O`quv-uslubiy majmua (I kurs talabalari uchun mo`ljallangan) Navoiy -2021
Download 0.64 Mb.
|
manaviyatshunoslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Talabalar mustaqil ta’limining mazmuni va hajmi
- Fan dasturining informatsion-uslubiy ta’minoti
Mustaqil ta’lim mustaqil ishlar
Ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalarni, o’qitishning interfaol usullarini qo’llash talaba tomonidan mustaqil tanlanadi. Talabalarning mustaqil ta’limini tashkil etish tizimli tarzda, ya’ni uzluksiz va uzviy ravishda amalga oshiriladi. Talaba olgan nazariy bilimini mustahkamlash, shu bilan birga navbatdagi yangi mavzuni puxta o’zlashtirishi uchun mustaqil ravishda tayyorgarlik ko’rishi kerak. Mustaqil ta’lim quyidagi shakllarda tashkil etiladi: mavzularni normativ-huquqiy xujjatlar va o’quv adabiyotlari yordamida mustaqil o’zlashtirish; mavzular bo’yicha referat tayyorlash; . seminar va amaliy mashgulotlarga tayyorgarlik ko’rish; ilmiy maqola va tezislarni tayyorlash; fanning dolzarb muammolarini qamrab oluvchi loyihalar tayyorlash; nazariy bilimlarni amaliyotda qo’llash; amaliyotdagi mavjud muammolarning yechimini topish; o’rganilayotgan mavzu bo’yicha asosiy ilmiy adabiyotlarga annotatsiya yozish va boshqalar. Talabalar mustaqil ta’limining mazmuni va hajmi
Fan dasturining informatsion-uslubiy ta’minoti Mazkur fanni o'qitish jarayonida ta’limning zamonaviy metodlari, pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qollanilishi nazarda tutilgan. Ma'ruza darslarida zamonaviy kompyuter texnologiyalari yordamida prezentatsion va elektron-didaktik texnologiyalardan, jihozlar va uskunalar, moslamalar: elektron doska-hitachi, LCD-monitor, elektron ko'rsatgich (ukazka)dan, video-audio uskunalar: video va audiomagnitofon, mikrofon, kolonkalardan, kompyuter va multimediali vositalar: kompyuter, Dell tipidagi proektor, DVD-diskovod, Web-kamera, video-ko‘z (glazok)dan foydalaniladi. Shuningdek, fan daslurining informatsion-uslubiy ta'minotida ma’ruza, amaliy mashg'ulotlar uchun zarur asosiy va qo‘shimcha adabiyotlar hamda ta'limning zamonaviy metodlari, zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya (mediata'lim, amaliy dastur paketlari, elektron-didaktik materiallari) texnologiyalarini qo‘llanilishi nazarda tutiladi. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling