Optilizator. (Optimallovchi). Programma tarjima qilingandan keyin hamma vaqt ixcham va qulay bo’lmaydi. Hosil hosil bo’lgan obekt mod- ullarni optimallashtirish ( ixchamlash, to’g’irlash, unumdorligini oshirish ) shu modul yordamida bajariladi.
Dispetcher.foydalanuvchi bilan muloqat qilish va boshqa modullarni ishini boshqarish uchun ishlatiladigan modul. Dispetcherni monitor ham deyiladi.
Yordamchi qismsistema.(Help subsystem)
Tizimni kirish tili, xatolar haqida ma’lumot va foydalanuvchilar guruhlari uchun turli yordamchi malumotlarni saqlaydi.
Bulardan tashqari, har bir programmalash tizimi boshqa komponentalar- ni o’z ichiga olish mumkin.
Integrallashgan programmalash tizimlari.
Hozirgi paytda programmalash tizimlari asosan integrallashgan (birlash- gan) shaklda tashkil qilinadi. Bunday tizimlarni Turbo Tizimlar ham deyiladi. Aytib o’tish joyizki SHEHM turbo rejimi va turbo tizim tushun- chalari bir –biridan katta farq qiladi.
SHEHM turbo rejimi uning oddiy rejimidan farq qiladi. Bu farq takt chastotasi bilan bog’liq.(takt:prosessorning har bir komandasi bitta yoki bir nechta takt mobaynida bajariladi). Yani Turbo rejimida takt chastotasi
(M Hz,G Hz) ancha ko’tariladi.
Turbotizim - integrallashgan tizim bo’lib programmani tayyorlash, taxlash va natija olish uchun tahrirlovchi,translyator, aloqalarni tashkil qiluvchi modul cheklovchi va yordamchi qism sistemalar yagona kompleks(majmua) si- fatida tashkil qilingan. Tizim bilan ish menyu-muloqat shaklida olib boriladi. Turbo tizimlar 150-350 kb qo’shimcha xotirani talab qiladi. Turbo tizimlardan Turbo Pascal, Turbo Ci, Turbo assemblerni keltirish mumkin. Turbo tizimlar asosida yangi programmalash muhitlari(visual, obektga mo’ljallangan, case- texnologyalar) ishlab chiqilgan.
Translyatorlar turi va strukturasi.
Translyator – sistemaviy programma bo’lib programmani bir (bosh- lang’ich) tildan boshqa natijaviy, chiqarish) tilga tarjima qiladi. Yuqori darajali tillardan mashina yoki mashinaga mo’ljallangan tilga tarjima qiladigan translya- torlar(tarjimonlar) ko’proq tarqalgandir.
a)
b)
Do'stlaringiz bilan baham: |