O’quv-uslubiy majmua O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 14-avgustdagi № bd-5110100 02 bilan tasdiqlangan falsafa fanidan namunaviy dastur asosida ishlab chiqilgan


Download 6.3 Mb.
bet75/244
Sana18.10.2023
Hajmi6.3 Mb.
#1708378
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   244
Bog'liq
FALSAFA MAJMUA

2. O’rta Osiyoda buddizm. O’rta Osiyoda dinlar tarqalganligi manzarasi rang-barang va tadqiq qilish uchun o’ta qiziqarli. Bu mintaqada boshqa qadimiy dinlar bilan bir qatorda buddizmning ham keng yoyilganligini kuzatamiz.
Mil. av. I asr va milodning IV asrlari oralig’ida Kushon imperiyasida buddizmning Maxayana yo’nalishi davlat dini deb e’lon qilindi. Bungacha buddizm Hindistonda uzoq tarixga ega bo’lsa-da, u erda asosiy yo’nalish bo’lgan Xinayana ham bunday mavqega erishmagan edi. Kanishka, Vima, Kadfiz va ulardan keyingi Kushon imperatorlari buddizmni keng yoydilar. Ular bu din an’analarini amalda rivojlantirish, boshqa xalqlar o’rtasida tarqatish uchun Balx, Marv, Termiz, Samarqand, Buxoro, SHosh, Turkiston, Quva, Koson, O’sh, Bolosog’un, Koshg’ar va boshqa shaharlarda buddizm takyagohlari va xonaqohlari, ibodatxonalarini qurib, buddizmning muqaddas kitoblari, sutra va pastrilarni o’rganish, tarjima qilish va sharhlash uchun sharoit yaratib berdilar.
Hozirgi Termizdagi Qora-tepa, Fayoz-tepa, Sayram, Quva va boshqa joylarda topilayotgan budda haykalchalari yoki ularning parchalari, Ayritomdagi ayvon peshtoqi parchasidagi buddist musiqachilarning tasviri va boshqa osori atiqalar, saroy va ibodatxonalar O’rta Osiyodagi buddizm haqida xabar beruvchi manbalardir. Bu dinga tegishli yozma manbalar qadimgi turkiy yozuvda, uyg’ur bitiklarida va boshqa yozuvlarda saqlanib qolgan.
O’rta Osiyoning janubida Sarvastivada maktabining ilk ko’rinishi – Vaybxashika maktabining ta’limoti yoyilgan. U buddizmning Xinayana oqimiga tegishli. Ammo Vaybxashika ta’limoti ba’zi jihatlari bilan Maxayana doirasidagi maktablarga yaqin turadi. Bunda, ayniqsa, Maxayana doirasiga kiruvchi Sarvastivadaning Vinaya maktabi muhim ahamiyatga ega. Manbalarning xabar berishicha, Xo’tanda Vaybxashika maktabi vakillari Maxayanani yoyish uchun zamin tayyorlaganlar.
O’rta Osiyoda buddizmga tegishli tarixiy obidalarning ko’pligi jihatidan Fayoz-tepa eng yirik yodgorlik hisoblanadi. U erdan chiqqan diniy bitiklar, haykallar bilan birga topilgan ibodatxonaning hududi ancha katta joyni egallaydi.
O’rta Osiyoning Marv, Balx, Termiz, Sug’diyona viloyati, Quva, Koson, Samarqand va Buxoro kabi shaharlari, viloyatlari buddizm ta’limoti va marosimlarini ishlab chiqishda, boshqa o’lkalar, mamlakatlarda targ’ib va tashviq etishda, eng muhimi, buddizmning hozirgi zamonning ilg’or jahon dinlaridan biriga aylanishida favqulodda ahamiyatga ega markazlari bo’lgan.
Surxondaryo Toxaristonidan chiqqan buddizmning yirik vakili – Tanmonanti (yoki Dxarmanandin). U yoshligidan tarkidunyochilik yo’lini tutib, uzlatga chekingan. YOsh bo’lsa-da, aqli tiniq bo’lib, sutralarni o’rgangan va yoddan aytib yurgan, bunga o’zining butun borlig’ini bag’ishlagan. U Tripitakani to’la o’zlashtirgan. Dxarmanandinning ilmdagi salohiyati chuqur va benihoya edi. U o’z vatanida ham, boshqa uzoq erlarda ham katta obro’ga ega bo’lgan. 365-385 yillarda Dxarmanandin Xitoyning CHan’an viloyatiga Budda ta’limotini targ’ib etgani va ibodatxonalar, vag’n va vixaralar qurgani kelgan. Imperator Fu Szyan Xitoydagi barcha avliyolarning Dxarmanandinga ko’rsatayotgan izzat-hurmatini ko’rib, uni juda oliy maqomli mehmon sifatida kutib oladi va tortiqlar qiladi. Xitoyda bu paytda buddizm ancha keng tarqalganiga qaramay, to’rt qismli Agama-Sutralardan birortasi ham hali xitoy tiliga tarjima qilinmagan edi. Turkiy xalqlar butun Osiyoni, Xitoy va Uzoq SHarqni nafaqat qilich va ot kuchi bilan zabt etishgan, balki mavjud bo’lgan diniy-falsafiy ta’limotlar, madaniyat, insonparvarlik sohalarida ham etakchilik qilganlar. O’zlaridan boshqa xalqlarni «varvarlar» deb atagan kalondimog’ qadimxitoy siyosatchilari ham bu jihatdan ularni tan olishga majbur bo’lganlar.



Download 6.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling