O’quv reja,baxo va baxolash 5-Amaliy ishi tekshirdi: Yusupo’va Zamira Bajardi: Yangiboyev Azizbek Toshkent – 2023


Pedagogik dasturiy vositalar yaratishga qoʻyiladigan talablar


Download 192.65 Kb.
bet2/4
Sana17.06.2023
Hajmi192.65 Kb.
#1546354
1   2   3   4
Bog'liq
Share 5 amaliy oquv

Pedagogik dasturiy vositalar yaratishga qoʻyiladigan talablar.

Pedagogik dasturiy vositalarni yaratish texnologiyasini amalga oshirish maqsadida ularning anʻanaviy vositalardan ustunligini tasdiqlovchi qator ijobiy omillar mavjud. Mazkur omillar didaktik, psixologik, iqtisodiy, fiziologik guruhlarga ajratildi.


Pedagogik dasturiy vositalarga qoʻyiladigan didaktik talablarga quyidagilar kiradi: ilmiylik, tushunarli, qatʻiy va tizimli bayon etilishi bilan birgalikda (pedagogika, psixologiya, informatika, ergonomikaning asosiy tamoyillarini, zamonaviy fanning fundamental asoslarini hisobga olib, oʻquv faoliyati mazmunini qurish imkoniyatini taʻminlash), uzluksizlik va yaxlitlik (ilgari oʻrganilgan bilimlarning mantiqiy oqibati hamda toʻldiruvchisi hisoblanadi), izchillik, muammolilik, koʻrgazmalilik, faollashtirish (oʻqitish mustaqilligi hamda faollilik xususiyatining mavjudligi), oʻqitish natijalarini oʻzlashtirish mustahkamliligi, muloqotning interfaolliligi, oʻqitish, tarbiyalash, rivojlantirish va amaliyotning yaxlit birligi.
Metodik talablarga quyidagilar kiradi: aniq oʻquv fanining oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olish, maʻlum bir faning oʻziga xosligini hisobga olish, axborotni zamonaviy metodlari oʻzaro bogʻliqliligi, oʻzaro aloqadorliligi, turlitumanligi, amalga oshirilishi.
Psixologik talablarga idrok etish (verbal-mantiqiy, sensor-pertseptiv), tafakkur (tushunchaviy-nazariy, koʻrgazmali-amaliy), diqqati (qatʻiyliligi, boshqaga koʻchishi), motivatsiya (ishlashda faol shakllari, yuqori darajada koʻrgazmalilik, oʻz vaqtida qayta aloqa yordamida oʻquvchilarning yuqori darajadagi motivatsiyalarini doimiy ravishda ragʻbatlantirish), xotira, tasavvuri, yoshi va individual psixologik xususiyatlarini hisobga olish (egallagan bilim, koʻnikma va malakalarini hisobga olib, oʻquv fani mazmuni hamda oʻquv masalalari murakkablik darajasi oʻquvchilarning yosh imkoniyatlari va individual xususiyatlariga mos kelishi, oʻquv materialini oʻzlashtirishda ortiqcha hishayajonli, asabiy, aqliy yuklamalardan taʻsirlanishdan himoyalash) kiradi.

Download 192.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling