O’quv uslubiy majmua bilim sohasi: 200000 Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq Ta’lim sohasi


-mavzu: Ishlab chiqarish boshqarish ob’ekti sifatida


Download 1.96 Mb.
bet23/95
Sana21.11.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1793123
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   95
Bog'liq
Ishlab ciqarish menejmenti UMK 2023

6-mavzu: Ishlab chiqarish boshqarish ob’ekti sifatida.
Reja:

  1. Ishlab chiqarish boshqarish ob’ekti sifatida, asosiy va yordamchi tsexlar,asosiy ishlab chiqarishni tsexlar orqali sistemali tasvirlash.

  2. Ishlab chiqarishni boshqarish.Ishlab chiqarish boshqarishni maqsad va vazifalari.

  3. Ishlab chiqarish boshqarish fuktsiyalari, tashkil qilish funktsiyalari, me’yorlashtirish funktsiyalari.




  1. Ishlab chiqarish boshqarish ob’ekti sifatida, asosiy va yordamchi tsexlar, asosiy ishlab chiqarishni tsexlar orqali sistemali tasvirlash.

Sanoat korxonalarida boshqarishning ob’ekti ishlab chiqarish hisoblanadi. Mahsulotlar ishlab chiqariladigan jarayonlar boshqariladi. Ishlab chiqarish samarali xolda amalga oshirilishi uchun u oqilona tarzda boshqarilishi, tashkil etilishi, nazorat qilinshi va boshqaruvning boshqa funktsiyalarini bajarilishi talab etiladi.


2022 yili Harakatlar strategiyasining uzviy davomi o’laroq, O’zbekistonning kelajagi bilan bevosita bog’liq bo’lgan eng muhim hujjat – O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «2022–2026 yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to’g’risida»gi Farmoni qabul qilindi. Bu bilan, kelgusi 5 yilga mo’ljallangan Taraqqiyot strategiyasi tasdiqlandi. Taraqqiyot strategiyasini amalga oshirishning ilk yili – 2022 yilda amalga oshirilishi belgilab olingan vazifalarga ajratilayotgan mablag’lar miqdorining ham bir necha barobar ortganligini ko’rish mumkin. Xususan, Taraqqiyot strategiyasini joriy yilda amalga oshirish bo’yicha Davlat dasturida umumiy qiymati 55 trln. so’m va 11,7 mlrd. dollarlik 398 ta chora-tadbirning ko’zda tutilganligi bunga yaqqol misol bo’la oladi. Vaholanki, 2021 yilda belgilangan davlat dasturini bajarish uchun 29 trln. 492,7 mlrd. so’m va 2 mlrd. 600,4 mln. AQSH dollari, 2020 yildagi davlat dasturini bajarish uchun esa 18 trln. 171,4 mlrd. so’m va 10 mlrd. 301,5 mln. AQSH dollari ajratilgan edi.
Taraqqiyot strategiyasining yo’nalishlari etib quyidagilar belgilandi:
inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish (12 ta maqsad);
mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish (8 ta maqsad);
milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o’sish sur’atlarini ta’minlash (16 ta maqsad);
adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish (34 ta maqsad);
ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish (8 ta maqsad);
milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga yondashish (10 ta maqsad);
mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish (12 ta maqsad).
Mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishi uning tarmoq va sohalarining rivojlanishiga bog’liq bo’lib, ularning samaradorligi menejment faoliyatiga bog’liq bo’ladi. Menejment nazariy jixatdan nisbatan yangi bo’lgani bilan, amaliy jihatdan uning ildizlari qadim-qadimlarga ketadi. Misr ehromlari, Samarqand va Buxoro minoralari, tarixiy obidalar, Temur bog’lari, turli davrlarda bo’lib o’tgan urushlar barchasi boshqaruvning natijasidir. Boshqaruv orqali bu ishlar amalga oshiriladi. Ko’pchilik birgalikda faoliyat ko’rsatar ekan, ularning faoliyati boshqaruvga muxtojdir. Ulardagi odamlarning, bo’limlarning harakatlarini bir-biriga muvofiqlashtirish boshqaruv jarayoni natijasida amalga oshadi. Boshqaruvsiz hech qanday faoliyat amalga oshmaydi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarda boshqaruv faoliyatining ahamiyati yanada ortib ketdi. Menejment - bozor iqtisodiyoti sharoitida mavjud iqtisodiy resurslardan samarli tarzda foydalangan holda qo’yilgan maqsadlarga erishishni ta’minlaydigan mustaqil faoliyat turidir. Uni amalga oshirishda menejmentning iqtisodiy mexanizmining usullari, funktsiyalari va tamoyillaridan foydalaniladi.
Bozor sharoitida boshqarish - menejment quyidagilarni anglatadi:

  1. Tashkilot faoliyatini bozor talabi va ehtiyojlariga yo’naltirilganligiga, aniq iste’molchilar hoxishlarini inobatga olish va talab yuqori bo’lgan mahsulot turini ishlab chiqarishni tashkil etish.

2. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga, kam harajatlar bilan eng yaxshi natijalarga erishishga muntazam harakat qilish.
3. Korxona, tashkilot faoliyatining yakuniy natijalari uchun mas’ul bo’lgan shaxslarga qaror qabul qilish, erkinligini beruvchi xo’jalik mustaqilligiga ega bo’lish.
4. Bozordagi holatga mos ravishda maqsadlar va dasturlarni muntazam ravishda moslashtirib borish.
5. Asoslangan va aniq qarorlar qabul qilishda komp’yuter texnikasidan foydalangan holda zamonaviy axborot asoslaridan hamda manbalaridan foydalanish.
Menejment – bu oldingizga qo’yilgan maqsadlarga erishishdir. Asrimizning 60-yillarida menejment amerikacha boshqaruv deb tushunilgan, keyinchalik «ilmiy boshqaruv» deb yuritilgan. AQSHda hozirgi zamon boshqaruvi asr boshida vujudga kelgan deb hisoblanadi va F.Teylor nomi bilan boshlanadi. F.Teylor «boshqaruv aniq qonun va qoidalarga tayanadigan haqiqiy ilmdir» degan edi.
«Menejment» so’zi ingliz tilining Oksford lug’atida 2 ta ma’noga ega:

  1. Boshqaruv hokimiyati va san’ati;

  2. Tashkilot resurslarini boshqaruv bo’yicha alohida ko’nikmalar va mohirlik.

Jamiyatning har bir a’zosi yangi bilimlarni egallashi va undan xayotda foydalanishni bilishi zarur. Bu bilimlar ichida menejment muhim o’rinni egallaydi.
Menejment-bu oldingizga quyilgan maqsadlarga erishishdir.
Menejment-bu boshqarishdir, turli tashkilotlardagi kishilar faoliyatini boshqarish.
Har qanday sohada ish yuritishning asosiy elementi menejmentdir. Korxona boshqarayotgan kishiga korxona faoliyati har tomonlama bog’liqdir. Korxonani boshqaruvchilar tarkibini har tomonlama chuqur tahlil qilgan xolda ko’rib chiqish zarurdir. Korxona ishini tashkil qilish va boshqarishda ana shu rahbarlar qobiliyatiga yarasha biznes-reja to’ziladi va uni amalga oshiriladi. Ishni amalga oshirishda menejment eng muxim omildir. Agar rahbarga yetarli darajada maslahat, tajriba va bilim bo’lmasa, qiyinchilik bilan topilgan mablag’ni tezda yo’qotish mumkin.
Korxona ishini yuritishda quyidagi to’rt xolatga e’tibor berish zarur:

  1. Har bir rahbar xodim to’g’risida aniq ma’lumotga ega bo’lish.

  2. Barcha asosiy rahbarlar tajribasini yangi o’zgarishlarga moslashtirish imkoni.

  3. Rahbar xodimlarning xizmat majburiyatlar, ish haqlari va boshqa rag’batlari.

  4. Zarur bo’lgan xollarda menejment bo’yicha chetdan qanday yordam olishingiz mumkinligi.





  1. Download 1.96 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling