O‘quv-uslubiy majmua 4-kurs VII semestrlar uchun Guliston – 2022


Download 377.39 Kb.
bet2/3
Sana25.02.2023
Hajmi377.39 Kb.
#1229672
TuriУчебно-методический комплекс
1   2   3
Bog'liq
TO\'M majmua

A.A.Taniberdiyev educational-methodological complex on the subject "Theory and technologies of children's physical education". Gulistan - 2022.
This teaching-methodological complex is intended for students studying in the direction of 60110900 - "Pre-school education", in which students are taught the fundamentals of higher education by distinguishing the relationships between processes, objects and events in the real world. is aimed at obtaining and includes the formation of competencies accepted as the basis for training highly qualified specialists. It consists of providing theoretical and practical knowledge in accordance with the requirements of State educational standards in the science of theory and technology of children's physical education.
The educational and methodological complex was recommended for publication by the Educational and Methodical Council of Gulistan State University with the decision of ___________ 2022 No. __.

Mualliflar:


A.A.Taniberdiyev GulDU, “Boshlang‘ich ta`lim metodikasi” . kafedrasi dotsenti (PhD)
SH.B.Qudratova GulDU, “Boshlang‘ich ta`lim metodikasi” . …………….. stajyor o‘qituvchisi



Taqrizchi:

Komilov J.K.

GulDU «Jismoniy madaniat nazariyasi va metodikasi» kafedrasi dotsenti, p.f.n.



MUNDARIJA

1. Kirish ..........................................................................................................


2. Nazariy materiallar (Ma’ruzalar kursi)…….……………………......……........
3. Amaliy ishlarni bajarish bo`yicha uslubiy ko‘rsatmalar……………...………
4. Seminar mashg`ulotlari……………………..…………....………….….….......
5. Mustaqil ta’lim bo‘yicha materiallar.............................................................
6. Glossariy.....................................................................................................
7. Test savollari...............................................................................................
8.Ilovalar……………………………………………………………………….....
9. Fan dasturi……………………………………………………………………..
10.Ishchi fan dasturi……………………………………………………………...
11.Taqdimotlar va multimediya vositalari (elektron shaklda)……………..….....
12.Qo‘shimcha didaktik materiallar………………………….…………………..

KIRISH
Rеspublikamizning birinchi Prеzidеnti I.Karimov: «Ta'limning yangi modеli jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxsning shakllanishiga olib kеladi. O‘zining qadr-qimmatini anglaydigan, irodasi baquvvat, iymoni butun, hayotda aniq maqsadiga ega bo‘lgan insonlarni tarbiyalash imkoniga ega bo‘lamiz»,-dеb qat'iy ishonch bildirgan edi. Bu asosiy qarash singdirilgan «Ta'lim to‘g‘risida»gi Qonunga asoslanib butun tarbiyashunoslik ilmi va amaliyoti sog’lom ruhiyatli shaxsni shakllantirish, unga jismoniy sifatlarni singdirish va botiniy kamolotini ta’minlash yo’liga tushdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-sonli Farmoni, prezident tomonidan 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining Davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 187-sonli qarori, “Ta’lim to‘g‘risida”gi 2020 yil 23 sentabrdagi O‘RQ- 673-sonli qonunning qabul qilinishi va boshqa tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda mazkur metodik majmua muayyan darajada xizmat qiladi.
Yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzalarida ta’kidlab o‘tganidek, “Ta’lim va tarbiya, ilm-fan, sog‘liqni saqlash, madaniyat va san’at, sportni rivojlantirish masalalari, yoshlarimizning chuqur bilimga ega bo‘lishi, chet tillarini va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini puxta egallashini ta’minlash doimiy ustuvor vazifamiz bo‘lib qoladi”1deya o‘z fikrida aynan bugungi kundagi davr talabiga ishora qilingan.
Umumta’lim maktablarida ham ta’lim sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan ishlar amalga oshirilmoqda va tubdan o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda. Hozirda har bir sinfga mo‘ljallangan fan dasturlari qayta tayyorlanib, yurtboshimiz tomonidan xalq ta’limi sohasi mutasaddi xodimlari oldiga amaldagi Davlat ta’lim standartlari o‘rniga Milliy o‘quv dastur ishlab chiqilishi masalasi belgilab berildi. “Bolalarning tahliliy va kreativ fikrlash qobiliyatini rivojlantirish uchun ularga sermazmun va tushunarli darsliklar yaratish zarur. Bu borada kelgusi o‘quv yilida boshlang‘ich sinflarda davlat ta’lim standarti o‘rniga, ilg‘or xorijiy tajriba asosida, bolaga ortiqcha yuklama bermaydigan “Milliy o‘quv dasturi” joriy etiladi,” - deya ta’kidladi yurtboshimiz 2020-yil Oliy Majlisga Murojaatnomasida. 3
Oliy ta’limning fundamentalligi real dunyodagi jarayonlar, ob’ektlar va hodisalar orasidagi munosabatlarni ajratib bila olishga yo‘naltirilgan bo‘lib, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashda asos sifatida qabul qilingan. Malaka talablari tayyorlanayotgan kadrlarning ko‘nikma va malakalariga yuqori talablarni qo‘ymoqda. Shu talablar zamonaviy sharoitlardan bevosita kelib chiqqan bo‘lib, ularning maqsadi ta’lim olayotgan yoshlardan milliy intellektual kadrlarni shakllantirishdan iborat. Gumanitar ta’lim yo‘nalishlari uchun qo‘yilgan malaka talablari ichida fanga doir talablar alohida o‘rin tutadi.
Bolalar jismoniy tarbiyasi nazariyasi va texnologiyalari fanining predmeti va asosiy tushunchalari, ilmiy-nazariy asoslari, tadqiqot metodlari, rivojlanish tizimi, ta’lim-tarbiya berish tamoyillari. Ta’lim metodlari va usullari, Jismoniy tarbiya vazifalari va vositalari, maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalarni rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari, Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar uchun gimnastika, Maktabgacha ta`lim yoshdagi bolalar uchun asosiy harakatlar, Umumrivojlantiruvchi mashqlar va ularning guruhlari, Harakatli o‘yinlar bolalarda jismoniy madaniyatni tarbiyalashning asosiy metodi va vositasi sifatida, Maktabgacha ta`lim yoshdagi bolalar uchun sport o‘yinlari, Maktabgacha ta`lim yoshdagi bolalar uchun sport mashqlari, Maktabgacha ta`lim maktablarida bolalar jismoniy tarbiyasini tashkil etish shakllari, Bolalarni kundalik hayotida jismoniy tarbiya bo‘yicha ishni tashkil etish, Jismoniy tarbiya bo‘yicha yo‘riqchining ish faoliyati, Maktabgacha ta`lim muassasalarida jismoniy tarbiya bo‘yicha ishni rcjalashtirish, Jismoniy tarbiya bo‘yicha niashg‘ulot ishlanmalarini tayyorlash metodikasi, Maktabgacha ta`lim yoshdagi bolalarni jismoniy rivojlanish, monitoringini olib borish, Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida sanitar gigienik sharoitlarga oid amaliy ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirishdan iborat.
Maktabgacha ta`lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlarni tayyorlashda jismoniy tarbiya nazariyasi, gimnastika, yengil atletika, harakatli o‘yinlar va sport o‘yinlari asosiy vosita hisoblanib, jismoniy sifatlarni rivojlantirish va tarbiyalash, fanning nazariy hamda amaliy bilim, ko‘nikma hamda malakalarini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bolalar jismoniy tarbiyasi nazariyasi va texnologiyalari fani asosiy ixtisoslik fan hisoblanib amaldagi o‘quv reja asosida 3-4 semestrlarda o‘qitiladi. Dasturni amalga oshirish o‘quv rejasida rejalashtirilgan umumiy psixologiya, umumiy pedagogika va boshqa umumkasbiy hamda ixtisoslik fanlaridan yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlikni talab etadi. Fan bo‘yicha ota-bobolarimiz o‘ynab kelgan o‘yinlarni tiklash, ta’lim muassasalarida o‘tkaziladigan jismoniy tarbiya darslarida harakatli o‘yinlarni tashkil qilish va o‘tkazishga o‘rgatish, uning estetik jihatlari, o‘yinlar orqali sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, jismoniy tarbiya darslarida jismoniy tarbiya nazariyasi, gimnastika, yengil atletika, sport o‘yinlarini tashkil qilish va o‘tkazishga o‘rgatish, sport o‘yinlari badminton, stol tennisi, futbol, voleybol, basketbol, qo‘l to‘pi o‘yinlarida hujum va himoya texnikasi hamda taktikasi bilan tanishtirish, o‘yinlarda qo‘llanadigan turli usullar, fintlar bilan amaliy tanishtirish, hakamlik qilish malakalarini shakllantirish, musobaqalar o‘tkazish usullarini va nizomlarini tuzishga o‘rgatish, bolalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va barkamol avlodni tarbiyalashga mos bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdir. Ma’ruza mashg‘ulotlarida o‘qitishning faol uslublaridan foydalangan holda nazariy bilim beriladi, amaliy mashg‘ulotlarda esa ma’ruza mashg‘ulotlarida egallangan bilimlarni amalda bajarib, ko‘nikma va malakalari shakllantiriladi.
Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakasiga quyidagi talablar qo‘yiladi. Talaba:
- bolalarni jismoniy tarbiyalash va uning nazariy asoslari; sport musobaqalari tizimi; jismoniy tarbiya vositalari va metodlari; gimnastika va yengil atletika mashqlarini o‘rgatish; jismoniy sifatlarni (kuch, tezkorlik, chaqqonlik, egiluvchanlik, chidamlilik) tarbiyalash; bolalarda yuklamaga umumiy tavsif haqida malakalarga ega bo‘lishi kerak.
O’quv uslubiy majmuaning asosiy maqsadi talabalarning mustaqil, faol va ijodiy bilim egallashlarini va amaliyotga tatbiq etishlarini ta’minlashdan iborat.


Download 377.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling