O’quv uslubiy majmua bilim sohasi: 200000 Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq Ta’lim sohasi


Ishlab chiqarish korxonasi va ularning asosiy vazifalari


Download 1.96 Mb.
bet6/95
Sana21.11.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1793123
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   95
Bog'liq
Ishlab ciqarish menejmenti UMK 2023

Ishlab chiqarish korxonasi va ularning asosiy vazifalari.

Zamonaviy korxonalarning ko’n qirrrali faoliyati yuqorida sanab o’tilgan yo’nalishlar bilangina cheklanib qolmaydi. Amaliyotda ular fan-texnika taraqqiyoti va davlat tomonidan amalga oshirilayotgan iqtisodiy siyosatning yangi talablari bilan to’ldirilishi mumkin. Biroq, yuqorida aytib o’tilganlardan qat’iy nazar, xo’jalik rivojlanishining har bir bosqichida korxonalar faoliyati quyidagi vazifalarni bajarishga qaratilishi zarur:


-korxona egasining daromad olishi;
-iste’molchilarni ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bilan ta’minlash;
-xodimlarni ish xaqi bilan ta’minlash;
-korxonaga yaqin joylarda yashovchi aholi uchun ish joylari yaratish;
-atrof-muhitni muhofaza qilish;
-korxona faoliyatida to’xtab qolishga yo’l qo’ymaslik;
-ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish shakllarini mukammallashtirish;
-ishlab chiqarishniig barcha bosqichlarida tejamkorlikka rioya qilish.
Xo’jalik faoliyatining joriy va istiqboldagi vazifalarini bajarish korxonalardan quyidagi funktsiyalarni amalga oshirishni talab qiladi:
-ishlab chiqarish va shaxsiy iste’mol uchun mahsulotlarni tayyorlash;
-mahsulotlarni iste’molchilarga sotish va yetkazib berish;
-sotuvdan keyin xizmat ko’rsatish;
-ishlab chiqarishning moddiy-texnika asosini ta’minlash;
-xodimlar mehnatini tashkil qilish va boshqalar;
-soliqlarni to’lash, byudjetga to’lanuvchi ixtiyoriy yoki majburiy badal va to’lovlarni amalga oshirish ;
-amaldagi standartlar, me’yorlar va davlat tomonidan chiqarilgan qonun-qoidalarga rioya qilish.
Bu vazifalar korxonalarning xajmi, qaysi tarmoqqa mansubligi, ijtimoiy infratuzilmaning mavjudligi, maxalliy hokimiyat idoralari bilan munosabatlarga asoslanib aniqlashtiriladi. Bugungi bozor iqtisodiyoti va fan-texnika taraqqiyoti korxonalarning amalga oshiruvchi vazifalarini kengaytirishi hamda ularning faoliyatidagi ishlab chiqarish ko’rsatkichlarini yanada yaxshilash uchun yangi vazifalar belgilab berishi mumkin.




    1. Download 1.96 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling