O’quv uslubiy majmua magistratura barcha ta’lim yo’nalishlari uchun


Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati


Download 6.36 Mb.
bet8/73
Sana17.06.2023
Hajmi6.36 Mb.
#1528756
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   73
Bog'liq
Majmua ITM

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati.
1.Ш.М. Мирзиёев. Буюк кележагимизни мард ва олижаноб халқимиз билан бирга қурамиз. Т.:“Ўзбекистон”, 2017 йил.
2. Ш.М. Мирзиёев. Қонун устуворлиги ва инсон манфаатларини таъминлаш – юрт тараққиёти ва халқ фаровонлиги гарови. Т.: “Ўзбекистон”2017йил
3. Ш.М. Мирзиёев. Эркин ва фаровон демократик Ўзбекистон давлатини биргаликда барпо этамиз. Т.: “Ўзбекистон”2017йил
4. Kаrimоv I.А.O’zbеkistоn XXI аsr bo`sаg`аsidа: хаvfsizlikkа tахdid, bаrqаrоrlik shаrtlаri vа tаrаqqiyot kаfоlоtlаri. T.,“O’zbekiston”1997 yil
5.Туленов Ж.Т. Философские проблема науки.Т., 2001й
6.Иззетова Э,Д.А.Пўлатова. Философия и методология науки.Т., 2013й
7.Саифназаров И, Қосимов В. “Илмий ижод методологияси” дан маърузалар матни.Т., 2004й
8. Шермуҳаммедова Н.Фалсафа ва фан методологияси. Т., 2005
9. Шермухаммедова Н. «Философия и методология науки»Т., 2003й
10.Саифназаров И.Методология научного творчества.Т., 2004й
11.З.Давронов.Илмий ижод метологияси.Т., 2006й
12.Саифназаров И, Қосимов В, Никитченко Г.“Фаннинг фалсафий масалалари”. Т., 2006й
13.ТуленовЖ, Валиева С. “Илмий тадқиқот методологияси”.Т., 2008й


5-мавзу: Ilmiy tadqiqotda- sinergetika muammosi.
Reja:
1.“Sinergetika tushunchasi o‘z – o‘zidan tashkillanuvchi sistemalar haqidagi fan.
2. “Sistema” tushunchasi. Ochiq va yopiq, chiziqli va chiziqsiz sistemalar.
3. Sinergetikaning ob’ekti. Sinergetik yondashuvdagi yangilik.


Tayanch tushunchalar:
Sinergetika, o‘z –o‘zini tashkil etish, chiziqlilik va chiziqsizlik, tizim, tartiblilik va tartibsizlik, barqarorlik va beqarorlik, vaqtning orqaga qaytmasligi va qaytishi, bifurkatsiya va fluktuatsiya, sababiyat va oqibat, qonuniyatvatasodif, sistema, ochiq sistema, yopiq sistema.


1-masala. XX asrda yangi nazariy va amaliy fanlar kashf etildi.Ular: nisbiylik nazariyasi, kvant mexanikasi, molekulyar genetika, atom va termo yadro energetikasi, reaktivaviatsiya, kosmonavtika,mikro–megafizika, sun’iy sentetik materiallar kimyosi, kibernetika – informatika, informatsion texnalogiyalar, sinergetika.
Sinergetika XX asrning to‘rtinchi choragida ko‘zga ko‘rina boshladi. Sinergetikaning asoschisi Nobel mukofotining lauriyati, Belgiyalik fizik – kimyogar IlyaPrigojindir.
Sinergetika atamasi qadimgi yunon tilidan kelib chiqqan bo‘lib, birgalik, birlashgan xolda, hamkorlik, ko‘maklashish, ishtirokchilik yoki ko‘maklashuvchi, yordam beruvchi degan ma’nolarni anglatadi. Mazkur atamaning qo‘llanilishlarini – Vezantiyadagi mistik oqim faoliyatidan ham topish mumkin.U ilmiy tadqiqotlardan ko‘pincha muvofiqlashtirlgan xarakat, o‘zliksiz xamkorlik, birgalikda foydalanish, degan ma’nolarda qo‘llaniladi.
1973 yil nemis olimi G.Xakeno‘z –o‘zini tashkil etish muammolariga bag‘ishlangan birinchi konfirensiyada nutq so‘zlagan yil sinergetikaning tug‘ulgan yili xisoblanadi.
G. Xaken “Sinergetika” asarida u ko‘pgina fanlarda – astralogiyadan tortib to sotsiologiyagacha – tizim alohida qismlarning birlashishi makrspkopik tuzulmalar yoki funksiyalarga olib kelinishini kuzatish mumkinligini qayd etadi. Sinergentika o‘zining hozirgi xolatida tizim tuzulmalari yoki funksiyalari makro darajada dramatik o‘zgarishlarni boshdan kechirayotgan vaziftlarga e’tiborni qaratadi. Jumladan, kichik tizimlar yoki qismlar o‘z–o‘zini tashkil etish jarayonlariga to‘la bog‘liq bo‘lgan o‘zgarishlarni qanday amalga oshiradilar, degan savol uni ko‘proq qiziqtiradi. Tartibsizlik xolatidan tartibli xolatga o‘tishda bu tizimlarning barchasi o‘zini o‘xshash tarzda tutishi ajablanarli hol bo‘lib tuyuladi.
Xaken yangi fanni nima uchun “sinergetika” deb nomlaganini quyidagicha tushuntiradi. Birinchidan, unda “makroskopik darajada tuzilma va tegishli faoliyatni vujudga keltiradigan ko‘plab kichik tizimlarning birgalikdagi faoliyati tadqiq qilinadi”.
Ikkinchidan, tizimlarning o‘z –o‘zini tashkil etish umumiy tamoyillarini topishga u turli fanlarni jalb etadi.
Olimning fikricha, turli tabiatli tizimlarning bir xil o‘z – o‘zini tashkil etish tamoyillari mavjud, demak, tabiiy va ijtimoiy jarayonlarning umumuiy aniqlovchilarini topish to‘g‘risida so‘z yuritish lozim. Sinergetika aynan mana shu umumiy aniqlovchilarni topishga yo‘naltirilgan.
Sinergetika o‘z –o‘zini tashkil etish, stixiyali, strukturogenez, chiziqsizlik, ochiq tizimlar singari asosli so‘zlar yordamida tavsiflanadi. Sinergetikaochiq, ya’ni tashqi muhit bilan modda, energiya va axborot almashuvchi tizimlarni o‘rganadi. Dunyoning sinergetik manzarasida ko‘p variantlilik va qaytarilmaslikka asoslangan shakllanish xukm suradi. Borliq va shakllanish bir tushunchaga birlashadi. Vaqt yaratadi yoki boshqacha qilib aytganda, konstruktiv funksiyani bajaradi.
Sinergetika ilmi fizika, kimyo, biologiya, sotsiologiyaga o‘xshagan maxsus fan bo‘lmay, shufanlardauchraydigano‘z –o‘zidan tashkillanish ilmidir. Sinergetikaning mohiyati shundan iborat.
Ilgari jonli va jonsiz tabiatlar orasidagi farq mutloqlashtirilaredi, ular bir –biri gazid deb qaralar edi. Endi ma’lum bo‘ldiki, ular orasidagi umumiylik moddiylikkina emas, balki dialektika qonunlaridan tashqari ba’zi qonunlarning baravar hukmronligida bo‘lib chiqdi. Masalan, o‘z –o‘zidan tashkillanish qonuniyati fizika –yu biologiyada ham, jonivorlar to‘dasi –yu odamlar jamiyatida ham bir xil ekan.
Sinergetikaning asosiy masalalaridan biri termodinamika bilan evolyusion nazariya orasidagi kelishmovchilik muammosi bo‘ldi. Gap shundaki, vaq to‘tishi bilan termodinamikaning ikkinchi qonuni bo‘yicha sistema rivojlanmasdan so‘nib boradi, ayni shu paytda darvinizm ta’limoti bo‘yicha sistema rivojanib boradi. Sinergetika fani bu ziddiyatni hal qildi.
Sinergetika fizika, biologiya va sotsiologiyaga qaraganda umumiyroq fan. Lekin dialektika, falsafa ilmi sinergetikaga qaraganda yanada umumiyroq. Sinergetika hech vaqt falsafa fani darajasigacha ko‘tarila olmaydi. Chunki, sinergetikaning asosiy ob’ekti bo‘lgan o‘z –o‘zidan tashkillanish bir tomondan dialektika qonuniyatiga, ziddiyat qonuniga bo‘ysunadi, ikkinchi sinergetika falsafa singari bilish nazariyasi, dunyoqarashi, ob’yek – sub’yek muammolari bilan shug‘ullanmaydi. Darhaqiqat, materiya –ong, moddiylik – ma’naviylik, yaxshi –yomon, eski- yangi, progress – regress, e’tirof – inkor, miqdor – sifat kabi ziddiyatlar sinergetika doirasiga sig‘maydi –da dialektika mazmuniga kiradi.

Download 6.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling