O’quv-uslubiy majmua O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 14-avgustdagi № bd-5110100 02 bilan tasdiqlangan falsafa fanidan namunaviy dastur asosida ishlab chiqilgan
Download 6.3 Mb.
|
FALSAFA MAJMUA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so’z va iboralar
3.4-ilova
VENNA DIAGRAMMASI tabiat jamiyat 3.5-ilova 3 .6-ilova 3.7-ilova 4-MAVZU: FALSAFANING METOD, QONUN VA KATEGORIYALARI Vaqt 2-soat Reja: 1. Metod va metodologiya tushunchasi. Falsafiy metodlar. 2.O’zgarish va rivojlanish(taraqqiyot) tushunchalari. Umumiy aloqadorlik, bog’lanish va rivojlanish haqidagi falsafiy qarashlar. 3. Qonun tushunchasi. Falsafaning asosiy qonunlari. a)Qarama – qarshilik birligi va kurashi qonuni. b) Miqdor va sifat o’zgarishlari dialektikasi. v) Inkorni inkor qonuni va vorisiylik. 4. Fan va falsafa kategoriyalari tasnifi. Tayanch so’z va iboralar Metod, metodologiya,metodika, dialektika, metafizika, sinergetik, o’zgarish, taraqqiyot, o’zaro aloqadorlik, dialektika, metafizika, taraqqiyot, qonun, qonuniyat, ayniyat, tafovut, qarama – qarshilik, ziddiyat, miqdor, sifat, me’yor, sakrash, inkor, inkorni inkor, vorislik, yangilanish, kategoriya, fan kategoriyalari, falsafiy kategoriyalar, element, struktura, yakkalik, xususiylik, umumiylik, ayrimlik, mazmun va shakl, butun va qism, mohiyat va hodisa, sabab va oqibat, zarurat va tasodif, imkoniyat va voqelik. Adabiyotlar SH.Mirziyoev. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. Tosh.: “O’zbekiston”, 2017. SH. Mirziyoev. Qonun ustuvorligi – inson manfaatlarini ta’minlashning muhim omilidir. –“Xalq so’zi” gaz-si, 2017 yil 10 yanvar. O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 2017 yil 7-fevral – Xalq so’zi, 2017 yil 8-fevral. Karimov I.A. YUksak ma’naviyat – engilmas kuch.T.: Ma’naviyat,2016. Falsafa (M. Ahmedova va boshqalar). Darslik. T., 2006. Falsafa: qomusiy lug’at. T.: Sharq, 2004. Falsafa asoslari. Darslik. Tosh.: O’zb., 2005. SHermuhammedova.N. Falsafa. O’quv-uslubiy majmua. “Noshir” T.: 2012 I."Metod" (yunon. metods — usul) keng ma’noda yo’l, ijodiy faoliyatning har qanday shakli, tartibga solingan faoliyat. Falsafiy ma’noda- bilish vositasi sifatida o’rganilayotgan buyumni tafakkurda qayta hosil qilish yo’lidir. Metod amaldagi nazariyadir. Metodologiya (uslubiyat) tushunchasi ikki asosiy mazmunga ega —1. faoliyatda qo’llaniladigan ma’lum usullar tizimi (fanda, siyosatda, san’atda va h.k.); 2. tizim haqidagi ta’limot yoki metod nazariyasi. Fan metodologiyasi uning strukturasi, taraqqiyoti, ilmiy tadqiqot vositalari va usullari, uning natijalarini asoslash yo’llari, bilimni tajribaga tatbiq qilish mexanizmlari va shakllarini o’rganadi. SHuningdek, metodologiya metodlar yigindisi va faoliyat turi haqidagi ta’limotdir. Metod u yoki bu shaklda ma’lum qoida, tartib, usul, harakat va bilim mezonlarining yig’indisi hamdir. U tamoyillar, talablar tizimi bo’lib, subyektni aniq vazifani bajarishga, faoliyatning shu sohasida ma’lum natijalarga erishish sari yo’naltiradi. U haqiqatni izlashda vaqt, kuchni tejaydi, maqsadga eng yaqin va oson yo’l bilan etishishga yordam beradi. Metodning asosiy vazifasi faoliyatning bilish va boshqa shakllarini boshqaruvdan iborat. Ilmiy bilishda nafaqat ilmiy natija (bilimlar majmui) va predmetning mohiyatini anglash, balki unga eltuvchi yo’l, ya’ni metod ham haqiqiy bo’lmog’i lozim. SHunga ko’ra, predmet va metodni bir-biridan ayri holda tushunish mumkin emas. Demak, metodning haqiqiyligi, eng avvalo, tadqiqot (obyekt) predmetining mazmuni bilan bog’liq. Bilish jarayonida uning roli va o’rni nuqtai nazaridan: formal, empirik, nazariy tadqiqot, izohlash, shuningdek, boshqa metodlarga ajratish mumkin. O’z navbatida, bilishning sifat va son, bilvosita va bevosita original hamda faoliyatli metodlari ham mavjud. Metod metodikada konkretlashadi. Metodika daliliy materiallarni yig’ish va saralash vositasi, aniq faoliyat turidir. U metodologik tamoyillardan farq qilsada, ularga asoslanadi. Usullarni tanlash va turli metodik tadqiqot faoliyatida qo’llash o’rganilayotgan hodisa tabiati va qo’yilgan vazifalar bilan harakterlanadi. Falsafa metodlarining asoslari bevosita amaliy faoliyat bilan bog’liq. Metodlar umumiylik darajasi va amal qilish doirasiga ko’ra bir necha guruhga bo’linadi. Download 6.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling