O’quv-uslubiy majmua 5130200 – Axborot tizimlaring matematik va dasturiy taminoti ta’lim yo’nalishi


Alohida tarjima qilinadigan modullar


Download 1.19 Mb.
bet20/90
Sana27.01.2023
Hajmi1.19 Mb.
#1133675
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   90
Bog'liq
O’quv-uslubiy majmua 5130200 – Axborot tizimlaring matematik va

Alohida tarjima qilinadigan modullar


Programma alohida modullarga bo’linadi. Har bir modul mustaqil tarjima qi- linadi. Modullar bajarish jarayonida birlashtiriladi va ijro etiladi.
UNIT tipidagi modul. Bu texnalogiyaning quyidagi qulayliklari mavjud.

  1. Programma bo’lak (modul) larga bo’linadi va tarjima qilinadi.

  2. Qismprogrammalar kutubxonasini yaratish mumkin.

  1. Standart modullardan foydalaniladi.

  2. Programma hajmini kengaytirish mumkin.

Paskal oilasidagi tizimlar muhitida modulning umumiy strukturasi quyidagicha. Unit moduli – bu maxsus shaklda tashkil qilingan kutubxona bo’lib unda kon- stanta, turlar, o’zgaruvchilar, protsedura va funksiyalar saqlanadi. Bunday moduln- ing programmadan asosiy farqi shundan iboratkim, u mustaqil ishga tayyor-
lanmaydi. Faqat boshqa mustaqil programmalar tarkibida ishlashga da’vat etiladi.
Unit modulining umumiy strukturasi quyidagichadir [4]. Unit ;
interface {e’lonlar bo’limi boshlanishi}
USES {boshqa mod1, mod2, … , modn- larni bog’lash} Const
Type
Var
{shu modulda ishlatiladigan protseduralar (funksiyalar) sarlavhalari} im- plementation {ishlab chiqarish bo’limi}
Uses {modullar ro’yxati} Const Type
Var Label
begin
end.
Ko’rinib turibdikim, modul to’rtta qismga bo’linadi.

  1. Modul sarlavhasi (unit nom);

  2. Interfeys, ya’ni e’lonlar bo’limi (interface);

  1. Ishlab chiqarish bo’limi (implementation);

  2. Ishga yurgizish bo’limi (begin va end orasida);

Modulni komplyatsiya qilish natijasida, masalan, TPas muhitida .tpu kengaymali (ya’ni Turbo Pascal Unit) fayl hosil bo’ladi. Modulni programma yoki boshqa modulda ishlatish uchun uning nomini uses direktivasiga ko’rsatish kifoya.
Masalan, uses mod1, mod2;
Bundan keyin mod1 va mod2 modullardagi hamma ob’ektlar (konstanta, tur, o’zgaruvchi, nishon, protsedura va funksiyalar) qo’llashga tayyor bo’ladi.
Programmalarni modulli tashkil qilish ikkita asosiy qulaylikka olib keladi.

Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling