O’quv-tarbiya jarayonida didaktik materiallar ishlab chiqish va undan
Mavjud vaziyat va dastlabki shart-
Download 244.23 Kb. Pdf ko'rish
|
Amaliy mashgulot №4
1. Mavjud vaziyat va dastlabki shart-
sharoitlarni; 2. O’quv maqsadlar va o’quv mazmunlarni belgilash; 3. Mashg’ulotlarni rejalashtirish 4. O’quv didaktik materiallarni tayyorlash; 5. Nazariy dars va instruktajni o’tkazish; 6. Bilim, ko’nikma va malakalarni baholash.
O’qituvchining mashg’ulotlarga tayyorgarlik ko’rishi haqida gap borganda, juda ko’p hollarda faqat bir o’quv kuni uchun zarur hamma narsalarni o’ylab olish, rejalashtirish va ta’minlashnigina nazarda tutiladi. O’qituvchi tayyorgarlikni yangi o’quv yili: boshlanmasdan oldin boshlaydi. Tabiiyki, tayyorgarlikning mazmuni tajribali va endigina o’qituvchilik qila boshlagan pedagoglar uchun turlicha bo’ladi. Ammo ishning bu bosqichi tajribasidan qat’iy nazar har bir o’qituvchi uchun majburiydir. Jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar yosh mutaxassislar oldiga yangi talablar qo’ymoqda. DTSida, o’quv reja va dasturlarda o’zgarishlar yuz bermoqda, ta’limning zamonaviy ta’lim texnologiyalari, axborot texnologiyalari paydo bo’lmoqda, yangi darsliklar va o’quv qo’llanmalari nashr etilmoqda. O’qituvchi mashg’ulotlarga tayyorgarlik ko’rayotganida bularning hammasini hisobga olishi lozim. O’qituvchining o’quv yiliga (yarim yillikka) tayyorgarligi O’qituvchi o’quv yiliga (yarim yillikka) tayyorlanayotganida fani bo’yicha o’quv reja va dasturini o’rganadi, boshqa fanlar (umumiy ta’lim, materialshunoslik, chizmachilik, elektrotexnika va boshqalar) dasturlari bilan tanishib chiqadi. O’qituvchilar o’quv dasturlarini o’rganayotganida ularga kiritilgan mavzularning ro’yxati va mazmuni bilan yaxshilab tanishadilar. Bu ularga har bir mavzuni o’rganish maqsadini aniq tasavvur etish, oldin o’tilgan o’quv materialini navbatdagi material bilan bog’lashni belgilab olish mashg’ulotlar o’tkazish uchun zarur o’quv ishlari, jihozlar, moslamalar, asbob-uskunalar va materiallarni anglab olish hamda ularni tayyorlash imkonini beradi. O’qituvchining dasturdagi navbatdagi mavzuni o’rganishga tayyorgarlik ko’rishi O’qituvchining o’quv dasturidagi navbatdagi mavzuni o’rganishga tayyorgarlik ko’rishi quyidagilardan iborat: - O’qituvchi mavzu o’quv materialining mazmunini tahlil qiladi, uni darslar (mashg’ulotlar) bo’yicha taqsimlab chiqadi va har bir darsga qo’yiladigan vazifalarni belgilab oladi; - Mavzuni o’rganish paytida o’quvchilar bajarishi lozim bo’lgan o’quv ishlarining mazmuni hamda miqdorini belgilab qo’yadi; - O’quv guruhining muayyan mavzuga doir ishlarini bajarish uchun o’quv moddiy ba’za tayyorlaydi. O’quv dasturlarining ko’pchilik mavzulari bir qancha ishlarni o’z ichiga oladi; - Bunday hollarda o’quv materiali mavzusi mavzuchalarga bo’lib chiqiladi. O’qituvchining navbatdagi darsga tayyorgarlik ko’rishi O’quv mashg’ulotiga tayyorgarlik ko’rish o’qituvchining butun tayyorgarlik ishining yakunlovchi va hal qiluvchi bosqichidir. O’quvchilarga ta’lim va tarbiya berish samarasi, ularning kasbga doir bilimlarni, ko’nikma hamda malakalarni chuqur va puxta o’zlashtirib olishlari, ularda faol ishtirok etishi hamda mustaqillikning rivojlanishi ana shu tayyorgarlikka bog’liqdir. O’qituvchining vazifasi har bir mashg’ulotga puxta tayyorlanishdir: 1. Mavjud vaziyat va dastlabki shart-sharoitlarni tahlil qilish; 2. O’quv maqsadlar va o’quv mazmunlarni belgilash; 3. O’quv jarayonlarni loyihalashtirish; 4. O’quv didaktik materiallarni tayyorlash; 5. Nazariy dars va konstruktajni o’tkazish; 6. Bilim, ko’nikma va malakalarni baholash.
1.3-chizma. Mashg’ulotlarga tayyoragarlik ko’rish bosqichlari. Ta’lim-tarbiya jarayoni sifati va samaradorligini oshirish ko’p jihatdan ko’rgazmali qurollar ya’ni ta’lim vositalari hamda o’qitishning texnika vositalari bilan qay darajada ta’minlanganligiga bog’liq bo’ladi. O’quv didaktik vositalar deganda – o’qitilishi va o’rganilishi lozim bo’lgan bilimlarni beruvchi har qanday axborot tashuvchi vositalar tushuniladi. Ular axborot olish va axborotni qayta ishlash uchun ishlatiladi. O’quv jarayonini sifat va samaradorligini oshirish ko’p jihatdan o’quv vositalari bilan qay darajada ta’minlanganligiga bog’liq bo’ladi. O’quv vositalarini odatda ikki turga bo’linadi:
1.4-chizma. Vositalar o’quv didaktik material sifatida. Download 244.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling