O‘quv savollari hisobga olish tartibini hamda uylarga va turar joy binolariga ko‘chib kirish muddatlarini buzish


Obyektiv tomondan hisobga olish tartibini hamda uylarga va turar joy binolariga ko‘chib kirish muddatlarini buzish orqali sodir etiladi


Download 1.44 Mb.
bet2/5
Sana16.06.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1517299
1   2   3   4   5
Bog'liq
Axrorxo\'jayev Abdurashidxo\'ja.12-mavzu

Obyektiv tomondan hisobga olish tartibini hamda uylarga va turar joy binolariga ko‘chib kirish muddatlarini buzish orqali sodir etiladi.
Huquqbuzarlik subyekti mansabdor shaxs va oddiy fuqarolar ham bo‘lishlari mumkin. Ya’ni huquqbuzarlik subyektlari turar joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolarni hisobga olish, hisobdan chiqarish va fuqarolarga turarjoy berishni amalga oshiradigan mansabdor shaxslar, shuningdek, foydalanish uchun qabul qilib olingan uylarga belgilangan tartibda o‘z vaqtida ko‘chib kirish uchun javobgar bo‘lgan kishilardir. Mazkur huquqbuzarlik subyektiv tomondan qasddan va ehtiyotsizlik orqasidan sodir etilishi mumkin.

158-modda. Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish qoidalarini buzish
Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish qoidalarini buzish —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Huquqbuzarlik tarkibi:
Huquqbuzarlik obyekti davlat turarjoy fondini xususiylashtirish qoidalaridir.
Obyektiv tomoni-uy- joyni xususiylashtirishning asosiy prinsiplari va qoidalarini buzishga qaratilgan harakatlarda ifodalanadi.
Subyekti-mansabdor shaxslar.
Subyektiv tomondan mazkur huquqbuzarlik g‘arazli niyat (qasd) bilan ajralib turadi.
159-modda. Turar joylardan foydalanish qoidalarini, uy-joy fondidan texnik foydalanish qoidalari va normalarini buzish
  • Turar joylarni saqlash va ulardan foydalanish, umum foydalanadigan joylarni sanitariya holatida saqlash qoidalarini buzish, uy-joy fondidan texnik foydalanish qoidalari va normalarini buzish, ko‘p kvartirali uylardagi turar joylarda chorva mollarni, xuddi shuningdek odamlarning salomatligiga xavf soluvchi hayvonlarni boqish — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.


Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling