O’quv uslubiy majmua bilim sohasi: 200000 Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq Ta’lim sohasi


-mavzu: Ishlab chiqarish korxonalarida


Download 1.96 Mb.
bet39/95
Sana21.11.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1793123
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   95
Bog'liq
Ishlab ciqarish menejmenti UMK 2023

10-mavzu: Ishlab chiqarish korxonalarida ta’mir xo’jaligi ishini tashkil etish


Korxonaning yordamchi tsexlari va xo’jaliklari tarkibi hamda xususiyatlari
Ishlab chiqarish jarayoni asosiy jarayonlar bplan bir qatorda xomashyo, material va buyumlarni yuklash, tushirish, ularga birinchi ishlov berish va ishlab chiqarish tsexlariga eltib berish, shuningdek, xomashyo, yarim tayyor mahsulotlar, buyumlar, tayyor mahsulotlarni tashish va joylash, tayyorlash jarayoni va mahsulot sifatini nazorat etish, o’rash va jo’natish, ishlab chiqarish chiqindilarini yig’ib olish va ish joylarini tozalash va boshqa yordamchi jarayonlarni o’z ichiga oladi. SHuning uchun har qaysi sanoat korxonasining tarkibida yordamchi pshlab chiqarish tsexlari, bo’linma va xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar tashkil etiladi.
Korxonaning yordamchi xo’jaliklariga ta’mirlash, energetika, asbob-uskuna va sanoat tarmog’ining o’znga xos xo’jaliklari (transport, ombor) va xizmat ko’rsatuvchi bo’limlar taalluqlidir.
Sanoat ishlab chiqarishi yordamchi va xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklarining asosiy vazifasi ishlab chiqarish jarayonlari uzluksizligini ta’minlab, sodir bo’ladigan ba’zi cheklanishlarni bartaraf etishdir.
Yordamchi tsex va xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar, birinchi navbatda, asbob-uskuna va ta’mirlash tsexlari, yangi mahsulot ishlab chiqarishni tayyorlash, texnika, texnologiya va ishlab chiqarishni takomillashtirishda juda muxim ahamiyat kasb etadi. SHu tsexlar yordamida yangi turdagi mahsulotni texnikaviy tayyorlash, tsex va uchastkalarni rekonstruktsiyalash, ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish amalga oshiriladi.
Ammo, yordamchi tsex va xo’jaliklarning o’zlari texnikaviy, tashkiliy taraqqiyoti darajasi bo’yicha asosiy ishlab chiqarishdan ancha orqada qolib kelmoqdalar. Yordamchi tsexlar va xo’jaliklar ixtisoslashish darajasining pastligi, bajariladigan ishlar universalligi va buning asosida ishlab chiqarishni tashkil etishning kichik seriyali va individual turi, kam unumdorlikka ega bo’lgan universal jihozlardan va qo’l mehnatidan keng qo’llanish xususiyatlari bo’yicha asosiy bo’limlardan farqlanadilar. Aytilganlardan shu xulosa kelib chiqadiki, sanoat samaradorligini oshirish yordamchi tsex va xo’jaliklarning texnik jihatdan qurollanishini takomillashtirish bilan sezilarli darajada bog’liq.

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling