O’quv-uslubiy majmua O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 14-avgustdagi № bd-5110100 02 bilan tasdiqlangan falsafa fanidan namunaviy dastur asosida ishlab chiqilgan
Download 6.3 Mb.
|
FALSAFA MAJMUA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nisbiy haqiqat
Mutlaq haqiqat – predmetni kelajakda to’ldirilishi yoki unga aniqlik kiritilishi mumkin bo’lmagan tarzda to’la, mukammal bilishdir. Olam zamon va makonda cheksizligi tufayli bunday bilimga amalda erishish mumkin emas. Boshqacha aytganda, obyektiv haqiqat to’la va mukammal ko’rinishdagi mutlaq haqiqatdir. Ayrim hollarda, agar haqiqat vaqt o’tishi bilan o’zgarmasa, ya’ni vaqt shart-sharoitlariga bog’liq bo’lmasa, u boqiy haqiqat deb ataladi.
Nisbiy haqiqat – borliqni asosan to’g’ri aks ettirsa-da, obraz obyektga uncha mos emasligi bilan ajralib turadigan bilim. Nisbiy haqiqat to’g’ri, biroq noto’liq, taxminiy, vaqt va joyning ma’lum tarixiy shart-sharoitlari bilan cheklangan haqiqatdir. Nisbiy va mutlaq haqiqat bir-biri bilan chambarchas bog’liq. Nisbiy haqiqatlar bilish taraqqiyoti jarayonida rivojlanib, o’z chegarasi bo’lgan mutlaq haqiqatga yaqinlashadi. Nisbiy va mutlaq haqiqat dialektikasi bizning bilimimiz atrofimizdagi olamni har tomonlama va aniq qamrab olishga intilib, qarama-qarshiliklarni echib, obyektiv borliqni yanada teranroq va mukammalroq aks ettirishini ko’rsatadi. V. Hozirgi zamon ijtimoiy amaliyotining barcha muammolari ong hodisasi bilan bog’liq. Ongning mohiyati va kelib chiqishi, ongning borliqqa munosabati muammosi falsafaning eng muhim masalalaridan biri bo’lib keldi va shunday bo’lib qolmoqda... Ong bog’lovchi, boshlang’ich falsafiy tushuncha sifatida barcha ma’naviy va ruhiy shakllarni o’zida birlashtiradi. Ong-voqelikni aks ettirishning insongagina xos usuli- oily shakli, ijtimoiy in’ikosdir. Inikosning mohiyati va asosiy shakllari… U inson bilan tashqi voqelikning o’zaro ta’siri natijasi, inson munosabatlarini tartibga solish va boshqarishning o’ziga xos shakli, subyektiv reallikdir. Ong voqelikni aks etgiribgina qolmay, balki uni yaratuvchisi hamdir. Ong — ijtimoiy — madaniy, tarixiy hodisadir. Ong insonning amaliy — o’zgartiruvchilik faoliyati asosida vujudga keladi va rivojlanadi. Ong – tafakkur va borliqning birligidir. Ong o’z mohiyatiga ko’ra murakkab tizim bo’lib, u xayol, xotira, iroda kabi shakllar orqali voqea bo’ladi. Ong faoliyati bo’lgan xayol voqelikning mohiyatiga ko’ra umumlashgan holda idrok etish hodisasidir. Xayol tabiati murakkab, serqirra bo’lib, fanda hali yetarlicha o’rganilmagan. Xayol voqelikdan hamisha oldinda yuradi va uni olg’a etaklaydi. U fazo va vaqtda chegara bilmaydi. Xayol odam tafakkurida muhim o’rinni egallaydi. Uning turli ko’rinishlari mavjud: tasavvur xayoli, ijodiy xayol, ixtiyoriy va ixtiyorsiz xayol; real va xom (puch) xayol. Ongimizda in’ikos etilgan narsalar, hodisalar, jarayonlarni mustahkamlash, saqlab qolish va keyinchalik esga tushirishga xotira deyiladi. Hozirgi zamon fani axborotlar miyaning muayyan joylariga o’rnashib qolishi xotiraning asosiy sharti ekanini isbotlagan. Insonni o’ylash, fikrlash qobiliyati ham xotiraga kiradi. Inson xotirasiz hech bir faoliyatni amalga oshira olmagan bo’lur edi. Xotira insonning buguni, ertasini bilishida, uning erkin bo’lishida muxim omildir. Iroda — insonning o’z xatti — harakatlarini ongli ravishda tartibga solish va ko’zlangan maqsadni amalga oshirishda uchraydigan to’siqlarni bartaraf etash layoqatidir. O’zini tuta bilishlik, dadillik, qatiylik, chidam, toqat, izchillik kabi fazilatlar irodaning muhim sifatlaridir. Kishilar fikrlash, tafakkur bobida turli darajadadirlar. SHu darajalarni aniqlash uchun tilimizda layoqat, qobiliyat, iste’dod, iqtidor, salohiyat va daho degan tushunchalar mavjud (qarang.. A.Ibrohimov, H.Sultonov, N.Jo’raev. Vatan tuyg’usi. T., 1996., 47-49 betlar.). Ongning kelib chiqishi haqidagi masala in’ikos va uning tabiati, in’ikos shakllari va ularning 0rivojlanishi haqidagi masalalar bilan chambarchas bog’liqdir. Zeroki, ongning genetik shart-sharoitlari in’ikos shakllarining rivojlanishiga asoslanadi. Ijtimoiy darajadagi in’ikos ijtimoiy ong shakllari hamda odam ruhiyati va ongi faoliyati bilan bog’liq individual in’ikos shakllarini qamraydi. Ijtimoiy darajadagi in’ikosda aloqa va boshqaruv texnikasi alohida mavqega ega. Bunda inson in’ikosining tabiiy xossalaridan foydalanib, uning sun’iy tizimlarini yaratadi hamda informatsion in’ikosning o’ziga xos shaklini asoslaydi. Ongsizlik va ong osti holatlari mahsus ko’rib o’tilishi sababli bu erda to’xtalmaymiz.”Fikrni tejach prinsipi “…Ong, til va mehnat hamda ularning bog/liqligi…Ijtimoiy ong va individual ong…Ijtimoiy darajalari – ijtimoiy ruhiyat va mafkura. Kundalik ong, nazariy ong…Ijtimoiy ong shakllari - siyosiy ong, huquqiy ong. Estetik, etik, falsafiy, diniy ong. Odamning dunyoni anglashga bo’lgan intilishi ayni paytda o’z —o’zini anglashga bo’lgan intilishi hamdir. O’z-o’zini anglash kishining o’zini biologik va ijtimoiy vujudligini anglashi, o’z faoliyatini nazorat qilishi, uni tartibga solishi va yo’naltirishi, o’ziga hisob berishi, o’z —o’zini baxolashidir. O’z-o’zini anglash-turli daraja va shakllarda namoyon bo’luvchi dinamik, tarixiy rivojlanishdagi hodisa. O’z-o’zini anglashning yuqori bosqichi milliy ozlikni anglashdir. 3.1-ilova 3.2-ilova 3.3-ilova Download 6.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling