo‘lovchilarni tashish. Mexanik transport vositalarini shatakka olish qoidalari buzilishining xavfli oqibatlari.
Boshqarishga ruxsat etadigan shartlar. Amaliy boshqaruv haydovchi-yо‘riqchi, о‘rganuvchi va о‘quv transport vositasiga qо‘yiladigan asosiy talablar.
Do'stlaringiz bilan baham: |