Ma’ruza bayoni
Foydalanuvchi iterfeysi va unga qo’yiladigan talablar. Ixtiyoriy programma tiz- imini ikkita kriteriya asosida baholash mumkin. Birinchisi, aniqlik, ya’ni berilgan ma’lumotlar asosida aniq natijalar olish. Ikkinchisi, qulaylik, ya’ni tizim yoki pro- gramma bilian ishlash qulayligi. Bu xususiyat asosan tizim bilan foyda -lanuvchi orasidagi hamkorlik - foydalanuvchi interfeysi bilan xarakterlanadi [4].
Programma ta’minotini yaratishda interfeys elementlarini, ya’ni kiritilishi va chiqarilishi kerak bo’lgan ma’lumotlar to’plami va ko’rinishini alohida loyihalash maqsadga muvofiq. Muloqot ko’rinishini tabiiy, foydalanuvchiga tushunarli va ixcham tashkil qilinadi.
Agar tizim murakkab iyerarxik strukturaga ega bo’lsa, u holda foydalanuvchi ixtiyoriy paytda strukturaning qaysi bosqichida ishlayotganligini bilishi kerak.
Interfeysga qo’yiladigan talablarning yana bittasi bu adaptatsiya konsepsiya- sidir, ya’ni muloqot strukturasini foydalanuvchi talablariga mutobiqlanishi hisoblanadi.
Foydalanuvchi interfeysini loyihalashda muloqotni tasvirlash katta rol o’ynaydi.
Bu yerda quyidagi talablar va prinsiplar ishlatiladi.
Ekran maketi. Ekranning (monitorning) pozisiya va formatlar maydoni. Maket muloqotning bir fragmentini akslantiradi.
O’tish turlari yoki holatlar diagrammasi. Har bir holat graf uchlari bilan xa- rakterlanadi. Uchlar, ya’ni nuqtalar tizimining foydalanuvchiga yoki foyda- lanuvchining tizimga beradigan ma’lumotlarni bildiradi. Murakkab tizimlar- ga muloqot to’rlari qismiy to’rlarga ajratiladi.
O’tish to’rlarida ularning uchta turini ajratish mumkin:
d) sO’tish shartlari asosan kirish tilida yozilgan fragmentlar yordamida tashkil qilinadi. Ana shu fragmentlarni leksik, sintaktik va semantik tahlil qilish na- tijasida muloqot sxemasi boshqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |