O‘quv-uslubiy boshqarma tomonidan ro‘yxatga olindi


I. TANISHUV MALAKAVIY AMALIYOTINING MAQSADI VA


Download 430.69 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/9
Sana24.12.2022
Hajmi430.69 Kb.
#1060908
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3-kurs sirtqi dastur

 
I. TANISHUV MALAKAVIY AMALIYOTINING MAQSADI VA 
VAZIFALARI 
Tanishuv malakaviy amaliyotining maqsadi talabalarda O‘zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligining hududiy moliya organlari faoliyati, tuzilmasi va 
xodimlarining xizmat vazifalari haqida kasbiy-amaliy bilimlarini shakllantirishdan 
iborat.
Talabalar tomonidan hududiy moliya organlarining tashkiliy tuzilishi
funksiyasi va vazifalari, asosiy ko‘rsatkichlari va statistik ma’lumotlari bilan 
tanishish amaliyotning asosiy vazifalari hisoblanadi. Shu bilan birga, amaliyot 
davrida talabalar amaliyot obyektining umumiy faoliyatida va jamoat ishlarida ham 
muntazam ishtirok etib borishlari maqsadga muvofiq. 
 
II. TANISHUV MALAKAVIY AMALIYOTI DAVRIDA TALABANING 
ISH JOYI VA VAQTNING TAQSIMLANISHI 
Tanishuv malakaviy amaliyotining dastlabki kuni hududiy moliya 
organlarining tashkiliy tuzilishi, bo‘limlari va sho‘balari ish faoliyati bilan 
tanishishdan boshlanadi. Amaliyot joyidan biriktirilgan mas’ul xodim talabaga 
amaliyot obyektining ichki intizomi, bo‘limlarning ish faoliyati to‘g‘risida qisqacha 
ma’lumot beradi. Amaliyot hududiy moliya organlarining barcha bo‘lim va 
sho‘balarida o‘tkaziladi. Talabadan amaliyot o‘tash davomida amaliyot o‘tiladigan 
har bir ish o‘rniga oid amaldagi huquqiy-me’yoriy hujjatlar, ularda 
foydalanilayotgan 
axborot-kommunikatsiya 
vositalari, 
zamonaviy 
veb-
texnologiyalarni qo‘llash asosida ishlab chiqilgan avtomatlashtirilgan dasturlari 
bilan tanishib chiqish talab etiladi. 
Talabaning tanishuv malakaviy amaliyotini o‘tash davri o‘quv jarayoni jadvali 
asosida belgilanib, quyidagicha taqsimlanadi (1-jadval): 



1-jadval
Amaliyot kunlari bo‘yicha mavzular va ularning taqsimoti 

Download 430.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling