O’quv uslubiy majmua bilim sohasi: 200000 Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq Ta’lim sohasi


Download 1.96 Mb.
bet2/95
Sana21.11.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1793123
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   95
Bog'liq
Ishlab ciqarish menejmenti UMK 2023

Ma’ruzalar mavzulari va matni


1-Mavzu. Ishlab chiqarishni tashkil etish va biznes-rejalashtirishning mazmuni va vazifalari
Reja:

  1. «Ishlab chiqarish menejmenti» faninig predmeti, vazifalari va metodi.

  2. «Ishlab chiqarish menejmenti» fanining ob’ekti.

  3. «Ishlab chiqarish menejmenti» fanining vazifalari va boshqa fanlar bilan bog’liqligi.




  1. «Ishlab chiqarish menejmenti» faninig predmeti, vazifalari va metodi.

Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, kelgusida milliy iqtisodiyotimiz tarmoqlarini mutanosib rivojlantirishni yangi bosqichga ko’tarish davr talabi sifatida yangi taraqqiyotga etaklovchi yangi g’oyalarga ehtiyoj paydo boldi. Shuning uchun ham ohirgi dastlabki besh yillikda “Yangi O’zbekistonda-yangicha taraqqiyot yoliga bag’ishlangan-2017-2022 yillarga mo’ljallangan-rivojlanishning Xarakatlar strategiyasi”da belgilangan strategik maqsadlarni o’zichiga olgan dastlabki muhim yillar davomida saqlanib kelayotgan dolzarb vazifalarni amalga oshirilishi bilan xarakterlanadi. Galdagi vazifa- kelgusi 2022-2026 yillarda amalga oshirilishi lozim bolgan masalalarni o’z ichiga oladi. Hususan, O’zbekiston Rrspublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-sonli qarori bilan tasdiqlangan: “2022-2026 yillarga mo’ljallangan yangi O’zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi” avvalgi Xarakatlar srtategiyasining uzviy davomi sifatida 100 lab maqsadlarga yo’g’rilgan hayotiy dolzarb vazifalarni qamrab olganligi bilan ahamiyatlidi. Jumladan, mazkur Taraqqiyot strategiyasining III-bo’lim 21-maqsadida ta’kidlanadiki,”…Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirishvayuqori o’sish sur’atlarini ta’minlash” orqali kelgusi besh yilda aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulotni-1,6 barobar va 2030yilga borib aholi jon boshiga to’g’ri keladigan daromadni 4000 AQSH dollaridan oshirish hamda “daromadi o’rtachadan yuqori bo’lgan davlatlar” qatoriga kirish uchun mustahkam za’min yaratiladi va natijada iqtisodiyotimiz barch tarmoqlari kabi sanoatimiz ham yanada rivojlanib bormoqda. Bozor iqtisodiyotiga o’tishda, mamlakatni ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan taraqqiy ettirishda va shu asosda jamiyat a’zolarining moddiy va ma’naviy farovonligini ta’minlashda iqtisodiyotning etakchi tarmog’i bo’lgan sanoat alohida o’rin egallaydi. Bu muhim coha iqtisodiy asoslarining nazariy, amaliy moxiyati va ahamiyatini tushunadigan, bu boradagi barcha yangilik va tashkiliy o’zgarishlarni his eta oladigan Menejment bo’yicha bakalavr mutaxassislarni tayyorlashda «Ishlab chiqarish menejmenti» fani alohida ahamiyat kasb etadi.


Bu fanning asosiy maqsadi, talabalarda zamonaviy iqtisodiy fikrlashni, mamlakat milliy iqtisodi, ijtimoiy ishlab chiqarish tizimida korxona majmuining egallagan o’rnini tavsiflash, xalq xo’jaligi va aholining sanoat mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojlarini to’laroq qondirish, fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish va ishlab chiqarish korxonalarida samaradorlikni oshirish zaruriyati to’g’risidagi umumlashgan tasavvurni shakllantirishdan iborat.
«Ishlab chiqarish menejmenti» fani talabalarga nafaqat muayyan axborot, ma’lumotlar, bilim va ilm berishi, balki ularni o’z faoliyatining eng muhim yo’nalishlarini to’g’ri tanlab olishga, murakkab iqtisodiy muammolarning schimini topa bilishga o’rgatishi kerak.
Talabalarning bu fan bo’yicha bilimlari, ustaliklari, bilimdonliklari va malakalarini shakllantirish asosini ma’ruzalar, amaliy mashg’ulot, mustaqil ish va ilmiy tadqiqotlarda qatnashishini tashkil etadi. Ma’ruzalar talabalarga nazariyaning asosiy negizlarini yoritib bersa, ssminar va amaliy mashg’ulotlar ma’ruza materiallarini mustaxkamlashga, fanni chuqur o’rganishga, materialni yozma va og’zaki bayon etish san’atini egallashga yordam beradi.
«Ishlab chiqarish menejmenti» fani umumiqtisodny mutaxassislik bo’yicha iqtisodiy xodimlar tayyorlash va qayta tayyorlash uchun iqtisodiy fanlardan biri bo’lgani uchun uni o’qitish aloxida amalga oshirilishi zarur.
Ishlab chiqarish - bu, jamiyat a’zolarining yashashi, mamlakatlarning rivoji, taraqqiyoti uchun zarur bo’lgan moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratish jarayonidir. Kishilik jamiyati taraqqiyotining hamma bosqichlarida ishlab chiqarish bo’lgan va kelgusida ham bo’ladi. Jamiyat iste’mol qilmasdan tura olmaganidek, ishlab chiqarmasdan ham tura olmaydi. Ishlab chiqarish jamiyat miqyosida ro’y beradi. Mutafakkirlar, olimu fuqarolar jamiyat bilan bog’lanmagan ishlab chiqarish bo’lishi mumkin emasligini, ishlab chiqarish doimo muayyan tarixiy va ijtimoiy ekanligini ilmiy ravishda isbotlab berganlar.
Ishlab chiqarish jamiyat miqyosida ro’y bergani tufayli uni ijtimoiy ishlab chiqarish deb ataydilar. Ijtimoiy ishlab chiqarish o’zining bir-birini takozo qiluvchi ikki tomoni - ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlari bilan ifodalanadi. Ularning birligi ishlab chiqarish usulini tashkil etadi.
Ijtimoiy ishlab chiqarish jarayon sifatida rivojlanadi va takomillashib boradi. Ishlab chiqarish jamiyat taraqqiyotining, ijtimoiy tuzilishini, g’oyaviy qarashlarini, siyosiy tashkilotlarini belgilab beradi. Ijtimoiy ishlab chiqarishning tavsifi asosida jamiyat ustqurtmasi tashkil topadi. Ijtimoiy ishlab chiqarishning xarakteri ishchi kuchi bilan ishlab chiqarish vositalarining qo’shilish xarakteriga qarab belgilanadi. Ishlab chiqarishning ijtimoiy shakllari qanday bo’lsa ham, xodimlar va ishlab chiqarish vositalari hamisha shu ishlab chiqarishning omillari bo’lib qolaveradi. Umuman, ishlab chiqarish uchun ular qo’shilishi kerak. Ijtimoiy tuzumning ayrim iqtisodiy davrlari ana shu qo’shilishning alohida xususiyatiga va qanday usul bilan amalga oshirilshiga qarab bir-biridan farq qiladn.
Ishlab chiqarish muayyan ishlab chiqarish usuliga xos ob’ektiv iqtisodiy qonunlarga muvofiq taraqqiy etadi. Ishlab chiqarishning rivojlanishi, avvalo, mehnat qurollarining o’zgarishi va mukammallashishi bilan kishilarning ishlab chiqarish munosabatlarida ham o’zgarish sodir bo’ladi. Bu jarayonda insonlar o’rtasidagi munosabatlar kengayadi va chuqurlashadi. Ishlab chiqarishning rivojlanishini ta’minlash uchun uni tashkil etish va boshqarish, kelajagini bashorat qilish, hozirgi ahvolini tahlil etish va natijalarini xisob-kitob qilish kerak bo’ladi.
Ushbu fan ishlab chiqarishni tashkil etishga bag’ishlanganligi uchun bu yerda «Ishlab chiqarish menejmenti» tushunchasiga ta’rif berish zarur.
«Ishlab chiqarish menejmenti» - bu, jonli mehnat jarayoni bilan ishlab chiqarish elsmentlaridan (mashina mexanizmlar, asbob-uskunalar hamda boshqa mehnat qurilmalari) foydalanib ishlab chiqarish jarayonini samarali va oqilona tashkil etishdir. Ishlab chiqarish menejmentida ishlab chiqarishni tashkil etish muxim o’rin tutadi. Ishlab chiqarishni tashkil etishdan maqsad korxona uchun ajratilgan moddiy, mehnat va moliyaviy imkoniyatlardan mumkin qadar yaxshiroq foydalansh, reja topshiriqlarini eng yaxshi ko’rsatkichlar bilan boshqarishdir.
Ishlab chiqarishni tashkil etish ilm-fan sifatida tushunilganda uning vazifasi ijtimoiy ishlab chiqarishda va uning tarmoqlarida jamiyatning iqtisodiy qonunlarini qo’llash yo’llarini hamda shu qonunlarga asoslangan xolda davlatniig xo’jalik tizimini hayotga tatbiq etish usullarini o’rganishdan iborat. Ishlab chiqarishni tashkil etish ishlab chiqarishning eng ma’qul usullarini, zarur asbob-uskunalarini tanlash, turli ishlab chiqarish sohalarining mutanosib va uzluksiz ishlashini ta’minlash, ishlab chiqarish grafigining buzilishiga yo’l qo’ymaslik, korxona va tsexlarda ishlab chiqarish estetikasi, sanitariyasi, mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi talablariga mos keladigai sharoitlarni yaratish, demakdir.
Ishlab chiqarishni tashkil etish va uni yuksak darajaga ko’tarishda rejalashtirish muhim ahamiyatga ega. Rejalashtirish tufayli ishlab chiqarish jarayoni boshqariladi va tartibga solib turiladi.
Respublika Prezidentining bir qator Farmonlarida, turli yig’inlardagi ma’ruzalarida, Vazirlar Maxkamasining qarorlarida ishlab chiqarishni tashkil etishni yanada rivojlantirishga qaratilgan tadbirlar mukammal ko’rsatilgan.



Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling