Uylarni, xo‘jalik va ro‘zg‘or binolarini qurish qoidalarini buzish, —
bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
160-modda. Uylarni qurish qoidalarini buzish
Obyekti uy-joylar, xo‘jalik va ro‘zg‘or binolarini qurish yuzasidan davlat tomonidan o‘rnatilgan tartibdir.
Obyektiv tomondan bu tegishli ruxsatnomaga ega bo‘lmay turib, bunday inshootlarni qurish sohasidagi harakatlardir.
Subyekti 16 yoshga to‘lgan aqli raso jismoniy shaxs.
Subyektiv tomondan qasddan qilingan harakatlardir. Shaxs garchi bunga ruxsati bo‘lmasa ham obyekt qurish maqsadida qurilishni ataylab amalga oshiradi.
1601-modda. Egasiz turar joylarni aniqlash, hisobga olish va davlat mulkiga o‘tkazish tartibini buzish
Fuqarolar tomonidan turar joylarni fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida vaqtincha bo‘sh turgan joy sifatida hisobga qo‘yish tartibini buzish — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Egasiz turar joylarni aniqlash, hisobga olish va davlat mulkiga o‘tkazish tartibini buzish — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
1601-modda. Egasiz turar joylarni aniqlash, hisobga olish va davlat mulkiga o‘tkazish tartibini buzish 1601-modda. Egasiz turar joylarni aniqlash, hisobga olish va davlat mulkiga o‘tkazish tartibini buzish
obyekti - egasiz turar joylarni aniqlash, hisobga olish va davlat mulkiga o‘tkazish tartibidir.
obyektiv tomondan egasiz turar joylarni aniqlash, hisobga olish va davlat mulkiga o‘tkazish tartibini buzishda ifodalanadi.
subyekti 16 yoshga to‘lgan fuqarolar va mansabdor shaxslar hisoblanadi.
01
02
03
subyektiv tomondan qasddan va ehtiyotsizlik yuzasidan sodir etilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |