O’quv reja,baxo va baxolash 5-Amaliy ishi tekshirdi: Yusupo’va Zamira Bajardi: Yangiboyev Azizbek Toshkent – 2023


Download 192.65 Kb.
bet4/4
Sana17.06.2023
Hajmi192.65 Kb.
#1546354
1   2   3   4
Bog'liq
Share 5 amaliy oquv

Portfolioni baholash
Portfolio ta’lim muassasasi ma’muriyati yoki taqdim etilishi maqsadiga qarab jamoat organi tomonidan baholanadi. Baholashda portfolio barcha materiallari talabalar natijalariga, pedagog malakasini oshirishga qanday ta’sir koʻrsatganligi nuqtai nazaridan koʻrib chiqiladi. Shu tariqa, pedagog elektron portfeli bir tomondan, pedagogning shaxsiy portfoliosi, ikkinchi tomondan, boshqa pedagoglar, metodistlar, IT-mutaxassislar tajribalarini birlashtirish va anglab yetish hisoblanadi. - Тalabalarning fan bo‘yicha bajargan ijodiy ishlari, referatlari, o‘quv-tadqiqotchilik ishlari, loyihalari ro‘yxati; - olimpiadalar, tanlovlar, musobaqalar, intellektual marafonlar va boshqalar g‘oliblari ro‘yxatlari; - sinfdan tashqari tadbirlar ssenariylari, o‘tkazilgan tadbirlar fotosuratlari va videomateriallari (ko‘rgazmalar, fan ekskursiyalari, tanlovlar, breyn-ringi va boshqalar); - to‘garaklar va fakultativlar dasturlari; boshqa materiallardan iborat. Unda pedagog hamda uning talabalari mustaqil va ijodiy faoliyatlari uchun oʻrin ajratiladi. Bundan tashqari, kompyuter hamda Internet tarmogʻi yordamida ta’lim muhitida boshqa pedagoglar, talabalar bilan muloqotlar va oʻzaro aloqalarda (elektron seminarlar, maslahatlar, veb-loyihalar va shu kabilar) namoyon boʻladigan elektron portfolioni ishlab chiqishda hamda foydalanishdagi kommunikativ rolini alohida ta’kidlab oʻtamiz. Xulosa qilib aytganda, agar har bir OTM oʻqituvchisi yaxlit elektron portfelga ega boʻlib, barcha muhim materiallarni jamlasa, ta’lim jarayonini tashkil etishda ahamiyatli boʻlgan didaktik samaradorlikka erishish mumkin. Bundan tashqari, pedagog oʻzining elektron portfelidan mustaqil foydalanishi ham, boshqa oʻqituvchilarning va IT-texnologiyalari mutaxassislarining eng yaxshi ishlanmalaridan foydalanishlari ham mumkin. Shu tariqa, elektron portfelni yaratish va mazmun bilan uni toʻldirish vaqtida, har bir OTM oʻqituvchisi kasbiy mahorati oʻsishiga, kompyuter vositasida oʻqitishga hamda oʻz fani boʻyicha bilim darajasini takomillashtirishga erishadi.
Download 192.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling