O’quv uslubiy majmua bilim sohasi: 200000 Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq Ta’lim sohasi


Download 1.96 Mb.
bet93/95
Sana21.11.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1793123
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   95
Bog'liq
Ishlab ciqarish menejmenti UMK 2023

Oraliq nazorat

20

Taqdimot shaklida (kichik guruhlarda ishlash)

Akademik o’quv yili grafigi bo’yicha

Yakuniy nazorat

50

Yozma ish

Akademik o’quv yili grafigi bo’yicha

Jami

100







Talabaning semestr davomida fan boʼyicha toʼplagan umumiy balli har bir nazorat turidan belgilangan qoidalarga muvofiq quyidagi formula orqali hisoblanadi:




YaB = JN+ON+YaN
bu yerda: JN – joriy nazorat; ON – oraliq nazorat; YaN – yakuniy nazorat.
Eslatma: dars mashgʼultotlaridagi ishtiroki, joriy nazorat va oraliq nazoratlar uchun ajratilgan jami ballar (50 ball) ning kamida 60 foizini toʼplay olmagan talabaning yakuniy nazoratga kirishiga ruxsat berilmaydi. Shuningdek, yakuniy nazorat uchun ajratilgan jami 50 ballning kamida 60 foizini to’play olmagan talaba akademik qarzdor hisoblanadi.
Oraliq va joriy nazorat turlarini o’tkazish va mazkur nazorat turi bo’yicha talabaning bilimini baholash tegishli fan bo’yicha o’quv mashg’ulotlarini olib borgan professor-o’qituvchi tomonidan amalga oshiriladi.
Talabalar bilimini baholash tegishli fan bo’yicha professor-o’qituvchi tomonidan talabalarning fanlarni o’zlashtirishini hisobga olish tizimida qayd etib boriladi.
Talaba tegishli fan bo’yicha yakuniy nazorat turi o’tkaziladigan muddatga qadar oraliq va joriy nazorat turini topshirgan bo’lishlari shart.
Yakuniy nazorat turi semestr yakunida tegishli fan bo’yicha talabaning nazariy bilim va amaliy ko’nikmalarini o’zlashtirish darajasini aniqlash maqsadida o’tkaziladi. Yakuniy nazorat turini o’tkazish shakli tegishli fan bo’yicha kafedra tomonidan belgilanadi.
Yakuniy nazorat turi institutning tegishli fakultet dekani yoki o’quv-uslubiy bo’lim tomonidan ishlab chiqiladigan hamda o’quv ishlari bo’yicha prorektor tomonidan tasdiqlanadigan yakuniy nazorat turlarini o’tkazish jadvaliga muvofiq o’tkaziladi.
Yakuniy nazorat turini o’tkazish va mazkur nazorat turi bo’yicha talabaning bilimini baholash o’quv mashg’ulotlarini olib bormagan professor-o’qituvchi tomonidan amalga oshiriladi. Tegishli fan bo’yicha o’quv mashg’ulotlarini olib borgan professor-o’qituvchi yakuniy nazorat turini o’tkazishda ishtirok etishi taqiqlanadi.
Yuqoridagi eslatmaga muvofiq, oraliq va joriy nazorat turini topshirmagan, shuningdek ushbu nazorat turlari bo’yicha «2» (qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba yakuniy nazorat turiga kiritilmaydi. Yakuniy nazorat turiga kirmagan yoki kiritilmagan, shuningdek ushbu nazorat turi bo’yicha «2» (qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba akademik qarzdor hisoblanadi.
Talaba uzrli sabablarga ko’ra oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turiga kirmagan taqdirda ushbu talabaga tegishli nazorat turini qayta topshirishga fakultet dekanining farmoyishi asosida ruxsat beriladi. Talaba uchun berilgan muddat davomida oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turini qayta topshirishi kerak.
Talaba oraliq nazoratini fan o’qituvchisiga va yakuniy nazorat turini esa kafedra mudiri tomonidan tashkil etilgan komissiyaga topshirishdi. Komissiya tarkibi tegishli fan bo’yicha professor-o’qituvchlari va soha mutaxassislari orasidan shakllantiriladi. Yakuniy nazorat turini o’tkazish va talabani baholash mazkur komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
Baholash natijasidan norozi bo’lgan talabalar fakultet dekani tomonidan tashkil etiladigan Apellyatsiya komissiyasiga apellyatsiya berish huquqiga ega.
Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga talabani baholashda ishtirok etmagan tegishli fan professor-o’qituvchilari orasidan komissiya raisi va kamida to’rt nafar a’zo kiritiladi.
Talaba baholash natijasidan norozi bo’lgan taqdirda, baholash natijasi e’lon qilingan vaqtdan boshlab 24 soat davomida apellyatsiya berishi mumkin. Talaba tomonidan berilgan apellyatsiya Apellyatsiya komissiyasi tomonidan 2 kun ichida ko’rib chiqilishi lozim.
Talabaning apellyatsiyasini ko’rib chiqishda talaba ishtirok etish huquqiga ega.
Apellyatsiya komissiyasi talabaning apellyatsiyasini ko’rib chiqib, uning natijasi bo’yicha tegishli qaror qabul qiladi. Qarorda talabaning tegishli fanni o’zlashtirgani yoki o’zlashtira olmagani ko’rsatiladi.

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling