O’quv-uslubiy majmua O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 14-avgustdagi № bd-5110100 02 bilan tasdiqlangan falsafa fanidan namunaviy dastur asosida ishlab chiqilgan
Download 6.3 Mb.
|
FALSAFA MAJMUA
Ijtimoiy borliq - obyektiv ijtimoiy reallik, o’ziga xos ijtimoiy materiyadir.
Ijtimoiy ong - jamiyatning o’z-o’zini, o’zining ijtimoiy borlig’i va atrofdagi voqelikni anglashidir. Ijtimoiy borliq va ijtimoiy ong o’zaro bog’liq hamda o’zlarining amal qilish va rivojlanish qonunlariga ega. Jamiyat va uning konkret tizimlari, elementlari hamda ularning munosabatlarini tahlil qilishda jamiyatning nazariy tizimi va konkret-tarixiy turining nisbatiga taalluqli ba’zi bir muhim qoidalarni bilib olish maqsadga muvofiqtsir. Ilmiy-nazariy tahlilning eng harakterli xususiyatlaridan biri u ideallashtirilgan obyektni, boshqacha aytganda, ideal modelni tadqiq qilish asosida olib boriladi. Bunda ulkan empirik materiallar umumlashtirilib, mavjud obyektning eng mavhum xossalaridan tobora konkret xossalariga tomon boriladi. Real jamiyat va uning ideallashtirilgan modeli aynan bo’lishi mumkin emas. Jamiyatning ideal modeli real jamiyatning mohiyatini aks ettiradi. Uning ichki, barqaror, zaruriy, takrorlanuvchi aloqa va munosabatlarini e’tiborga oladi. Ideal model - "sof", quruq, qat’iy qonun va mantiq kuchiga asoslangan obyekt. Real jamiyat murakkab, rang-barang, boy. Unda qonuniy, zaruriy, muhim, takrorlanuvchi aloqa va munosabatlardan tashqari konkret vaziyat, tarixiy sharoitdan kelib chiquvchi takrorlanmas, tasodifiy, muhim bo’lmagan, beqaror aloqa va munosabatlar ham bo’ladi. Real jamiyat dinamik rivojlanishdagi hayotiy organizmdir. O’zbekistonda jamiyatimizni rivojlantirishning o’z modeli ishlab chiqilgan. Ushbu kontsentsiyaning asosiy qoidalari I.A.Karimovning “O’zbekiston-bozor munosabatlariga o’tishning o’ziga xos yo’li” (1993) asarida nazariy asoslab berilgan. Bozor iqtisodiyotiga o’tishniig bu yo’li-besh tamoyilga asoslanib Respublikamizning iqlimiy o’ziga xosligi va manfaatlariga, uning hayot sharoiti va imkoniyatlariga, o’zbek xalqi an’analariga, tarixi va ma’naviyatiga mos keladi, ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurishdek maqsadni aks ettiradi. O’zbek modelining asosiy tamoyillari quyidagilardir: -iqtisodni mafkuradan holi etish, uning siyosatdan ustunligini ta’minlash; -davlatning bosh islohotchi vazifasini bajarishi, ya’ni islohotlar tashabbuskori bo’lishi va ularni muvofiqlashtirib borish; -qonun ustuvorligini ta’minlash; -kuchli ijtimoiy siyosat yuritish; -bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich, tadrijiy yo’l bilan o’tish. Mazkur "O’zbek modeli" va uning muvafaqqiyat bilan amalga oshirilayotganligi boshqa rivojlangan davlatlar tomonidan tan olindi va olinmoqda. Respublikamizning izchil va samarali taraqqiyoti, uning jahonning ilg’or mamlakatlari qatoridan joy olishi uchun olib borayotgan sa’i-harakatlarining muvaffaqiyati ko’p jihatdan milliy modelimizning hayotbahshligini yanada oshirishni, uni davr talabidan kelib chiqib takomillashtirishni, yangi bosqichga ko’tarishni talab qilmoqda. Bu haqda “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi Prezident Farmoni (2017-yil 7-fevral)da uqtirilganidek, mamlakatimiz bosib o’tgan taraqqiyot yo’lining chuqur tahlili, bugungi kunda jahon bozori kon’yunkturasi keskin o’zgarib, globallashuv sharoitida raqobat tobora kuchayib borayotgani davlatimizni yanada barqaror va jadal sur’atlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish va ro’yobga chiqarishni taqozo etmoqda1. Bu sohada Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, Vatanimiz istiqbolini ko’zlab olg’a surilayotgan kontseptual g’oya va fikrlar keng ko’lamli tub islohotlarni ro’yobga chiqarishning nazariy va amaliy asosi, yo’riqnomasi vazifasini o’tamoqda. Prezidentimizning 2017 yil 7 fevraldagi Farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi” mamlakatimiz hayotining barcha sohalarini yangi, yanada yuksak marralarga olib chiqishning aniq dasturi bo’lib, unda belgilab berilgan fundamental vazifalar jadal sur’atlarda amalga oshirila boshlandi. Birgina 2017 yilda Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarga ko’ra, Oliy Majlis palatalari 50dan ortiq qonun loyihasi ustida ish olib bordi. Jumladan, davlat va jamiyat qurilishi bo’yicha 17 ta, qonun ustuvorligini ta’minlash hamda sud-huquq tizimini isloh qilish bo’yicha 18 ta, iqtisodiyotni liberallashtirish sohasida 7 ta, ijtimoiy sohada 4 ta, tashqi siyosiy faoliyatda 3 ta qonun loyihalari ishlab chiqilishi rejalashtirilgan2. II. Har qanday nazariy modelning reallikka aylanishi jamiyatning moddiy va ma’naviy hayoti sharoitlari bilan bog’liq. Jamiyatning moddiy hayot sharoitlari o’z mohiyatiga ko’ra tabiiy va ijtimoiy bo’ladi. Jamiyatning mavjudligi va rivojlanishining doimiy va zaruriy shart-sharoiti tabiiy muhit, biosferadir. Jamiyatning tabiiy muhitga bog’liqligi darajasi uning tarixiy rivojlanishi darajasi bilan belgilanadi. Jamiyat tarixi insonlarning moddiy va ma’naviy faoliyatining rivojlanishi jarayonidir. Odam faoliyati murakkab va keng qamrovli bo’lib, u xilma-xil ko’rinish va shakllarga ega: moddiy ishlab chiqarish faoliyati, ma’naviy ishlab chiqarish faoliyati, ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-madaniy, ijtimoiy-tarixiy faoliyat, texnik va texnologik faoliyat va hokazo. Inson hayot faoliyati barcha ko’rinishlari va shakllariga kudratli ta’sir ko’rsatuvchi omil moddiy ishlab chiqarish faoliyati, moddiy boyliklar ishlab chiqarishdir. Ishlab chiqarish ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlarining uyg’unligidan iborat. Ishlab chiqaruvchi kuchlar mehnat predmeti, ishlab chiqarish vositalari hamda ishchi kuchi jamidan tashqil topadi... Ishlab chiqarish munosabatlari odamlarning moddiy ne’matlar yaratish, taqsimlash, oldi-sotdi, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonidagi o’zaro aloqalaridir. Konstitutsiyada ko’rsatilishicha, «Bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O’zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashqil etadi. Davlat iste’molchilarning huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqligini va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi. Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir...» (53-modda). Yaqin davrlargacha jamiyat rivojini faqat moddiy omillarga bog’lab qo’yilar edi. Holbuki, jamiyatning tub mohiyati uni tashqil etuvchi inson mohiyati bilan uzviy bog’liq. Inson tanasini uning ruhidan ajratib bo’lmagani kabi, jamiyatning moddiy va ma’naviy jihatlarini ham bir-biridan ajratish va ularning birini ikkinchisidan ustun qo’yish mantiqqa ziddir. I.A.Karimov asarlarida jamiyatning moddiy va ma’naviy manfaatlarini uyg’unlashtirish ijtimoiy taraqqiyot asosi ekanligiga alohida ahamiyat berilgan. Jamiyatning moddiy va ma’naviy hayotini boshqarish, kishilar o’rtasidagi munosabatlarni tartibga solishda turli siyosiy institutlar (davlat, siyosiy partiyalar, tashqilotlar, turli uyushmalar) muhim o’rin tutadi. Jamiyatni boshqarishning siyosiy-huquqiy jihatlari ham muhimdir. Kishilar tomonidan siyosiy va huquqiy bilimlarning chuqur o’zlashtirilishi jamiyatning barqaror yashashi va rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. III. Kishilik jamiyatining shakllanishi va rivojida odamlarning tabiiy va ijtimoiy birliklari muhim ahamiyatga ega. Insoniyat tarixining muayyan bosqichlarida odamlar tabiiy va ijtimoiy birlikning irq, oila, nikoh, urug’, qabila, elat, millat, ijtimoiy qatlam siflar, xalq kabi shakllariga uyushganlar. Mazkur birliklar o’zining shakli, mohiyati, vazifasiga ko’ra bir - birlaridan farqlanadilar. Irq (ar. - tomir, ildiz) kishilarning tabiiy birligi bo’lib, uning asosiy mezoni odamlarning o’zaro gavda to’zilishi, tashqi qiyofasi, teri, ko’z va soch rangi, ko’rinishi kabi belgilari bilan farqlanishidir. Irqlar asosan uchta: evropoid, mongoloid, negroid. Lekin hozir aralash irqlar ko’payib ketgan. Irqlar jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayotida teng mavqega ega bo’lishlari kerak. Download 6.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling